O‘zbeklar Rossiya ko‘chalaridan urush asirlari kabi olib o‘tildi
Rossiyaning Tula viloyatida 20 oktyabr kuni 300 dan ziyod migrant shahar ko‘chalaridan harbiy asirlar kabi, bir-birining yelkasiga qo‘llarini qo‘ygancha, namoyishkorona olib o‘tildi.
Migrantlarning aksariyati O‘zbekistondan. «Tele Tula» TV kanali ko‘rsatuvida ularning o‘zlari bilan yashil o‘zbek pasportini olib olishganini kuzatish mumkin.
Tula politsiyasiga ko‘ra, tahqirli safga tirkalgan jami 300 shaxsdan atigi 35 nafarigina migatsiya qonunchiligini buzgani va ularga ma'muriy chora ko‘rilgan.
Rossiyaning Tula viloyati nafaqat o‘zbek gasterbayterlari, balki o‘zbek MXX (hozirgi DXX)ning sobiq raisi Inoyatov oilasiga tegishli $80 millionlik parranda imperiyasi bilan ham mashhur.
Tula viloyatida o‘zbek migrantlariga nisbatan Rossiya politsiyasining tahqiromuz harakati Putin va uning mingdan ziyod mulozimining O‘zbekistonga tashrifi yuzasidan yakuniy yig‘ilish o‘tgan kunga to‘g‘ri keldi.
Eltuz.com