Asosiy mavzular
23 noyabr 2018

«Eltuz» rahbari Umida Niyozovaga «Tinchlik muxbiri» mukofoti berildi

Italiyaning Bari shahrida 22 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan maxsus marosimda «Eltuz» nashri direktori Umida Niyazovaga «Tinchlik muxbiri» (Reporter for the peace) mukofoti topshirildi.

Mukofot O‘rtaer dengizi ayol jurnalistlari forumi tomonidan ta'sis qilingan.

Forum tinchlik va inson huquqlarini mustahkamlash yo‘lida faoliyat ko‘rsatayotgan, ayni harakatlari bilan «tinchlik elchisi» bo‘lgan ayollarni rag‘batlantiradi.


Bu yilgi mukofotni ijtimoiy fotojurnalist Marchello Karrotstso asari tamsil qildi.

Umida Niyozova Berlindagi O‘zbekiston-Germaniya inson huquqlari forumi (UGF) va «Eltuz» sayti direktoridir. U Freedom House va Human Rights Watch xalqaro tashkilotlarining Toshkentdagi ofisida ishlagan.

2007 yili Umida Niyozova Toshkentda hibsga olingan va «jamiyat xavfsizligiga va jamoat tartibiga tahdid soluvchi materiallar tarqatish» hamda «ekstremistik diniy materiallar kontrabandasi»da ayblanib yetti yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi.

Keng miqyosda olib borilgan norozilik aktsiyalari va xalqaro tashkilotlar yordamida 4 oylik qamoqdan so‘ng u ozod etiladi.

2009 yilning sentyabrida Umida O‘zbekistonni tark etadi va Germaniyadan siyosiy boshpana oladi. Bu yerda u avvaliga O‘zbekiston-Germaniya inson huquqlari forumi (UGF)ga, keyinchalik O‘zbekistondagi voqealarni yorituvchi Yeltuz.com satirik-axborot nashriga asos soladi.

UGF so‘nggi yetti yil davomida O‘zbekistonning paxta yetishtirish sohasida bolalar mehnati va majburiy mehnat bo‘yicha surishtiruv hujjatlari, dalillar, guvohliklarni yig‘ish bilan shug‘ullanib keladi.

2008 yili «Hyuman rayts uotch» tashkiloti Umidani «Inson huquqlari himoyachisi» deya atalgan yuksak mukofot bilan taqdirlagan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
2 iyul 2019
Hukumatning to‘ylarni cheklamasligi haqidagi xabarlari ortidan 2018 yilning 2 iyulida Toshkentda 13 ta karnaychi ishtirokida o‘tkazilgan to‘y tasvirlari tarmoqda ...
14 noyabr 2023
Prezident farmoni bilan Prezident administratsiyasining sobiq rahbari Sardor Umurzoqov Strategik islohotlar kengashidan chiqarildi. Sardor Umrzoqov prezident Shavkat Mirziyoev raxbar ...
11 dekabr 2020
– Men ko‘p ta'na eshitaman, – dedi Chingiz Aytmatov yonida o‘tirgan Mustay Karimga, – qirg‘iz tilida yozmaysan, deb tanqid ...
16 sentyabr 2019
Sorri, albatta, biroq men progressiv Prezidentimizning kechagi farmonini tushunmadim. Nimaga to‘y industriyasini buzish kerak? Hozir to‘y an'analaridan, ayniqsa, badavlat ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...