Document UZ
14 noyabr 2023

Rejalari chilparchin bo‘lgan Sardor

Prezident farmoni bilan Prezident administratsiyasining sobiq rahbari Sardor Umurzoqov Strategik islohotlar kengashidan chiqarildi.

Sardor Umrzoqov prezident Shavkat Mirziyoev raxbar bo‘lgan kengashda rais o‘rinbosari edi. Kengashning yangi tarkibidan agentlikning 9 noyabr kuni ishdan bo‘shatilgan rahbari Shuhrat Vafaev ham chiqarib tashlangan. U 2022 yil sentyabrida qaytadan tashkil etilgan kengashda mas'ul kotib lavozimini egallab kelayotgan edi.

Shu tariqa Sardor Umurzoqov 2022 yil iyulida administratsiya rahbarligiga tayinlanganidan ko‘p o‘tmay o‘zi tashkil qilgan Strategik islohotlar agentligi tarkibi butunlay yangilanmoqda. Umurzoqov ketkazilganidan ko‘p o‘tmay, uning qator funktsiyalari, jumladan, davlatning strategik aktivlari Moliya vazirligi tasarrufiga qaytarilgan edi.

2021 yil iyulida Strategik rivojlanish agentligi sifatida tashkil etilgan va 2022 yil sentyabrida Strategik islohotlar agentligiga o‘zgartirilgan idora qanday strategik vazifalarni hal etish bilan shug‘ullangani jamoatchilikka ma'lum emas. “Umurzoqovning bolasi” deb ta'riflangan agentlik hozirga qadar biron marta jamoatchilikka hisobot bermagan.

Sobiq administratsiya rahbarining taqdiri  haqida ham hech narsa ma'lum emas. Shu yilning 17 avgustida Umurzoqov administratsiyasi rahbarligidan ketkazilganidan buyon jamoatchilikka ko‘rinish bergani yo‘q. U Prezidentning maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchi lavozimiga tayinlangan, ammo o‘tgan qariyb uch oy ichida bironta maxsus topshiriqni bajargani haqida rasmiy ma'lumot yo‘q.

Umurzoqovga yaqin deb ko‘rilgan qator amaldorlar, jumladan, uning sobiq o‘rinbosari Sunnatilla Bekenov ham administratsiyadan ketkazilgan va hozirgacha biron lavozimga tayinlangani ma'lum emas.

Umurzoqov tuzgan Prezident administratsiyasi rahbarining viloyatlardagi vakillari ham uning o‘zi bilan bir kunda yo‘qotilgan.

Oldinroq bir qator hukumatparast blogerlar ijtimoiy tarmoqlarda “Sardor Umurzoqov qaytsin” degan fleshmob o‘tkazishgan edi. Bir vaqtning o‘zida jo‘rovozlikda yozilgan uyqash postlarga Umurzoqov bilan tushilgan eski suratlar ham ilova qilindi.

Ammo aftidan, tarmoqlarning stakanda ko‘tarilgan bo‘roni Sardor Umurzoqovga yordam bermagan.

Eltuz manbalarining aytishicha, stakan darz ketgan va chil-chil sinmoqda.

Prezident administratsiyasi va quyi tuzilmalarni Umurzoqovning merosi va kadrlaridan tozalash ishlari davom etmoqda.

Manbalar Umurzoqov amalda ekan, parallel hukumat tuzganini iddao qilgan, ammo Eltuz bu iddaoni tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lmagani bois mavzuga chuqur kirmagan edi.

Kanalimizga obuna bo‘ling. Videolarimizga izoh va layk qoldiring.

Tag‘in o‘qing
3 fevral 2021
Joriy yilning 30 yanvar kuni Termiz shahrida Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tergov bo‘limi xodimlari tomonidan yutubdagi «Xalq fikri» ...
25 may 2021
O‘zbekistonda yaqinda o‘tkazilgan so‘rovnoma respondentlarning 10 foizdan ko‘prog‘i oiladagi zo‘ravonlikka qarshi emasligini ko‘rsatdi. Bu mamlakatdagi gender munosabatlardagi tashvishga soladigan holatdir. Bu haqda Eurasianet nashri yozdi. 15 may kuni BMTning Oila xalqaro kuniga bag‘ishlab ...
31 yanvar 2019
Germaniyada chiqadigan  «Süddeutsche Zeitung» (Zyuddoyche Tsaytung) gazetasi 29 yanvar kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning intervyusini chop qildi. Karimov davrida ...
7 fevral 2022
(Taniqli shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobidan 42-qism. Audiokitob matnini muallifning o‘zi o‘qigan. Davomi bor.) SO‘ZBOShI O‘RNIDA Sof ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...