Vodiylik qiz jinsiy zo‘rlanib, tahqirlandi
Qiz bolaning sazoyi qilinib, jinsiy zo‘rlangani aks etgan video 27 noyabr kuni «Eltuz»ga keldi.
Videoda avvaliga bu qizni boshqa ayollar (videoda uch ayol ko‘ringan) «Tilxat yozib bergansan», deya yerga yotqizib, sochidan ushlab kaltaklaydi. Kaltaklanayotgan qiz «Yozmaganman. Sochimni qo‘yib yubor!» deydi.
«Baribir gapirasan, o‘ldiraman seni!» deydi uni qiynayotgan ayol.
Keyin yigitlar paydo bo‘ladi. Ularning biri kaltaklangan qizning qo‘lini qayirib ushlab turadi, boshqa biri uni uyat so‘zlar bilan so‘kib, shimini yecha boshlaydi.
Andijon yoki O‘sh shevasida gapirgan yigitlar qizni zo‘rlaydi.
Qiz «Sizlarning ham opa-singillaringiz bordir axir, xudoyim!» deb zorlanadi. «Xudoni qo‘shma, Xudodan qo‘rqmay shu ishni qilyapsan-u! Majbursan, qimasangam iloji yo‘q!» deydi uni jinsiy zo‘rlayotgan erkak.
Yerga yuz tuban qilinib zo‘rlanayotgan ayol yigitlarning biriga Farhod, boshqasiga Ravshan deb murojaat qilganini eshitish mumkin.
Videoni «Eltuz»ga jo‘natganlar iddaosicha, «samosud» voqeasi Andijonda bo‘lgan.
«Samosud»ni kimlar qilgani va aniq qaerda bo‘lgani haqida hozircha «Eltuz»da ma'lumot yo‘q. Agar siz bu videodagilarni tanisangiz «Eltuz»ga xabar qiling.
O‘zbekistonda «samosud» qilganlar qonun oldida jazolanadi.
Eltuz.com