Asosiy mavzular
5 aprel 2019

DXX sobiq raisi Ixtiyor Abdullaev DXX yerto‘lasiga ko‘chirildi

Joriy yilning 8 fevralida ishdan olinib, ustidan jinoyat ishi ochilgan DXX sobiq raisi Ixtiyor Abdullaev 4 aprel kuni uy qamog‘idan DXX yerto‘lasida joylashgan tergov izolyatoriga olib kelindi. Bu haqda «Eltuz»ga xabar bergan DXX zobitining aniqlik kiritishicha, Abdullaev Mustaqillik maydoniga yaqin joylashgan sobiq MXX binosi yerto‘lasidagi hibsxonaga keltirilgan.

5 aprel – Davlat xavfsizlik xizmati kuni bayramini sobiq rais yerto‘lasida nishonladi, deb ma'lum qildi suhbatdosh.

«O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida»gi qonun 5 aprel kuni qabul qilingan. 2018 yilning 2 oktyabrida qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kunini belgilash to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq, 5 aprel Davlat xavfsizlik xizmati kuni etib belgilangan edi.

Hozir ayni tashkilot yerto‘lasida qamoqda qolayotgan Abdullaev MXXning so‘nggi, Davlat xavfsizlik xizmatining esa birinchi raisi bo‘lib ishlagan.

2019 yilning 11 fevralidan buyon Davlat xavfsizlik xizmatiga general-leytenant Abdusalom Azizov raislik qilib kelmoqda.

Joriy yilning 8 fevralida ishdan olinib, ustidan jinoyat ishi ochilgan DXX sobiq raisi Ixtiyor Abdullaevning qarindoshlari va hamtovoqlari nazoratga qolmoqda.

DXX raisining bojasi va sobiq maslahatchisi Alisher Eshonxo‘jaev hibsga olinib, tergov qilinmoqda.

Shuningdek, Toshkent shahri prokuraturasi tergovchisi Ashraf Eshonxo‘jaev, O‘zbekiston Bosh prokuraturasi departamentida bo‘lim boshliqligidan bo‘shatilgan Hasan Eshonxo‘jaev ham ushlangan. Bu sobiq mulozim qarindoshi, DXXning sobiq raisi Ixtiyor Abdullaevga qarshi ko‘rsatma bermoqda.

Ayni paytda bir yil muqaddam prokuratura tizimidan bojxonaga o‘tkazilgan 28 amaldor ishdan chetlatilib, ularning ba'zilari ustidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

«Eltuz» nashri DXX sobiq raisi Ixtiyor Abdullaev ustidan ochilgan jinoyat ishi tafsilotlarini kuzatishda davom etadi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
5 mart 2018
Bobomurod Abdullaevning sudi bo‘yicha «Eltuz» nashri olgan so‘nggi ma'lumotga ko‘ra, sobiq siyosiy mahkum Muhammad Bekjon qamalgan hamkasbining oilasiga dalda ...
6 aprel 2021
O‘zbekistonning sobiq prezidenti Islom Karimovning qizi Gulnora Karimova 2013 yildan beri Shveytsariyada korruptsiya va pul yuvish bilan bog‘liq ishlar ...
4 sentyabr 2017
O‘zMTRKda yil davomida uzluksiz rais almashuvidan so‘ng tag‘in Alisher Xo‘jaev rais bo‘ldi. Uni shu yilning fevralida Mirziyoev ishdan bo‘shatgan ...
26 dekabr 2018
2018 yilning 26 dekabri kuni tarmoqda qop ko‘targan guras-guras Qorbobolarning fotosuratlari paydo bo‘ldi. Ayrim suratlarda Qorbobo kiyimidagi o‘smirlarning Buvayda ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...