Catira
26 avgust 2019

Toshkentda IIB xodimlari yuzga yaqin erkakning soqolini qirdi (video)

Toshkent shahrida 23-24 avgust kunlari Shayxontohur tumani 4-ichki ishlar bo‘limiga «Malika» savdo majmuasidagi tayanch nuqtasiga soqolli erkaklar tutib keltirilib, soqoli majburan olib tashlandi. Jumladan Bi-bi-si o‘zbek xizmati yuz atrofida, «Ozodlik» radiosi esa o‘nlab erkaklar soqoli olib tashlangani haqida yozdi.

«Eltuz» voqeaga izoh so‘rab bir qancha o‘zbek faollariga murojaat etdi.

Namanganlik bloger Abbos Asad ichki ishlar idoralarining bu harakatini o‘zboshimchalik deya hisoblaydi:

«Men yoshligimdan soqol qo‘yganman. Dadam hech qachon qirmagin degan. Hozir yoshim ancha katta, shunga Namanganda hech kim menga soqolingni ol, deya olmaydi. Lekin yoshlar soqol qo‘yib olsa, ularga ijirg‘anib qarashni sezish mumkin».

Shvetsiyada yashayotgan o‘zbek qochqini Muqimjon Mahmud bu amaliyotni O‘zbekistonda nafsi hakalak otgan kimsalarning pul undirish uchun qilayotgan harakati, deya hisoblaydi.

«Bu narsaning tagida o‘sha, pulning qullari turibdi, deb o‘ylayman. Ularga farqi yo‘q. Ularning terrorizm bilan umuman ishi bo‘lmaydi. Pul berishsa bo‘ldi, aybsiz odamni terrorchi deb qamab, terrorchini aybsiz deb chiqarivorishadi».

Moskvada yashayotgan o‘zbek turg‘uni Jamshid Muslimov esa bu holatni «volyuntarizm», deya baholaydi:

«Bu yerda ichki ishlar idoralari xodimlarining yozilmagan qonunlarga asoslanib, ma'muriy, kuchishlatar instrumentlarni o‘zlarining noto‘g‘ri g‘oyalariga moslashtirib ishlatilayotganini ko‘ryapman».

Soqoli majburan olinganlardan faqat toshkentlik Jamoliddin Muhammadning fikrlari tarmoqda yangrayotgani, boshqalarning sukuti sababini esa Jamshid Muslimov o‘zbek zehniyatidagi qo‘rquv ko‘nikmasi bilan izohlaydi.

«Chunki ularda ham qo‘rquv ko‘nikmasi bor. Bu amaliyotlar birinchi marta amalga oshirilmayapti-ku. Soqol uchun qamalib ketganlar qancha. Ular Jamoliddinga o‘xshagan faol bloger amaliyotga tushadi, deb o‘ylashmagan», deydi Jamshid Muslimov.

Shvetsiyada yashayotgan o‘zbekistonlik faol Do‘stnazar Xudoynazarovning fikricha, «soqol qirish» amaliyoti jamoatchilikni mamlakatning ancha jiddiy ko‘lamdagi muammolaridan chalg‘itish uchun qilinmoqda.

«Nima uchun kelib-kelib erkaklarning soqoliga osilishgani qiziq. E'tibor bering, blogerlar shu paytgacha korruptsiya, snos, Rossiya manfaatlari bilan bog‘liq AES mummmolarni yozishayotgan edi. Hozir esa butun ijtimoiy tarmoqda faqat soqol haqida yozishmoqda», deydi Do‘stnazar Xudoynazarov.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
21 mart 2016
Xususan, gazetada e'lon qilingan “Axborot quroli qachon va nima maqsadda qo‘llaniladi?” sarlavhali maqolada “endilikda jamiki ziddiyatlar axborot quroli yordamida ...
7 dekabr 2015
Omadli biznesmen va O‘zbekistondagi ilk xususiy bankni tashkil qilgan Rustam Usmonov, o‘sha paytlarda hali Toshkentdagi eng oliy kabinetlarga kira ...
10 fevral 2023
O‘tkan xafta Qaxramon Marash, Malatiya, Usmoniya, Adana, Xatay va G‘ozi Antepdagi yurtdoshlarim uchun og‘ir bo‘ldi. Ular Turkiya tarixidagi og‘ir ...
23 fevral 2022
Bilgichlarning aytishicha, Igor Shepelning Shveytsariyadagi bankda 2 million 817 ming shveytsariya frankiga ega bo‘lgani ko‘plab o‘zbek chekistlarini shokka tushirgan. ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...