Asosiy mavzular
10 fevral 2023

RTdan va'z: Zilzila oldidan

O‘tkan xafta Qaxramon Marash, Malatiya, Usmoniya, Adana, Xatay va G‘ozi Antepdagi yurtdoshlarim uchun og‘ir bo‘ldi. Ular Turkiya tarixidagi og‘ir ko‘rgilik, yer qimirlashini boshdan kechirishdi. Malatiyada 14 yashar o‘zbek qiz beton tagida majaqlanib o‘ldi.

MS: Ovong og‘o. O‘t balosi, suv balosi, qum, chigirtka  bosishi, yer darpanishi va go‘rinar go‘rinmas balodan tongrini o‘zi soqlosin bizani. Bechoralara ichim uvishdi. Lekin tushunmayan yerim bor. Urganchda, stadionni yonindo odomlo ko‘na ko‘rpa, ko‘na ko‘shkil, ishton jemperlani moshno ortip Toshkenta akketib duriptilo. Turkiyaga iyaramiz dap. Turkiya dagan yurt bizara yoqin. Turkmanistonnan o‘tib, Eronni bir otlosoq Turkiya.
Loxotronchila ko‘paydi. Shu eski kiyimlani samolyota pul to‘lab ivargandan go‘ra, samolyot pulini barib qo‘yavarsala yaxshi edi.

RT: Matchonboy. Birovning qozoni oldiga borib cho‘mich ko‘tarib musibatdan foyda qilaman deb o‘z plastigini qo‘yib pul yig‘ayotganlar nazoratga olinishi kerak.

MS: Og‘o, neujeli shu turkiyadagilar yer darpanganini aldinnan bilmabdi.

Ilmga ishoning!

Turkiya va Turk dunyosi lideri Mustafo Kamol G‘ozi Poshsho Otaturk «Agar mening gapim bilan ilm teskari kelsa menga emas ilmga ishoning» degan. Niderlandiyalik seysmolog  Frenk Xugerbits, Turkiyadagi yer qimirlashini fojeadan bir necha  kun oldin yer osti tektonik o‘zgarishlar tahlili asosida aniqlagan.  U 2023 yilning 3 fevral kuni Turkiya xukumati va jamoatchiligini kamida 7,5 ballik zilzila bo‘lishidan ogohlantirgan. Turkiyaning mulla va cho‘pchakchilardan iborat hukumati esa olimning gapini e'tiborga ham olmay, «shvedlarni yer yutsin» deya qarg‘ash bilan band bo‘lgan. Umuman har qanday hukumat Otaturkning ilmga ishonish haqidagi o‘gitiga amal qilsa kam bo‘lmaydi.
MS: Og‘o, O‘zbekistondam o‘ylani yer darpanganda og‘dorilmasliqini tashkirib boshlabdila.

RT: Momoqaldiroq gumbirlamasa mujik cho‘qinmaydi. Turkiyadagi zilzila vahimasi bosilganidan keyin hammasi esdan chiqadi. Uzog‘i bilan bir oy!

MS: Duz og‘o, yer darpanganini hammadan birin itlar sezadi akan.

RT: G‘alati tuyulishi mumkin, ammo odamlarni qutqarishda zamonaviy texnikadan ko‘ra, o‘rgatilgan itlardan ko‘proq samara kelmoqda. Yevropa Ittifoqi Turkiyaga 1200 maxsus qutqaruvchi mutaxassis bilan birga 70 ta o‘rgatilgan it yubordi. Bu itlar 48 soat ichida o‘nlab odamlarni qutqarishga ulgurishdi. Meksika ham 16 ko‘ppak yubordi Turkiyaga.

MS: It vopo – xotin jopo. Lekin mo‘llolani oytishi bo‘yincha itlani o‘ldirsa sovop bo‘ladi akan.

RT: Mullalarning gapini qo‘y Matchonboy. Toshkent haqida gaplashsak. Toshkentda Genplan qabul qilinmagunicha tovuq katagi ham qurilmaydi. Mirziyoev yangi qurilishlarga moratoriy e'lon qildi. Bo‘ldi, lafa tugadi.

MS: Man ishonmadim bi gapa. Vunnan aldin saksan marta har dulli gap oytdi ulli yoshulli. Og‘ochlani kasmiymiz dadi, lekin kasip yotibdila. G‘o‘ch yigitni balli gappi bo‘lmiydi. Ham oytodi, ham qoytadi.

RT: Bu muammolarning barisi savodsizlik bilan bog‘liq. Mana Eltuz do‘sti G‘ayrat Omon yozibdi:
Bu yil universitetni tamomlaydigan studentlar ishxonamizga praktikaga kelishdi yakinda. Kompyuterda matn terishni bilishmaydi. Xammasini bir joyga yig‘ib, diktant oldim. Xammasi 2 baxo ham olisholmadi. G‘ij-g‘ij xato. Ayrimlari ism-familiyasini yozishda ham xato kilishdi. Diplom ishini 400 dollarga yozdirisharkan. Davlat imtihonlari uchun xozirdan 200 dollardan yigishyapti ekan. Ertaga bu 4 yil universitetda o‘qiganlar bu savodi bilan nima karomat kursatishadi? Alhol, bu milliy fojea»

MS: Qarsildap uchib gursildap singoy bla. Ina bir student  o‘qish o‘nnina IShIDni qo‘shiqini ishitib besh yila qomoldi.

RT: Texnika universitetida Suriyadagi jixodchilarga oshiq bo‘lib nashida eshitadiganlar o‘qiydimi faqat. O‘zbekistonga chetdan keltirilgan tekstil stanoklarini ishlatadigan mutaxassis yo‘q. Texnika universitetini bitirgan ovsar IShID ashlasini aytadi xolos. Qolgan universitet va institutlar yoppasiga qorakalarni chiqarib yotibdi. Mamlakatda oddiy hamshira yetishmaydi. Hammayoqni kinnachi bosib ketdi.

Savodsizligi bois imtihondan yiqilgan studentlar videomurojaat qilaman degan shantaj bilan domlalarga qarshi hujumga o‘tdi.

Shulardan biri bilan gaplashdim.

Amaliy matematika fakultetida o‘qir ekan. Pifagor kim, desam, bilmaydi. Karra jadvalini bilasanmi, desam: “Oka, kalkulyatorda shessekund qaraberoqoli,” deydi.

Rektorning o‘rnida bo‘lsam, bu studentni matematika fakulteti yoniga 2 km yaqinlashtirmaslik haqida sud qarori chiqartirardim.

Filologiya fakultetida o‘qiydigan shantajchi blogerdan Navoiy haqida so‘rasam, Buxoroga qo‘shni viloyat, dedi. U bolani geografiya fakultetiga srochno perevod qilish kerak.

Savodsiz yana bir student hatto o‘z pasporti ichidagi yozuvni hijjalab o‘qidi.

Ëzishni bilmas ekan. SMSni audio qilib tashashga o‘rganib qolibdi.

Falokatni sezish

MS: Duz og‘o O‘zbekistonda yer darpansa nishatamiz boxtim qoro…

RT: Salvador Dalining bir asari bor. «Grajdanlar urushini oldindan his qilish» degan.
Rassom do‘stim Hakimjon Turdiev esa 1985 yili «Zilzila oldidan» deya nomlangan rasm chizgan edi.
Rasmda zillat va g‘aflatga botgan Toshkent mahallasi tasvirlangan edi.

Zilzilani esa faqat it va kuchuklar sezgani rasmda aks etgan edi.

Bu rasm Moskvadagi Manej maydonida namoyish qilinganida munaqqidlar maqtoviga sazovor bo‘ldi.

Taniqli munaqqid bu rasmdagi majoz kodini ochib bergan edi.

Munaqqidga ko‘ra, rasm butun mamlakat kutayotgan ijtimoiy zilzila haqida ishorat edi.

Albatta biz munaqqidning bu gapiga e'tibor bermadik. Sal o‘tmay Sovet Ittifoqining oyog‘i osmondan kelganida Hakimjon chizgan rasm haqida esladik.

Rassom savqi tabiiy bir his bilan ulkan talafotni seza olgan holda tasvirlagan edi.
Bugun Toshkent zohiran tinch. Ammo Toshkent itlari zanjirini uzib osmonga qarab uvillamoqda.

MS: Bu gapa tars potya urish garak. Yer darpanmasin. Shu o‘trishimiz zakonniy. Yaxshisi siz bir ertak aytib bering.

Ertak emas bo‘lgan voqeani aytay.

Buxoroda 17 yashar qiz Damas moshinni o‘g‘irlab qochdi

Bu odamning etini jimirlatgan daxshatli o‘g‘irlik 2 fevraldan 3 fevralga o‘tar kechasi Vobkentning Xalach qishlog‘ida sodir bo‘ldi. Qop-qora tun. Uzoqdagi cho‘lda shoqollar uvillaydi. Sovuq shamol tanani teshguday nayza sanchadi. Simyog‘ochdagi kuyib qolgan lampochka qalpog‘i taraq-turuq qiladi. Bulutlar orasidan mo‘ralagan oy darvoza oldida turgan Damas mashinani yoritadi. Shu payt (dada daaam degan kriminal kinodagi musiqani eshitdim deb tasavvur qiling) Mashinaga shu qishloqda yashaydigan 17 yashar qiz yaqinlashadi. Mashina eshigi ochiq qolgan. Kalit ham turibdi. Qizgina xurkak kiyik kabi bir sakrab mashina ruliga o‘tirib gazni bosadi. Damas g‘ildiragi tagida mudragan ikki qora mushuk ikka yonga miyov deb qochadi. Mana 17 yashar qiz, katta yo‘lda katta tezlik bilan Munisaning ashlasini eshitiiib ketmoqda… Xuddi shu paytda kadr uzilib Xalach qishlog‘idagi darvoza ko‘rinadi. Uy egasi siygisi kelib ko‘chaga chiqsa moshin yo‘q. Vay bilat. Moshn qoni?

Kambag‘aldi uyi kuysa kuysin, damasi o‘marilmasin. Damas –  bu yo‘lko‘lik kambag‘al uchun.
Uy egasining dod faryodi uyquda yotgan Xalach qishlog‘ini hushyor torttirdi.

Odamlar dod faryodga o‘rganib qolgan. Kimnidir eri uradi, kimningdir bolasi qimor o‘ynab katta summaga tushadi. Shu kunda birovning uyiga xo‘rsinib borsang uvillab chig‘adi. Ammo hech kimning boshiga moshindan ayrilish fojiasi tushmasin. Xotin yo‘lda, bola belda. Ammo moshn olish uchun kotta pul kerak. Bo‘libam damas.
Milisaga telefon qilishdi.
Nega o‘g‘irlandi. Bu moshn degani kim minsa yurib ketaveradimi. Nega kalitni moshnda qoldirding. Nega ichkariga kiritib qo‘ymading.
Bu savol-javobdan mashina egasining boshiga og‘riq kirdi. Ammo Buxoro mirshabboshisi UGON degan qizil tugmani bosishi bilan mudrab yotgan butun mentura oyoqqa qalqdi.
Mening militsiyam – qo‘riqlar meni. Nafaqat meni balki damasimni ham qo‘riqlaydi.
O‘marilgan Damas A-380 avtomobil yo‘lining 369-kilometrida to‘xtatildi. O‘g‘rigina qizning qo‘liga kishan solib olib ketishdi.
Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 267-modda 2-qismi “g” bandi (Transport vositasini olib qochish) aybi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
O‘g‘ri qiz qamag‘da. Damas jarima maydonida. Adolat esa tantana qilganidan Vobkent qumlarida raqsga tushib yotibdi.
Bu raqsga Xalach qishlog‘i aholisi ham qo‘shildi. «Ey, o‘ynasiney. Baxtiyorlar o‘ynasin. Usul bilan..»
Bu paytda qamag‘da yotgan qizdan konvoy bacha so‘radi. «Hay nega ugon qilding»
«O‘sha bacha nervimga teguvdi. Nakazat qildim» dedi 17 yashar o‘g‘rigina qiz.
Ertak tugadi.

Tibbiyot vazirining gapi

MS: Da. Buxoroni qizlarini ichinda o‘ti bo‘ladi. Makkam ushidi. Qoqqondo qoningni, silkkanda joningni olodi xoroplo. Ina sog‘liqni soqlash ministram buxorodan. Barakat topib yuribdi birat.

RT: Sog‘liqni saqlash vaziri O‘zbekistonni tuzgan Fayzulla Xo‘ja avlodi.
MS. Tavarik, tavarik…
RT: Lekin shu vazir Fayzulla Xo‘ja avlodiga yarashmaydigan gap aytdi. Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov kasallardan «sovg‘a» olishni olqishladi.
«Agar bemorni mehr bilan davolasangiz, o‘zi rozi bo‘lib barakasini berib ketadi”dedi vazir.
Vazir o‘z gapida uchta messedj berdi.
1. Davlat shu kunda qashshoq va shu bois doktorlar oyligi oshmaydi.
2. Kasallarga mo‘ltirasang o‘zi bilib beradi, ustida pichoq ushlagan jarrohga.
3. Boriga shukr qilish kerak.
Hurmatli vazir sizga bir she'r aytay eshiting.
Zalolatli gapni aytsang bir qator
Sen albatta bo‘lajaksan xoru zor.
P.S
Rassom Tuz doimo O‘zbekiston davlatini tuzgan va shu davlat yo‘lida jonini tikkan Fayzulla va Usmon Xo‘ja avlodlariga o‘z hurmat va e'tiborini bildirib keladi. Yurt otalari bo‘lgan bu oila mansubi Amrillo Inoyatovdan bu qadar yarashiqsiz va siyosiy korrekt bo‘lmagan gapni eshitib og‘rindim.  Koshki, vazir bu gapni aytmasaydi, biz esa elashtirmasaydik. Ammo aytilgan gap otilgan o‘q. Janob vazir, O‘zbekistonning pasportiga qashshoq deb yozilgan turg‘unlari yurt oshib Xindiston, Rossiya va Turkiyada katta pul to‘lab, davolanib yuribdi. Kamiga yo‘l harajati, mehmonxona to‘lovlari. O‘zbekistonda ishlaydigan tibbiy sug‘urta tizimi yaratilsa vrachlarga katta oylik to‘lash imkoni darrov xosil bo‘ladi. O‘z armiyasini boqa olmagan xalq begona armiyani boqadi. O‘z tibbiyotini to‘g‘ri izga qo‘ymagan davlatning ahvoli esa siz aytganday. 10 yil o‘qigan doktor bemor ko‘ziga «mehr bilan boqib» sadaqa tilanadi. Bu yerda bir siniqlik bor. Buni bilasiz. Undan ko‘ra, huddi g‘arbdagi kabi vrachning tibbiy sug‘urtadan katta oylik olishini joriy qilish kerak.
Bitta savol bor. Mabodo yer qimirlab, O‘zbekiston senati va Oliy majlisining barcha deputatlari va senatorlari tom bosib qolib o‘lsa O‘zbekiston jamiyati nima yo‘qotadi? Masalan,  elektr transformator, yoki gaz GRP kuysa, yo bo‘lmasa vodoprovod tizimi yorilsa jamiyat zarar ko‘radi va bu muammo darxol bilinadi. Oliy majlis mansublari yo‘q bo‘lib qolsa, jamiyatga ta'siri qanday bo‘ladi?
MS: Og‘o, sho‘rda to‘xtab yonqi gapni oyting!
Assalom O‘zbekiston, juma muborak!

@rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
8 iyul 2022
Zebra degan hayvon bor. Eshshakning bir turi. Go‘shti halol bo‘lgani uchun so‘yib yesa bo‘ladi. Zebraning usti oq qora yo‘l ...
1 aprel 2024
«Me'morlar keraksiz deb uloqtirgan tosh saroy peshtoqidan o‘rin oldi». Bu gap bir vaqtlar Urganchda yashab o‘tgan rassom Sapo Do‘schon ijodi ...
3 noyabr 2022
«Eltuz portali»ga kelgan navbatdagi beshta shikoyat maktubini o‘qib eshittiramiz dastlabki shikoyat Samarqanddan. “Kadastr xodimining yerni noqonuniy tarzda sotgani” haqda. ...
8 noyabr 2018
Bu yilgi paxta mavsumida Farg‘ona vodiysida ZAGSdan o‘tmoqchi bo‘lgan yosh kelin-kuyovlardan paxta terib berish talab qilinmoqda. Dang‘aralik yosh kelin-kuyovlardan ...
Bloglar
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...
17 mart 2024
Rassom Tuz bir mavzu muhokamasini boshlasa ag‘dar to‘ntarini chiqarib barcha qirralarini o‘rganadi. Tanganing ag‘iniyam¸ bag‘iniyam¸ ...