Catira
29 oktyabr 2019

Maktablardagi darslar ham «Serquyosh» bilan boshlanadigan bo‘ldi

Joriy yilning oktyabridan O‘zbekiston maktablaridagi darslar o‘quvchilarning madhiya kuylashi bilan boshlanadigan bo‘ldi.

Bu haqda 25 oktyabr kuni Xalq ta'limi vazirligi xatidan iqtibos keltirib Daryo.o‘z nashri xabar tarqatdi.

Xalq ta'limi vaziri o‘rinbosari Dilshod Kenjaevning hududiy boshqarmalarga yo‘llagan xatiga ko‘ra, barcha umumta'lim maktablaridagi bu yangi udum 14 oktyabrdagi videoselektor majlisi ijrosini ta'minlash maqsadida amalga oshiriladi.

Darsni boshlash oldidan davlat madhiyasini kuylash rituali maktablarda vatanparvarlikni rivojlantirish hamda davlat ramzlariga nisbatan hurmatni mustahkamlash maqsadida joriy etilayotgani iddao etilmoqda.

Shimoliy Koreya udumini eslatuvchi bu amaliyot Islom Karimov davrida O‘zbekistondagi barcha qamoqxonalarda ommaviy joriy qilingan, mahkumlar orasida «Serquyosh» deya nom olgan, shoir Abdulla Oripov ijodiga mansub bu matnni yodlatish turma ritualiga kiritilgan edi.

Rassom Dumxam
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
29 may 2019
Toshkentlik qo‘shiqchi Abdulla Qurbonovning Umra safari paytida xorazmlik qo‘shiqchi Jahongir Otajonov sha'niga yog‘dirgan haqoratlari aks etgan audio 27 may ...
16 may 2016
Ozodlik bergan xabarga ko‘ra, «Holid ibn Volid» masjidga tushgan hayr-ehson evaziga soliq qaydidan o‘tkazilmagan, shaxsiy boylik orttirish g‘arazi bilan ...
8 aprel 2021
(Shoir va siyosatchi Muhammad Solih audiokitobining davomi. Boshi «Eltuz»ning «Imperativ» ruknida. Davomi bor.) «Yoshullichilar»ning hammasini ham Nurali Qobul kabi ...
Bloglar
9 sentyabr 2024
Yaqinda miyani o‘rganish bo‘yicha yirik mutaxassis Tatyana Chernigovskaya ma'ruzasida ayollar bir paytning o‘zida hamma narsaga ...
10 avgust 2024
O‘zbekistonda bir arvoh kezib yuribdi. Bu Karimov arvohi. O‘zbekiston Karimov davridagi paranoyaga qaytib matbuotdagi «arvox» ...
8 avgust 2024
«Arabiston tuprog‘ida bola tug‘ish» maqsadidagi xotinlar va ularni yetaklab ketayotgan erkaklar. Arabistonda o‘qilgan sha'riy nikohga ...