• Foto: www.remdizel.com
Asosiy mavzular
30 oktyabr 2019

O‘zbekistonga “Tayfun” keldi

Afg‘onistondagi siyosiy vaziyat barqarorlashmas hamda u erdagi amaldagi hukumat va “Tolibon” radikal guruhi o‘rtasida mamlakatda tinchlikni ta'minlash masalasi hal etilmas ekan, O‘zbekiston o‘zining harbiy salohiyatini oshirib borishga majburdir.

O‘zbekiston Rossiyadan xarid qilgan “Tayfun-K” K-53949 zirhli mashinalarining katta partiyasi buyurtmachiga yetkazib berilgani haqidagi xabarlarni sharhlagan “Eltuz” manbasi shunday dedi.

Xabarlarga qaraganda, harbiy mashinalar mamlakatning Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi (aynan Afg‘oniston yo‘nalishiga mas'ul) ixtiyoriga berilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston K-53949’ni qurolli kuchlari tarkibiga qo‘shgan ilk xorijiy davlat bo‘lgani ham aytilmoqda.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston o‘z armiyasining salohiyatini oshirishga jiddiy e'tibor qaratayotganini kuzatish mumkin. Qo‘shinlarni qayta jihozlash 2018-2021 yillarga mo‘ljallangan maxsus dastur asosida amalga oshirilmoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonning harbiy byudjeti 1,4 milliard dollarni yoki YaIMning qariyb 4 foizini tashkil etadi.

Prezident Shavkat Mirziyoev davriga kelib jadal iqtisodiy rivojlanish siyosatini e'lon qilgan mamlakat uchun harbiy maqsadlarga bunday katta mablag‘ sarflash qanchalik o‘rinli, degan savol tug‘ilishi mumkin.

“Tinch yashashni va rivojlanishni istasak, avvalo, armiyamiz qudratini oshirishga majburmiz. Chunki biz o‘ta beqaror mintaqada joylashganmiz. Afg‘oniston tinchimas ekan, biz armiya uchun imkonimiz yetgancha pul ajratmasak bo‘lmaydi.

To‘g‘ri, bu iqtisodiyotimizni modernizatsiyalash jarayonlariga salbiy ta'sir etadi. Ammo mamlakatning ishonchli mudofaasini ta'minlash birinchi navbatdagi masaladir”, dedi “Eltuz” bilan suhbatlashgan manba.

2014-2015 yillarda AQSh O‘zbekistonga MRAP tipidagi ilgari foydalanishda bo‘lgan 328 ta zirhli mashinani beg‘araz bergandi.

“O‘zbekistonning ulardan foydalanishi ancha katta xarajatlarni talab qiladi. Chunki ularning ehtiyot qismlari juda qimmat va mamlakat bu zirhli mashinalar imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishda qiynalmoqda”, deydi “Eltuz” manbasi.

Uning ta'kidlashicha, O‘zbekistondagi harbiy texnikaning 95 foizdan ortig‘i aynan sobiq ittifoqda va Rossiyada ishlab chiqarilgan. Shuning uchun o‘zbek harbiylari uchun o‘zlariga tanish bo‘lgan bunday texnikalarning yangi turlaridan foydalanish qulayroq.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston Rossiyadan BTR-82A, “Tigr” zirhli avtomobillari va “Sopka-2” radiolokatsion tizimlarini xarid qildi. Shuningdek, mamlakat 12 ta Mi-35M jangovar vertolyotini sotib olish bo‘yicha kelishuvni imzolagan. Ayni paytda Yak-130 harbiy o‘quv samolyotlari bo‘yicha ham muzokaralar o‘tkazilmoqda.

Yak-130 samolyotidan Rossiyada harbiy uchuvchilarni zamonaviy jangovar uchqichlarni boshqarishga o‘rgatishda foydalaniladi.

O‘zbekiston aynan Yak-130 ni xarid qilmoqchi bo‘layotgani esa mamlakat o‘zining harbiy havo kuchlarini yangilash niyatida ekaniga ishora qiladi.

“O‘zbekistonning harbiy aviatsiyasi juda eskirgan. Hozir jangovar safda bo‘lgan Mig-29, Su-24 kabi samolyotlarning ishlab chiqarilganiga 30 yildan oshiq vaqt bo‘ldi.

Shuning uchun yaqin istiqbolda O‘zbekiston Rossiyadan Su-30 ko‘p maqsadli qiruvchilarini sotib olishi haqida xabar chiqib qolsa, aslo ajablanmayman. T-90 tanklarining O‘zbekistonga yetkazib berilishi borasida ham shunday fikrdaman”, dedi “Eltuz” manbasi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
11 noyabr 2023
Eltuz portaliga kelgan navbatdagi beshta shikoyat maktubni o‘qib eshittiramiz. Ular O‘zbekistonning Surxondaryo, Farg‘ona, Toshkent, Andijon va Qashqadaryo viloyatlaridan kelgan. ...
28 fevral 2018
Militsiya generali, 69 yoshli Zokir Almatov ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovning maslahatchisi etib tayinlandi. 2005 yildagi Andijon qirg‘inidan so‘ng ...
17 may 2024
RT: Mana xafta zuvv etib aylanib yana siz bilan yuzma yuzman. MS: Ovong og‘o, bugun beshlanjiy gun. Gurungni sizdan ...
12 fevral 2020
Toshkent harbiy mahkamasi sobiq mulozim Rafiq Sayfulin va O‘zbekiston qurolli kuchlari birlashgan shtabi boshqarma boshlig‘i Akbar Yorboboevni davlatga xoinlik ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...