Asosiy mavzular
17 may 2024

Kinoteatrda ezg‘ilangan qiz – RTdan va'z

RT: Mana xafta zuvv etib aylanib yana siz bilan yuzma yuzman.

MS: Ovong og‘o, bugun beshlanjiy gun. Gurungni sizdan ishitamiz. Nichiksizla mo‘chchi oybika, xo‘jik birrilo. Xivodayi Gulnora biyi, Ismoyil olqosh, Soporgul opo, So‘ltonposhsho apkala, hokimla, Matchon buvoni Moskvadayi asrak oxtiqlori nichiksizla…

RT: Matchon Suqulish, Eltuz yutub kanali sen uchun salomxonaga aylandimi? Xonqali mirat, namangoncha mulozamat ortiqcha…

MS: Og‘o ishitdingizmi, Nukusdagi mulozimlo ko‘rlani kutubxonasino kitob oldiq deb davlatni 700 million pilini kisaya uribdilo. Bila napaqot separatchi, balki ulli o‘g‘ri ham akanla.

RT: Matchon suqilish inim, Toshkentdagi ko‘chaga radar o‘rnatayotgan 26 yosh erkak tok urib o‘ldi .

MC: Sho‘prlani qarg‘ishi urdi!

RT: Elektrikda nima ayb? Jarimalarni u o‘ylab topmagan-u!

Hamma radarlarni olib tashlasa, shopirlarga yaxshi bo‘ladi. Yiliga o‘n ming odamni go‘rga tiqadi. O‘tkan yili 3 mingdan ko‘p edi shekilli!? Bular odamlarni piyodalar o‘tish joyida uradi, tratuarda uradi, maktab o‘quvchilarini uradi, boxcha bollarni uradi. Bir-birini urib qirilib ketsa ham mayli bularga, faqat radar urib ishtrop to‘lamasa bo‘ldi. 70 degan joyda 120 xaydab bitta aka-ukani urib o‘ldirib, palakatda bu deb qiyshayib turadi. Yana nima bo‘lsin?!

Shilqimiston news

Namanganda 7 yoshli qizga uyatsiz seks harakatlar qilgan 68 yoshli  xoji otaxon qamoqqa olindi.

MS: imonsiz korri jolotoy

Toshkentda begona ayolga shahvoniy  seks shilqimlik qilgan 25 yoshli yigit 10 sutkaga qamaldi

MS: korsildop uchib gursildap singoy

Toshkent viloyatida qayinukasining turmush o‘rtog‘iga seks shilqimlik qilgan erkak qamaldi.

Erkak qayinukasining xotiniga qarab, o‘zining asbobini ushlab drochit qilgan va shahvoniy shilqimlik qilgan .

Aksar o‘zbek erkaklar kabi ozabochennыy urodni tinchitish uchun yetib kelgan IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan, ularga qarshilik ko‘rsatgan.

3 may kuni Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Zangiota tuman sudi  hukmiga ko‘ra, bu taviyaga 5 sutka qamoq jazosi tayinlandi.

MS: ibi kisrurush

Kinoteatrda qiz bolaning emchagini ezgilagan yigit 5 sutkaga qamaldi.

MS: O‘zini kadisi akan potiyoli. Kinoxononi direktiri ongib durip, milisaga chug‘ilopti. Bizani voxtimizda. Kadilani kinog‘a akkirib tutishtiravarar adik. Novvi davadi Navoiy otomiz

Jingl

Shovot sudi xotinini bolta bilan 17 bo‘lakka bo‘lib o‘ldirgan 72 yashar duxtrni 10 yilga qamadi. Xotin go‘rda er qamag‘da

MS: Ha, gechasi davleniyasi go‘tarilib og‘ribdi , xotinina, dori bar dabdi, xotini dorisini beribdi, keyin san mani sehr jodu atib kasal atding deb bolta bilan chopibdi.

Surxondaryoda qishloqqa kelib qolgan ayiq otib o‘ldirildi

Ma'lum qilinishicha, 15 may kuni Sariosiyo tumanidagi “Jannatmakon” MFY hududiga kutilmaganda ayiq kelib qolgan. Yirtqich hayvon aholi turar joylariga kirib, insonlar hayotiga xavf tug‘dirgan. Ayiqni zararsizlantirish jarayonida u IIB xodimlaridan biriga tashlangan va jarohat yetkazgan.

Ayiq 74-sonli maktab hududiga ham kirgan. Holat kutilmaganda yuz bergan va ayiq tajovuzkor harakat qilgan. Yirtqich maktab o‘quvchilari hayotiga xavf tug‘dirganligi sababli tezkor chora ko‘rish talab qilingan va u otib o‘ldirilgan.

Jarohat olgan IIB xodimi tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilgan. Shunday qilib, IIB xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmagan ayiq go‘rda…

Namoyishlar erkinligi

Video Gruziya

Bu Gruziyadagi namoyish, 3 xaftadan buyon davom etmokda. Bugun studentlar o‘qish tashlashdi. Gruziya rossiyadagi kabi inoagentlar to‘g‘risidegi qonunni qabul qilmoqchi, ular bunga karshi. Biz Yevropa bilan yashashni xoxlaymiz deyishmoqda.

MS: Gurjiston bizadan kamida 50 yil aldinda, shundonom xolq norozi, musappo osmon qabilindayi ertakla vulara o‘tmiydi.

«Tbilisidagi kabi Qo‘zg‘olon kerak emas bizaga»

Inqilob va qo‘zg‘olon yomonligi, hamda osmon musappo bo‘lgan tinchlik haqida post qo‘ying deb iltmos qilishdi. Chunki inqilob bo‘lsa, Gafur o‘g‘riga yomon bo‘larkan. Inqilob bo‘lsa, Sardobani boshimizga balo qilgan Sanginovu Ramatovlar ma'yus bo‘larkan. Umuman inqilob bo‘lib, xalq o‘z haqini talab qilsa qaynotasi davrida jit qilayotgan kiyovchiklarga ham qiyin bo‘larkan. Shuning uchun mana yozdim.

E, odamlar darrov tinchlikdi qadriga yetish. Go‘ristonni ko‘ring qanday tinch. Ëtibdi o‘liklar chiiriiib. Bir kun urush chiqqan joydan yetti million yillik rizq ketadi. Mana dinozavrlar bir biri bilan urushib qirilib ketdi. Ko‘tini qisgan kaltakesaklar yuribdi bilang bilang qilib sudralib. Tinchlikka nima yetsin. Mana qozoqda yaxshi ishlab yurgan investor Patax Shodiev ketdi qoldi. Urush yomon tinchlik esa yoxshi. Ishonmasangiz semiz arslon (Lev Tolstoy) yozgan Urush va Tinchlik kitobini o‘qib ko‘ring. Darvoqe xarf tanimaysiz. Audiosini yutubda tez ko‘rib oling. O‘zi qozoq degani urishqoq keladi. To‘ylarda ham to‘balashib sal gapdan urush chiqaradi. Kelin o‘g‘irlaydi. Xotin ustiga to‘qol oladi. Xotinni uradi. Qaynanasini mensimaydi. Ko‘p go‘sht yeydi. Qo‘li ishga kelishmaydi.

Osh ovqatiga bitta o‘zbekni, bog‘ rog‘iga yana bir o‘zbekni, supur sidirga yana bir o‘zbekni xizmatkor qilib yollab olib qo‘yadi beting qursin qozoq. Buning ustiga yana bir o‘zbek qizni o‘ynash ham qiladi.Ma'naviyati yo‘q ularni. Aqchasi bor xolos. Xullas tinchlikni qadriga yeting. Mana Anjandagi medsestralardan o‘rnak oling. Kechasi dejurniy vrachni kunduzi viloyat xokimini ko‘nglini ovlaydi. Har uch kunda erini ham xursand qiladi. Hammaga mazza. Nima keragi bor urushib talashib. To‘g‘ri hokim yer sotib pora oladi. Boring bir million dollar pora oladi. Olgan rozi, bergan rozi senga nima. Sen chiroyli sabr qilsang, o‘lib ketganingdan keyin chiroyli ajrini olasan. Sen O‘zbekiston degan zaminga bir cho‘p tiqib sug‘urib olib qara. Nima qoldi. Teshik qoldi. Bir pas qarab tursang, o‘sha teshikka ham binnarsa tushadi. Qurtmi chuvalchangmi, xullas binnarsa. O‘sha teshikka ham rizq beradi. Seniku o‘raday og‘zing bor, senga shu razmerda yegulik kevuradi. Kemasa temir daptar orqali gum pomosh olasan. O‘lmaysan ishqilib. Stalinga sig‘ingan ota bovong, Brejnevni tavof qilgan enang momong qatorida senam dunyo nufuzida bir nol bo‘lib o‘tib ketasan. Itbaliq katta bo‘lsa qurvaqa bo‘ladi. Sen shovqin qilganing bilan nimayam bo‘larding. Kattalarning biznes qilishiga halaqit berasan xolos.  Senga nasihatim Qo‘zg‘olon degan so‘zni ishlatma. Uning o‘rniga tinchlik, musappo osmon, uch egizak so‘zini ishlat. Yashasin tinchlik. Miru Miromon.

Rasmda anjanliklar prokurorni so‘yishga apketmoqda.

Shoxlargayam qiyin

Sherali Jo‘raevning uydan haydab yuborgan o‘g‘li Shohjahon Jo‘raevni  ajrashib ketgan xotini sudga berdi.

Sobiq xotinning Eltuz muxbiri ko‘rgan arizasida «Shoxjaxon meni onamdan so‘kdi, haqorat qilib siltadi» degan gaplar bor.

Arizaga ko‘ra Shoxjaxon Jo‘raev 2023 yilning 12 dekabrida sobiq xotinining uyiga borib rosa so‘kkan.

3 marta paloningga palonimdi tiqay degan. 4 marta buving bilan jinsiy aloqa qilay degan. Qanjiq, jalab, oyim va yana ashiincha gapdi vagonlab aytgan. Ko‘zlarini olaytirgan. O‘rta barmag‘ini ko‘rsatgan. Siltab siltab tashagan.

Bu ariza asosida Shohjahon Jo‘raevga nisbatan jinoyat kodeksining 140 (haqorat qilish) moddasi birinchi qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

2023 yilning  7 fevral kuni ham Shohjahon Jo‘raev ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning haqorat qilish moddasi bilan 1,5 million so‘m jarimaga tortilgan edi.

Rasman tasdiqlanmagan gaplarga ko‘ra Jo‘raevning xotinidan ajrab o‘zidan 8 yashar katta bola baqrali xotin bilan yashab yurgan. Bu esa millat ustuni bo‘lgan marxum Sherali Jo‘raevga yaxmagan.

Sherali Jo‘raev o‘z pushti kamaridan bo‘lgan o‘g‘lini oq qilib uydan haydab yuborgan.

«Bor ko‘prikni tagida yot» degan Sherali Jo‘raev o‘g‘liga. O‘g‘li bo‘lsa otasini so‘tga berib, yana uyga kirvolgan.

Ashnaqa gap. Shoxlarga ham qiyin. Ularga tekin qatiq berish kerak.

Prokuror nega Bochka tepasidan turib choptirdi?

Aziz Nesinni sevib o‘qiyman. Koshki, men ham unga o‘xshab yozsam, deb orzu qilganman.

Shu mavzuda hajviya yozish taklifini olganimga ham uch kun bo‘ldi.

Uch kunda uch qator narsa yoza olmay, qo‘limga taxtakach kompyuterimni olib, Internet atalmish naxrul kabir tublarida g‘avvosdek suzib, ma'no atalmish duru javharlarni izlay boshladim.

Qarasam, bittasi Facebookka video yuklabdi.

Porno bo‘lsa ko‘rmayman, tahoratni yangilashga to‘g‘ri keladi, deb tursam video o‘z-o‘zidan sassiz holda boshlanib ketdi.

Videoda bitta xotin mushukni tepib-tepib, o‘qlov bilan urib uydan chiqarib yuboradi. Shu bilan video tugaydi.

Xuddi Aziz Nesinning “Musht ketdi” hikoyasidagi manzara.

O‘ylab qoldim, nega bu uy xonimi bechora mushukni miyovlatib urib soldi.

“Abdujabbor, senda bir gap bor” deb masalani o‘rgana boshladim…

Oltin kuz Chorvoqqa sepini yoyib tashlagan huzunli kunlarning birida, Garangohang zamprokurori, Obodyunus politsiya boshqarmasi operi va yana bir melisa birgalashib, pivoxo‘rlik qilishga qaror berishdi.

Pivoxo‘rlik uchun Chorvoq biqinidagi Bochka pivoxonasi tanlandi.

Aziz mehmonlarga Bochkaning ikkinchi qavatidan joy qilib berishdi.

Eng ko‘p zamprokuror ichdi. Bosh prokuror sharafiga ko‘tarilgan bir bokal pivo bilan boshlangan marafonni yurtboshining zavjasiga bag‘ishlangan o‘ninchi bokal bir pasda quvib yetdi.

Xuddi shu onda zamprokurorning o‘zi, go‘yoki bochka ichidagi pivo to‘la bochkaga aylangan edi.

Odam bochka emas. Ichidagi suyuqlikni uzoq vaqt saqlab tura olmaydi.

Zamprokuror o‘zbek prokurorlariga xos tanballik bilan o‘rnidan turib, ikkinchi qavatdagi oynadan pastga qarab choptira boshladi.

Zamprokuror yaratgan sharsharaga ikki melisaning jilg‘asi qo‘shildi.

Huddi tog‘ tepasidagi muzlar erib pastga shirillab tushgani kabi go‘zal manzara.

Pastdagi xalq prokurning sharsharasini obi rahmat kabi qarshilab, xursand bo‘lishib kutib oldi.

Ular zamprokuror «aynan meni ustimga siydi», deb maqtanish uchun shaharning to‘rt tarafiga tarqalib ketdi.

Aynan mana shu jihat Bochkaning akaxonlari baquvvat xo‘jayiniga yoqmadi.

Ikkinchi qavatidan prokuror siyadigan Bochkaga odamlar kelmay

qo‘yishi mumkin.

Antireklama deydi buni.

Shu bois, Bochka egasi o‘z qorovullarini chaqirib siyg‘oq prokuror va uning ikki sherigini rosa kaltaklattirdi.

Kaltakdan qiynalib ketgan bechora prokuror telefon orqali naryad chaqirtirdi.

“Biz pivo ichayotganimizni ko‘ra olmagan ekstremistlar o‘zbek huquq- tartibot organlarini tamsil qilgan biz kabi hokisor prokurorlarga qarshi ashaddiy hujumga o‘tdi, tezroq kelinglar!” dedi u.

Sal o‘tmay Bochkani qora quzg‘undek qora maskalilar bosdi.

Ular Bochka egasi, barmen va ofitsiantlarni oshpazlarga qo‘shib, rosa kaltaklashdi.

Ammo, bu asnoda zamprokurorning ikkinchi qavatdan turib, siygani Bosh prokurorgacha yetib bordi.

Mo‘ylovini buragan Bosh prokuror zamprokurorni so‘kib-so‘kib, ketiga tepib-tepib kabinetidan chiqarib yubordi.

Zamprokuror esa prokuratura tergovchisini o‘z kabinetiga chaqirib, so‘kib-so‘kib, ketiga tepib, chiqarib yubordi.

Prokuratura tergovchisi esa uyiga borib, xotinini so‘kib, urib

tashladi.

Xotini esa mushukni o‘qlov bilan urib ko‘chaga haydadi.

Ayni holatni esa ko‘chadagi qo‘shni bola telefoniga tushirib internetga ilib qo‘ydi.

Agar zamprokuror Bochkani ikkinchi qavatidan turib siymaganida, mushuk bechora kaltak yemagan bo‘lardi.

Shu yerda hikoya tugadi.

Hikoyani Stokxolmda yashaydigan yozuvchi ukamga o‘qitib ko‘rdim.

“Bu Aziz Nesinga taqlidku. O‘zing original qilib yozsang bo‘lmaydimi?“dedi bir qorindan tushgan ukam.

Hikoyani klassik uslubda yozishga urinib ko‘rdim.

Xullas boshidan boshlaymiz.

Oltin kuz Chorboqqa sepini yoyib tashlagan huzunli kunlarning birida Bochka kafesining oldidagi o‘rindiqda o‘yga tolib o‘tiribman.

Birdan ustimga suv tomchilari tusha boshladi.

“Ëmg‘ir yog‘moqda”, deya shoirona o‘ylarga toldim.

Ammo “yomg‘ir” huddi qumg‘on jo‘mragidan tushgan kabi bir yo‘nalishda shiddat bilan faqat mening ustimga tushardi.

Atrofni shiptir hidi tutib ketdi.

Tepaga qarasam ikkinchi qavatdan GarangOhang zamprokurori,

ObodYunus politsiya boshqarmasi operi va yana bir melisa qo‘shilishib siyi-i-ib turishibdi…

Eslatma: Bu hajviyani noyabr boshida Toshkent viloyatidagi Bochka qahvahonasida yuz bergan janjalga o‘xshatgan bo‘lsangiz, bu o‘xshashlik tasodifdir.

Mirziyoevni so‘kkanlar qamaldi

Yil boshidan buyon O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev va uning oilasini internetda haqoratlab, postlar joylagan bir gala qashshoklarga jazo tayinlandi.

Aniqlanishicha, Samarqand Davlat universitetining 4-bosqich talabasi bo‘lgan 25 yoshli yigit 2023 yil 23 may kunidan 22 avgust kunigacha Instagram’da O‘zbekiston prezidenti haqidagi 10 ta videoga amaldagi prezidentga qarshi haqoratlovchi nutqlarni bayon qilib, qo‘pol va uyatli so‘zlar bilan amalda isboti bo‘lmagan asossiz tuhmatdan iborat postlar qoldirgan.

Sud hukmi bilan unga JKning 58-moddasi 3-qismiga asosan ish haqining 20 foiz miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 2 yil 6 oy axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.

Shuningdek, 2024 yil 22 yanvar kuni JIB Jizzax shahar sudida namanganlik 29 yoshli erkak ham prezidentni haqoratlagani uchun 4 yil ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilingan.

Aniqlanishicha, u 2020 yil iyun oyida TikTok’dagi videoga prezident Shavkat Mirziyoev va uning onasini haqorat qilib, izoh yozgan.

Farg‘onalik 33 yoshli erkak TikTok’da sahifa yaratib, prezident Shavkat Mirziyoevni turli xil uyatli so‘zlar bilan haqoratlab, video joylagan. U bu ishini bir necha marotaba qilgani aniqlangan. Mazkur erkakka JKning bir nechta moddalari bilan 5 yil 3 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlagan.

Shuningdek, 2024 yil yanvar oyida samarqandlik 26 yoshli va 30 yoshli hamda qoraqalpog‘istonlik 25 yoshli erkaklar Instagram’dagi Shavkat Mirziyoev haqidagi 15 tadan ortiq videolarga davlat rahbarini turi so‘zlar bilan haqoratlab, uyatli so‘zlar bilan izoh yozgani aniqlangan.

Samarqandlik ikki erkak 2 yilga, qoraqalpog‘istonlik erkak esa 1 yilga axloq tuzatish ishlari jazosiga hukm qilingan.

2024 yil fevral oyida esa farg‘onalik fuqaro Facebook’da prezident haqida bir nechta haqoratli videolar chiqargani aniqlangan. U prezidentning nomi qo‘llanilgan holda «Xoin Mirziyon” degan haqoratli jumlalari bo‘lgan she'rni joylagan.

U JKning tegishli moddalari bilan 7 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

Shuningdek, farg‘onalik 60 yoshli ayol YouTube orqali prezident maslahatchisi Shuhrat G‘aniev va prezident Shavkat Mirziyoev haqida haqoratli video joylagan.

Unga 3 yilga ozodlikni cheklash va jarima jazolari tayinlangan.

Samarqandlik yana bir fuqaro esa Samarqand viloyat IIBning “102” qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, O‘zbekiston prezidentining ichki ishlar organi xodimlariga bergan vakolatlaridan norozi ekanligini bayon qilib, prezidentni haqoratlagan. Unga 3 yilga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.

Sal oldin  namanganlik 1996 yilda tug‘ilgan yigit ham prezidentga qarshi haqoratli izohlar yozgani uchun 5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan edi.

Vaqt qadri

Vaqt qadriga yetish kerak deymiz. Siz vaqt muzeyi borligini bilasizmi? Texrondagi ozariylar yashadigan mahallada vaqt muzeyi bor. Arabcha vaqt so‘zini forslar zamon deb o‘z tiliida sharaflaydi.

MS: Bizada voxtni qodrini bilmiydila. Irg‘onsom gunim o‘tar dap yuriyvaradila…

Falsafa va badiiy adabiyotda keng e'tirof etilgan tushuncha bo‘lgan vaqt sayohati – bu ob'ekt yoki shaxs tomonidan kosmosdagi turli nuqtalar orasidagi harakatga o‘xshash vaqtning ma'lum nuqtalari orasidagi harakat tushunchasi, odatda gipotetik qurilma sifatida ma'lum vaqt mashinasidir.

Bu yerda, Tehronning “Zamon” muzeyida o‘z tasavvuringiz yordamida o‘tmish, asrlar va hattoki ming yilliklarga sayohat qilib, ajdodlarimiz vaqtni suv soatlari va suv soatlaridan o‘lchash uchun qanday sa'y-harakatlar qilganiga guvoh bo‘lishingiz mumkin. yog‘li soatlardan quyosh soatlariga va sham yoki qum donalari yordamida boshqariladigan soatlar…

MS: Sizam sho‘rda tormoza bosing og‘a, muhim ish bilan band obunachilarimizni voxtini olmin.

Assalom O‘zbekiston Juma muborak!

Tag‘in o‘qing
14 avgust 2017
2015 yilning 25 sentyabrida Xorazmga majburiy mehnat monitoringi uchun borgan mustaqil jurnalist Maloxat Eshonqulova va huquq himoyachisi Yelena Urlaevalar ...
6 iyun 2016
O‘quvchilarimizga ma'lumu mashhur Quddus A'zamovning navbatdagi bir ko‘rsatuvi «Tinchlik uchun kurashmoq kerak» mavzusiga bag‘ishlandi. Ana tok shou, mana tok ...
1 may 2023
Salom qadrli muxlislar, bugun 1 may e'tiboringizga Eltuz «600 sekund»ning  navbatdagi sonini taqdim etadi. +++ O‘zbekiston Respublikasi referendumining dastlabki ...
28 fevral 2022
Ukraina atrofidagi 27-dan 28 fevralgacha bo‘lgan kun davomidagi o‘zgarishlar qisqacha Yevropa Ittifoqi o‘z tarixida birinchi marta Ukraina uchun qurol ...
Bloglar
28 may 2024
Men millatchi emasman! Lekin qaytadan ta'mirlatilgan va Toshkent shahrining sobiq hokimi J. Ortiqxo‘jaev tomonidan Pasxaga ...
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...