Catira
23 iyun 2020

O‘zbek prezidenti Moskvaga borib ta'zim bajo keltiradi

Prezident Shavkat Mirziyoev rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinning taklifiga binoan, joriy yil 23-24 iyun kunlari amaliy tashrif bilan Moskva shahriga boradi.

24 iyun kuni O‘zbekiston prezidenti «g‘alabaning 75 yilligi» deb nomlanadigan psevdopatriotik tadbirda qatnashadi. Qozog‘iston elboshisi Nazarboev, Turkmaniston orqadog‘i Berdimuhammedov va Chexiya rahbari Zeman bu tadbirga borishdan voz kechishgan edi.

Shavkat Mirziyoev iqtidorga kelganidan beri Rossiya manfaatlariga yon bosib kelayotgani va Karimov davrida taqiq qo‘yilgan “g‘alaba” kalimasi va sovetparastlikni tiriltirgani bois vatandoshlar tanqidiga nishon bo‘lib keladi.

Tashrif arafasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Rossiya 1» telekanalida 21 iyunda o‘tgan navbatdagi «Moskva. Putin. Kreml» ko‘rsatuvida sobiq sovet respubliklarini Rossiya yerlarini o‘zlashtirib olganlikda aybladi.

Putinga ko‘ra, Sovet Ittifoqi tuzilayotgan paytda uning tarkibiga qo‘shilgan respublikalar “Rossiyaga tegishli katta yerlarni” va “an'anaviy tarzda Rossiya hududi hisoblangan joylarni olgan”.

Putinning ta'kidlashicha, shundan kelib chiqqan holda Sovet Ittifoqi parchalangach, uni tark etgan respublikalar “nima bilan kelgan bo‘lsa, o‘sha narsa bilan chiqishi” va “rus halqidan olingan hadyani qaytarishi lozim” edi.

Rassom Kirpi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
25 fevral 2020
Qirg‘iziston Oliy sudi 25 fevral kuni huquq himoyachisi Azimjon Asqarov ishini qayta ko‘rib chiqishni boshlaydi. U 2010 yilda ozodlikdan ...
20 sentyabr 2023
Kecha 19 centyabr kuni Shayxontohur tumani sudida prokuror Human.uz sayti asoschisi va rahbari Xurshid Daliev va “O‘zbekneftgaz” shirkati matbuot ...
26 yanvar 2022
EltuzTG January 26, 2022 25 yanvar kuni Toshkentning qoq markazida joylashgan “Ogni Tashkenta” restoranida o‘zbek mafiyasining eng ko‘zga ko‘ringan ...
24 oktyabr 2024
Dunyodagi eng kallavaram sud ham quyon maskasini kiygan bolani 15 sutkaga qamamaydi. Men masalan archa bayramda quyon maskasini kiyganman¸ ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...