Kundalik
1 fevral 2016

BJ’s Wholesale Club savdo kompaniyasi o‘zbek paxtasidan voz kechadi

2016 yil 27 yanvar kuni BJ’s Wholesale Club chakana savdo kompaniyasi Paxta majburiyati (Cotton Pledge)ga imzo chekkan 200 dan ortiq brend va kompaniya safiga qo‘shildi. Bu bilan u O‘zbekiston hukumati o‘zining paxta sektorida majburiy mehnatdan foydalanishga chek qo‘ymaganiga qadar o‘zbek paxtasidan mahsulotlar ishlab chiqarmaslikni o‘z zimmasiga oldi.

“Sifatli kiyim-kechak va uy uchun tovarlar ishlab chiqaruvchi chakana savdo kompaniyasi o‘laroq, O‘zbekiston yoki boshqa har qanday davlatda majburiy mehnatning har qanday ko‘rinishiga yo‘l qo‘ymaslik haqida gapirishda davom etishimiz shart”, dedi sifat va atrof muhit muhofazasini ta'minlash bo‘yicha vitse-prezident yordamchisi Skott Uilyams kompaniya tomonidan tarqatilgan press-relizda.

Paxta ishlab chiqarishdagi majburiy mehnat ko‘plab mamlakatlarda haligacha keng tarqalganiga qaramay, hech birida O‘zbekistondagichalik ulkan tashkiliy ko‘lamga ega emas. O‘zbekiston hukumati har yili bir milliondan ortiq fuqaroni mamlakat paxta dalalarida ishlashga majburlaydi. Har kuzda hukumat universitetlar va davlat muassasalarini bir necha oyga yopib qo‘yadi va talabalar, o‘qituvchilar va davlat xizmatchilarini paxta dalalariga jo‘natadi. Kiyim-kechak va uy uchun tovarlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning qo‘llab-quvvatlashi va hamkorlikdagi sa'y-harakatlari muvaffaqiyat keltirdi. O‘zbekiston hukumati voyaga yetmagan bolalarni paxtaga yoppasiga jalb qilishni to‘xtatdi. Ammo majburiy mehnatning barcha ko‘rinishlariga chek qo‘yish uchun paxtachilik tizimi isloh qilinishini shart.

“Paxta majburiyatini imzolab, BJ’s kompaniyasi o‘ziga yetakchilik vazifasini oldi. Global ta'minot zanjirida majburiy mehnatdan foydalanish orqali ishlab chiqarilgan materiallardan voz keyish qiyin masala. Lekin BJ’s kabi kompaniyalarning bu harakatga qo‘shilishi va butun tarmoqda o‘zgarishlar yasash yo‘lidagi kuchlarni birlashtirishi orqali buning imkoni bor. Bu hujjatni imzolagan har bir kompaniya dunyomizni zamonaviy qullikka barham berishga bir qadam yaqinlashtiradi”, dedi O‘zbekistondagi majburiy mehnatga qarshi Paxta majburiyati tashabbuskori bo‘lgan Responsible Sourcing Network nohukumat tashkiloti direktori Patricia Jurewicz.

O‘zbek paxtasidan foydalanmaslikka doir Paxta majburiyatini imzolagan tashkilotlar ro‘yxatini quyida ko‘rish mumkin.

Tag‘in o‘qing
1 iyun 2016
O‘zbekiston inson huquqlari jamiyatining Sirdaryo viloyati bo‘limi raisi bo‘lgan, Jasliq lagerida 10 yildan beri jazo muddatini o‘tayotgan A'zam Farmonovning ...
10 aprel 2021
Faloniy o‘ylar: nechun Tomni bosdi tog‘dek qor. Bir nayrang yetgan ko‘kka, Amerika aybdor. Sigir qochmas buqadan, Bolalar ayronga zor. ...
18 aprel 2024
Bir paytlar OBONchilar O‘zbekistonga borgan chet el tashkilotlari vakillariga hujum qilardi. Sayod degan ko‘kaldoshning xalqaro tashkilot rahbri Stiv Sverdlovga ...
25 mart 2024
Turkiyaning Denizli Honaz’ida yashagan 3 bolaning otasi 59 yashar pensiyadagi fermer Ramazon Oqboy (Ramazan Akbay) bundan to‘rt yil oldin xotini ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...