Asosiy mavzular
30 yanvar 2023

Qamalgan blogerlar shantajchimi?

Davlat xavfsizlik xizmati Human.uz internet-nashri direktori Xurshid Daliev va anonim telegramdagi «Kompromatuzb» kanaliga aloqadorligi aytilayotgan boshqa shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma'lum qildi.

«DXX organlari tomonidan fuqaro I.A.dan kelib tushgan murojaatga asosan, fuqaro D.X. va boshqalarning «Telegram» messenjeridagi «Kompromat.uzb» va boshqa kanallar orqali amalga oshirilgan jinoyatlarga aloqadorliklari sababli ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va xozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tergov davomida protsess ishtirokchilari advokat bilan ta'minlangan. Tergov jarayonlarini olib borishda ularning qonun bilan belgilangan huquq va erkinliklari ta'minlanishi kafolatlanadi» deyiladi jumladan Davlat havfsizlik xizmati tarqatgan xabarda.

Bostirib kirib ushlash

Eslatib o‘tamiz, Human.uz internet nashri 27 yanvar kuni uning direktori shuningdek Muxbir Daliev blogi muallifi Xurshid Daliev, bosh muharrir Muslim Mirzajonov va boshqa jami yetti kishining hibsga olingani haqida xabar bergan edi.

Ozodlikda qolgan nashr xodimlarning so‘zlariga ko‘ra,  “organ xodimlari” tomonidan ofisdagi eshiklar buzib kirilgan va ayni damda barcha ma'lumotlar, qurilmalar tintuv qilingan.

Tahririyat idorasi boshqa bir idora vakili – O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Quyichirchiq tuman bo‘limi tergovchisi E.Ablamurodov tomonidan muhrlangan.

O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi huquqni muhofaza qiluvchi organlarga tayanib, Human.uz xodimlariga nisbatan prokuraturaga fuqarolardan murojaatlar kelib tushgani haqida xabar berdi.

Milliy axborot agentligi (O‘zA) bosh direktori o‘rinbosari Xushnudbek Xudayberdiev “jurnalistlar Human.uz nashri xodimlari sifatida emas, balki “Kompromatuzb” telegram-kanalining administratorlari sifatida hibsga olingani haqida yozdi. Uning so‘zlariga koʻra, ushbu kanal adminstratorlari orasida boshqa tashkilot vakillari ham borligi aytilmoqda. Ularning shaxsini hozircha aniqlashtirish imkoni bo‘lmagan.

Aytilishicha, ushbu kanalni yurituvchi shaxslar tovlamachilik, soliqqa oid jinoyatlarni sodir etish va boshqa shu kabi iqtisodiy jinoyatlarda gumon qilinmoqda.

Kun.uz nashri esa, o‘zining huquq-tartibot idoralaridagi manbalariga tayanib, hibsga olingan Human.uz xodimlari Kompromatuzb telegram kanali administratorlari bo‘lib, unda turli materiallar chop etganini ma'lum qilgan.

«Kompromat odatda [u yoki bu] shaxs yoki tashkilot faoliyatining qorong‘u tomonlarini fosh qiluvchi ma'lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjatlar (fotosuratlar, video va ovozli yozuvlar) iborat dalillarni taqdim etadi», – deya ta'riflaydi telegram kanali manbasi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kanal administratorlari tovlamachilik bilan shug‘ullangan. Ular ma'lumot yig‘ib, u yoki bu ma'lumotlarni e'lon qilmaslik uchun pul so‘rashgan. Ular boshqa iqtisodiy huquqbuzarliklarni sodir etganlikda ham gumon qilinmoqda.

«MAXSUS» KANAL

O‘z navbatida, darhol ko‘zga tashlanadigan jihatlarga e'tibor qaratamiz.
Human.uz nashrida ishlovchi xodimlar kam emas (ularning yetti nafari hibsga olingan), lekin ular materiallar tez-tez chop etishmaydi, ochig‘i, shuncha xodimlari bor nashr uchun ancha kam. Saytning rus tilida va o‘zbek tilidagi sahifalari bor. Bu ishlarning barchasini birgina baquvvat jurnalist qiyinchiliklarsiz uddalashi mumkin edi. Agar nashrda jurnalistlar ko‘p bo‘lsa va maqolalar kamdan-kam chiqsa, ular boshqa saytlarda paydo bo‘ladi deb taxmin qilish mumkin.

Maqolalarning mazmuni ham ancha beziyon, umuman olganda, ular shunchaki xo‘jako‘rsinga yozilganday taassurot qoladi. Press-relizlarning qayta nashrlari, mansabdor shaxslar va hukumat a'zolarining nutqlarini takrorlashdan iborat. Xodimlari bunday amorf mahsulotlarni tayyorlaydigan nashr o‘quvchilarni jalb qila olishiga umid qilish ham dargumon. Shu o‘rinda mulozimlarning jurnalistlar Human.uz saytida chop etgan maqolalari tufayli hibsga olinmagani haqidagi fikrga qo‘shilish mumkin.

Boshqa tomondan, negadir Davlat xavfsizlik xizmati hisobotida murojaati asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan shaxsning ismi ko‘rsatilmagan. Nega bu bo‘lim birdan uning ismi sharifini yashirish uchun ovora bo‘ldi? Balki umuman bunday shaxs bo‘lmagandir, endi esa DXX xodimlari shoshilinch ravishda kimnidir o‘tgan sana bilan ariza yozishga ko‘ndirishayotgandir?… Darvoqe, AIMK bunday davogarlar bitta emasligini eslatib o‘tdi.
Hukumatga yaqin shaxslar va tashkilotlarning yuqoridagi xabarlaridan ko‘rinib turibdiki, ular huquq-tartibot idoralarining xatti-harakatlari, Human.uz xodimlarini hibsga olish sabablariga hechbir shubha bildirishmaydi. Ammo butun bir tahririyat tovlamachilik bilan shug‘ullangan bo‘lishi mumkinmi, degan savol tug‘iladi…
To yest, siloviki deystvitelno svyazыvayut proizoshedshee zaderjanie s deyatelnostyu etogo kanala i, vozmojno, yeщe nekotorыx.
Nashr xodimlarining chaqiruv qog‘ozi bilan so‘roqqa chaqirilmagani, balki “Kompromatuzb” telegram kanali adminstrator va unga yaqin shaxslar tomonidan tahrir qilinvyotgan paytda to‘satdan kelib birdaniga olib ketilgani, ularni jinoiy qo‘lga olishga urinilganidan dalolat beradi.

Ya'ni, xavfsizlik kuchlari hibsni haqiqatan ham ushbu kanal va ehtimol, yana ayrim boshqa shaxslar faoliyati bilan bog‘lamoqda.

“Kompromatuzb”  telegram kanalida nimalar bosiladi? Uning mazmunini tergov, fosh qiluvchi jurnalistika deya atash mumkinmi?

Nashrning mualliflari ko‘p yozishadi (kanalning deyarli 140 ming obunachisi bor), lekin ular juda sayoz, yuzaki va asosan mansabdor shaxslar, shahar hokimliklari rahbarlari, ayrim prokuraturadagilarni, banklarni, savdo korxonalarini, ya'ni korruptsiyaga aloqador bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxslarni tanqid qilishadi.

Bu materiallar mohiyati Kun.uz manbasi ta'rifiga mos keladi: bular qisqa matnli fotosuratlar yoki audioyozuvlar bo‘lib, ko‘pincha ularga davomi bo‘lishi, keyingi tekshiruv va'dasi ilova qilinadi. Biroq hech qanday jiddiy tekshiruvlar bo‘lmaydi, maqolalar kichik «luqmalar» shaklida chiqadi, xuddi jumla o‘rtasida kelayotganday bo‘lib, ko‘pincha davomi bo‘lishi haqidagi ibora bilan yakunlanadi (lekin mutlaqo bunday yakun bo‘lmasligi ham mumkin).

Bu to‘laqlonli jurnalistik maqolalarga o‘xshaydimi? Yo‘q albatta, lekin tovlamachilik uchun joylashtirilgan materiallarga o‘xshaydi. So‘nggi kunlarda chop qilingan maqolalardan misollar:
+++
“Depozitni o‘zgartirish. Infin bankiga («Invest Finance Bank» aktsiyadorlik tijorat banki – tahr.) qo‘yilgan omonat bank raisi o‘rinbosari buyrug‘i bilan vaucher sifatida rasmiylashtirilgan. Mijoz qo‘shgan 3 milliardning 1 milliard 300 million so‘mi qaerda? Infin Bank mijozlari kelishmoqda. Sizga ushbu bank egalarining daromadlari haqida ma'lumot beramiz. «Qo‘lingdan kelganini qil» deyish o‘zingizni tartibga keltiring. Hali ham imkoniyat bor»;


«Infin Bank ning omonatga xiyonati haqida yozganimizdan so‘ng bank shotirlari orqali bizni ig‘voda ayblashdi.
Unda mana bu suratda belgilab qo‘ygan summani ko‘zlaringni kattaroq ochib ko‘rib olinglar. Agar bu dalil xam yetarli bo‘lmasa yanada yangilarini kutinglar.  
Darvoqe, Infin bank kimga tegishli ekanligini ham aytaylikmi? Mabodo xojalaring bank zampredlari mijozlar pulini o‘marayotganini bilib qolishsa qanday bo‘larkin? Mavzu davom etadi».
+++
«Korzinka.uz’dagi mahsulotlar sifati buzilib narxi qimmatlab borayotgani hech kimga sir emas!
Afsuski Korzinka.uz har bir teshikka asalari kabi in qurib olgan. Ichte'molchida deyarli tanlov yo‘q!
Buning oxiri esa voydir! Nega deysizmi?! Mahsulot tugab qolayotganidan nafsi hakalak otib bo‘yashga o‘tib olishadi.
Mana pomidorni allaqachon bo‘yashga o‘tib olishibdi. Balki, Korzinka.uz savdo do‘koni marketing departamentining boshlig‘i Malik Karimov “Kerak emas” qo‘shig‘ini kaverini tarqatib yurgandan ko‘ra, kanalida balki uzr so‘rab tushuntirish berar! “Kerak emas bo‘yalgan pomidor” deb, a labbay!!!
Hali bu holvasi…! Aktivist ukamdan zo‘rlari bo‘ladi!»
+++
«Qishloq qurilish bank rahbariyati fuqarolarga subsidiya to‘lovlari asosida ipoteka krediti ajratmaslik choralarini ko‘rish bo‘yicha filiallarga topshiriq berayapti!
Ha-ha aynan kredit bermaslik topshirig‘i!
Bu bank menimcha dollar olib sotib foyda olib turgani yetadi deb o‘ylayapti, shekili! Prezident topshirig‘ini bajaringlar iltimos! Bank mijoz uchun emasmi, axir!
Maxfiylik grifi sovershenno bo‘lgan hujjatlaringizni e'lon qilganimizda prokuratura sizga albatta qiziqib qoladi janob Rais!»
«Infin bank ni kottalari o‘g‘ri zampredning kirdikorlarini o‘rganib bo‘ldinglarmi? Mijoz omonati qaytariladimi?
Rasmiy sahifangizda kamchilikarni tan olib chora ko‘rishni e'lon qilsangiz biz sizga bankingizni talon taroj qilayotgan raxbarchalaringiz xaqida kompramatlarni yetkazamiz.
Komplayns xizmatingizni tushiga ham kirmagan infolar bor. Aks holda mavzuimiz davom etaveradi. Chunki biz odamlarni aldanib aziyat chekishini hoxlamaymiz».
+++
Korzinka.uz xizmat ko‘rsatayapman niqobi ostida xalqqa nimalarni o‘tkazib kelayotgani, asli bu biznes Zafar Hoshimovga qaerdan kelib qolgani!
Kimlarni og‘zini moylab (shaxslar, jurnalistlar, blogerlar, reklama agentligi va hakozo) odamlar nazdida eng yaxshi bo‘lib turgani bo‘yicha batafsilroq yozishimiz uchun ilhom berishdi!
Biz endi bu biznes bo‘yicha komprlmatlarni to‘plab sekingina e'lon qilib boraveramiz.
+++
Ko‘rib turganingizdek, kompromatuzbda fosh qilish yoki surishtiruv emas, balki mansabdor shaxslar va turli tijorat tashkilotlari vakillari uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarga shaffof ishoralar mavjud.

Nahanglarga duch kelishdi

Qizig‘i shundaki, yuqorida tilga olingan tizilmalardan biri hukmron oilaga aloqador edi. Bu amaldagi prezident tayinlagan shaxslarga taalluqli bo‘lgan Korzinka.uz supermarketlar tarmog‘i, uning O‘zbekiston shaharlarining eng yaxshi hududlaridan yer uchastkalari olgani haqida Aziaterrar nashri bir necha bor yozgan edi; ular bu hududlarni o‘z puliga olgan deb o‘ylash soddalik bo‘lardi. Biroq, «Korzinka»ni tanqid qilish juda mayda, nojiddiy edi; tovlamachilar o‘zlari bilmagan holda Mirziyoev yoki uning yaqinlariga aloqador bo‘lgan boshqa muassasaga hujum qilgan bo‘lishlari mumkin; majoziy ma'noda aytganda, ular tishlari o‘tmaydigan nahangga duch kelishgan.

Biz kecha tug‘ilganimiz yo‘q va bilamizki, oddiy tadbirkor yoki mansabdor shaxs tovlamachilik haqida maxsus xizmatlarga emas, balki militsiyaga ariza bilan murojaat qilgan bo‘lardi, Ichki ishlar vazirligining shovvoz xodimlari esa bu ish bilan shug‘ullanishdan oldin yuz marta o‘ylab ko‘rishgan bo‘lishardi. Bu xolatda esa birdaniga ikkala idora – Davlat  xavfsizlik xizmati va prokuratura vakillari babbaravar tashlanayapti. Ularga bunday buyruqni faqat ikkalasini boshqaradigan odam berishi mumkin. Demak, ularning Human.uz ofisida paydo bo‘lishiga sabab, telegram-kanal orqali hujum qilingan ma'lum bir tijorat tuzilmasi egalarining topshirig‘i bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Shuni ta'kidlaymanki, jurnalistika niqobi ostida tovlamachilik Ozarbayjonda so‘nggi o‘n yilliklarda ayniqsa keng tarqaldi, hatto u yerda rasman ro‘yxatdan o‘tib,  jurnalistik guvohnomasini olib, darhol ovga chiqishga hozir bo‘lgan butun boshli «tahririyatlar» paydo bo‘ldi. Jurnalist «hujjati» bilan tovlamachilik qiluvchilar O‘zbekistonda ham, asosan, prezident Karimov tomosha qilgan televidenie xodimlari orasida ko‘plab uchragan. Ammo hali bu ish bilan shug‘ullanadigan tahririyatlar yo‘q edi.

Human.uz xodimlari, bir vaqtning o‘zidan “Kompromatuzb” kanalining ham administratorlari ekanligi haqidagi tahmin hozircha katta savol ostida. Biroq xohlaysizmi, yo‘qmi, lekin jurnalistlar hibsga olinganidan keyin kanal yangilanishni to‘xtatdi.

Maqola muallifi Aleksey Volosevich

Eltuz tarjimasi

Tag‘in o‘qing
23 mart 2020
Koronavirus chiqqani ortidan tualet qog‘ozi talamon bo‘ldi. Rassom Kirpidan pandemiya mavzuiga oid yangi karikatura. Eltuz.com
13 aprel 2021
Taniqli publitsist va davlat arbobi, Sharof Rashidov va Islom Karimov davrida hukumat lavozimlarida ishlagan Sharof Ubaydullaev “Ozodlik” radiosiga intervyusida ...
1 yanvar 2018
It yili sizga sadoqat, qo‘riqlangan qo‘rg‘on va juda ko‘p miqdorda zangori pullar keltirsin. Rassom Dumham Eltuz.com
4 aprel 2021
O‘zbekiston jazoni ijro etish tizimida “birinchi raqamli jallod” sifatida nom chiqargan Nozim Jumaev birinchi aprel kuni Buxoroda ko‘mildi. Bundan oldin u ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...