Asosiy mavzular
14 mart 2023

600’36: Bo‘kada topilgan xum, xudkush talaba va Rossiyadan kelgan temir tobut

Salom qadrli muxlislar bugun 13 inchi mart, studiyada Qudrat Bobojon, e'tiboringizga Eltuz «600 sekund»ning  navbatdagi sonini taqdim etadi.
+++
Bo‘kada bir xum to‘la oltin topilgani haqidagi xabar qisman noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi. Bo‘ka tumanidan topilgan tuxum shaklidagi  2 ta xumning ichi bo‘sh bo‘lgan.
Toshkent viloyatida ilk bor topilgan sirtiga ayol rel'efi tushirilgan toshbaqasimon ko‘za qadimgi yunon an'anasiga mos ravishda ishlangan.
+++
O‘zbekiston Seysmoprognostik monitoring markazi ma'lumotiga ko‘ra, 12 mart kuni Toshkent vaqti bilan 20:26 da yer silkindi. Epitsentri Tojikiston hududida bo‘lgan yer silkinishi kuchi Samarqand viloyatida 3 ball, Jizzax viloyatida  2-3 ball o‘laroq sezilibgan. Markaz yakshanba kuni O‘zbekistonga qo‘shni bo‘lgan Tojikistonda 2 ta, Afg‘onistonda esa 3 ta zilzila sodir bo‘lgani haqida xabar qilgan.
+++
Farg‘onada maktab o‘quvchisi  o‘zini 16 qavatli uyning tomidan tashlamoqchi bo‘ldi. 14 yoshli qiz D.K. (maktab o‘quvchisi) o‘gay otasi bilan o‘zaro janjallashib, Farg‘ona Tarona ko‘chasidagi 16 qavatli uyning tomidan u yerdan pastga o‘zini tashlab, o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan. IIB va FVV xodimlari tomdan qizni sog‘-omon tushirib olishdi.
+++
Ammo Samarqand viloyatining oqdaryo viloyatida o‘zini ko‘prikdan tashlagan 18 yashar student qizni qutqarishning iloji bo‘lmadi. Qiz go‘rda.
+++
Buxoro shahrida ketayotgan avtobus ichida o‘z jinsiy olatini bir qizga chiqarib ko‘rsatgan yigit rasmi tarmoqda tarqaldi. Bu qizlarga ko‘rsatgani asbobilan boshqa hech narsasi yo‘q O‘zbekiston qashshog‘ini milisa qidirmoqda.
+++
«Ayollarni paranjiga apkirish» bo‘yicha gapirgan gapi uchun dakki yegan farg‘onalik radioboshlovchi Xayrillo Yo‘ldoshev Rassom Tuzga  maktub yozib «Ranjigan ayollardan uzr so‘rashini» bildirdi. Yo‘ldoshev «ayollarning kiyimiga osilish» qonun va odobga to‘g‘ri kelmasligini tushunib yetganini aytdi.
Eslatib o‘tamiz o‘tgan 8 mart bayrami arafasida qo‘shiqchi Kanizaning lozimi va avrat muhokamasi tarmoqda avj nuqtasiga chiqqan edi.
+++
O‘zbekistondan vizasiz boriladigan mamlakatlar ro‘yxati e'lon qilindi. Masalan, ro‘yxatga ko‘ra Niuye degan mamlakatga borish uchun mutlaqo viza talab qilinmaydi.
+++
Toshkentning Olmazor tumanida esa 15 ta ko‘cha qayta nomlandi. “Talant” ko‘chasi “Iste'dodga”, “Jonon” ko‘chasi “Paxta”ga o‘zgardi.
+++
Istanbulda o‘lik holda topilgan shaxs O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib chiqdi
 Istanbulning Kadiko‘y tumanidagi dengiz qirg‘og‘idan topilgan jasad O‘zbekiston fuqarosi Rahmatillo Ibodovga tegishli ekani aniqlandi.  Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi konsulligi xabar berdi.
 Konsullikning ma'lum qilishicha, jasad yonidan samarqandlik Rahmatillo Ibodovning buyumlari topilgan.  
“Rahmatilloning yaqin qarindoshlari topilib,  DNK tahlili olingan.  Natijada jasad Ibodov Rahmatilloga tegishli ekani aniqlanib,  8 mart kuni qarindoshlari uning jasadi Istanbul-Samarqand reysi bilan O‘zbekistonga olib ketildi,  deyiladi rasmiy xabarda.
 Hozirda O‘zbekiston fuqarosining o‘limiga nima sabab bo‘lgani va tergov harakatlari olib borilayotgani haqida ma'lumot yo‘q.
+++
Rus fashist bosqinchilari safida Ukrainaga borib tinch aholi, xotinlar va yosh bolalarni o‘ldirishda ishtirok qilgan ellikqalalik 43 yashar Faxriddinning murdasi ota-enasiga jo‘natildi.
Birovning yurtiga bostirib borgan Faxriddin it o‘limida o‘lgan.
«Tanasi ilma teshik bo‘lib ketgan, ko‘zlari oqib tushgan» dedi Urganch aeroportida akasi jasadi solingan temir tobutni olgan uka. Faxriddin joriy yilning 30 yanvar kuni Rossiya tomonidan Ukrainada bo‘layotgan kurolli to‘qnashuvga yuborilgan va u yerda o‘lgan.
Ortida bir qizi qoldi. Xullas, Putinga yelpatak bo‘lib, «o‘risning nonini yedik» deb, itvachchalik qilayotgan mardikor, dangasa, o‘risqullarga eslatib qo‘ysam: Rossiyada (Suriyada ham)  urushga  yollanish qonunan ta'qiqlanadi va  O‘zbekiston Respublikasi  Jinoyat kodeksining 154-moddasiga ko‘ra, urushda qatnashgan shaxslar javobgarlikka tortiladi.
+++
Navalniy  filmi “Eng yaxshi hujjatli film” nominatsiyasida “Oskar”ni qo‘lga kiritdi. Film voqealari  Germaniyada boshlanadi, u yerda Aleksey Navalniy Rossiyaga qaytishdan oldin zaharlanishga urinishdan keyin davolangan. Rejissyor Daniel Roer syujetni avvaliga siyosiy drama, keyin esa triller sifatida quradi.
+++
AQShdagi davlat idoralarida Xitoyning ByteDance Limited shirkati ishlab chiqargan TikTok ilovasi va boshqa xizmatdan foydalanish taqiqlandi. Bunga o‘xshash taqiq dushanba kuni Kanada rasmiylari tomonidan ham kiritilgan. Qo‘shma Shtatlarda TikTok taqiqlanishi Xitoy rasmiylari e'tiroziga sabab bo‘ldi.
+++
Girkin Ukraina Pridnestrovyaning ozod etilishiga erishsa bu Rossiyaning basharasiga tushirilgan haqiqiy tarsaki bo‘ladi. Bu hatto qozog‘istonliklarni ham yangi hududlarni talab qilishiga asos bo‘ladi dedi. Uning fikricha bu hududlar Putindan ilgari ham bir necha referendumlar bilan Rossiya hududiga qo‘shilishga tayyor bo‘lgalardir. Eslatib o‘tamiz, Rossiya mudofaa vazirligi Ukraina Pridnestrovyani bosib olishni rejalayotgani haqida bildirgan, garchi Ukraina rasmiylari buni rad etgan edi.
+++
Belarus diktatori Aleksandr Lukashenko qurol-yarog‘ sotib olish umidida Eronga bordi. Oldinroq u Xitoyga safar qilib, Si Jinping bilan uchrashgan edi. Barcha mustabidlar kabi Lukashenkoning ham safar qilishi mumkin bo‘lgan joylar geografiyasi kundan-kunga toraymoqda.
+++
Ukrainada o‘lgan rus bosqinchilariga oid 10 minglab postlarni o‘rgangan «Novaya gazeta. Yevropa» nashri ularning harbiydagi hayoti naqadar qisqa kechganiga e'tibor qaratdi. Ular urushga safarbar qilinganidan o‘rtacha 60 kun o‘tar-o‘tmay yer tishlagan…
Yanvar oyida bosqinchilarning qarindoshlari yaqinlarini yo‘qotishgani haqida 850 ta postni «VKontakte» guruhlarida  chop qilishdi. Bu urushning birinchi oyiga nisbatan 6 baravar ko‘pdir. Har yettinchi post bahor yoki yozda yo‘qolganlarni qidirishga oid. Eng jiddiy yo‘qotishlar bosqinchilik yurishiga qadar safarbarlik boshlangan hududlar aholisiga to‘g‘ri keladi. Taqriban 350 askardan 90 tasining qarindoshlari «LDNR» turg‘unlari bo‘lib, ular harbiy xizmatchi maqomini tasdiqlashgan. Bu hududdan yollanganlar va ko‘ngillilar, Rossiyadan safarbar qilinganlardan ikki barobar ko‘pdir. Va ular urushning dastlabki pallasidayoq yo‘q qilingan.
Shu bilan birga, Bosh shtabdagilarning ta'kidicha, «yaxshi ruslar» soni 149 890 dan oshgan.
+++
Rossiyaning internet bazasida «Putinning keti» (jopaputina.rf) degan domen ro‘yxatga olindi. «Poligon media» nashrining xabar qilishicha, domen shu yilning 17 fevral kuni noma'lum shaxs tomonidan Reg.ru registratori orqali ro‘yxatga olingan. Domen nomi hozircha ishlatilayotgani yo‘q, bu nomdagi sayt ham hali ishga tushmagan.
+++
Putinning sodiq laparchilaridan biri Oleg Gazmanov Ukraina urushi boshlanganidan keyin Yevropa Ittifoqi rasmiylari uning Latviya va Italiyadagi kvartiralarini «muzlatib» qo‘yganidan nolidi. «Bu kvartiralarni endi na sota olaman, na ijaraga bera olaman», dedi qo‘shiqchi. Gazmanovning aytishicha, «noinsof» yevropaliklar haligacha uni bu kvartiralar uchun kommunal to‘lovlar to‘lashga majbur qilishayotgan ekan.

Ko‘rsatuvimizning so‘nggi sekundlarini ukrainalik shoir Leonid Kapitsaning Eltuz nashriga jo‘natgan navbatdagi she'rini rassom Tuz tarjimasidagi shu satrlarini o‘qish bilan yakun yasaymiz.


Shu o‘rinda mashxur Katyusha qo‘shig‘ini eslatuvchi she'r.
Propaganda atirgullari gulladi yana,
Askarlarning tobutlari kelmoqda suzib,
Qari zek balanda ta'mini
Sog‘inib ko‘zlarin yumar entikib
Kechirarkan umrining so‘nggi damini…
So‘ng esa murdaga to‘la pansion
o‘lim motellari sari turviza,
U yerda kuylamoqda – olqishlangan Kobzon!

Bu so‘nggi 600 sekund ichida sizga yetkazmoqchi bo‘lgan xabarlarimiz edi.  Kun davomida biz bilan qoling, Kanallarimizga obuna bo‘lishni unutmang.

Tag‘in o‘qing
28 noyabr 2018
Taniqli o‘zbek xonandasi Sevara Nazarxonni mahalliy TVda va boshqa joylarda namoyish etilayotgan reklama roliklarida ko‘p uchratish mumkin. Uning hamma ...
25 oktyabr 2023
Qarshi shahrida Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan o‘tayotgan yig‘ilishda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar ...
9 oktyabr 2023
Jurnalist Ibrat Safo yozadi: O‘zbekistonda 8 oy ichida 25 ming nafarga yaqin bola ota yoki onasiz yashashga majbur bo‘libdi. ...
9 aprel 2018
9 aprel kuni feysbuk ijtimoiy tarmog‘ida paydo bo‘lgan, O‘zbekiston davlat bayrog‘i fonida to‘pponchani mushukka tirab turgan erkak fotosi mushuksevarlar ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...