Asosiy mavzular
14 may 2023

Rasman: G‘ijduvonda xotin kishini zo‘rlagan 3 kishi ushlangan

Buxoro viloyat IIB tarqatgan bildirgida jinoyat tafsiloti ham keltiriladi. Biroq tergovga xalaqit bermasligi uchun jurnalistlardan bu ma'lumotlarni oshkor etmaslik so‘raladi. 

Eslatib o‘tamiz, Eltuz nashri 12 may kuni, G‘ijduvonda ayolni sahroning ovloq joyiga olib borib avvaliga do‘pposlagan va so‘ngra nomusiga tajovuz qilgan to‘rt nafar yirtqichning videosini e'lon qilgan edi. Voqea 30 martda sodir bo‘lgan. Ichki ishlar idorasi video Eltuzda e'lon qilinganidan bir kun o‘tib 13 may kuni bu haqda xabar bermoqda.

Ushbu holat Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan o‘rganilganda aniqlanishicha, 2023 yilning 30 mart kuni soat taxminan 13:00 larda G‘ijduvon tumani «Sarmijon» mahallasida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan D.B. tanishi shu mahallada yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan S.G. ismli ayolni tumanning «Qoraxoni» mahallasi «Jilvon» cho‘l hududiga olib borib, uning erkiga zid ravishda jinsiy aloqada bo‘lib, o‘zi bilan birga borgan sherigi tomonidan holatni video tasvirga olib, ushbu video tasvir orqali uni o‘ziga qaram qilib, yonida bo‘lgan boshqa 3 nafar tanishlari bilan ham jinsiy aloqada bo‘lishga majbur qilgan. 

Ma'lumotda aytilishicha  holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 121-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ish yuzasidan gumon qilinuvchi 3 nafar shaxslar O‘zbekiston Respublikasi JPK. ning 221-moddasi tartibida ushlanib, dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Ma'lumot oxirida Buxoro IIB jurnalistlardan bu kabi ma'lumotlarni oshkor qilmasikni so‘ragan. (tergovga halaqit berarkan)

Ammo Buxoro IIBsi bu bilgini  13 may kuni chiqardi. Rasmiy ma'lumotda «dastlabki surishtiruv» haqida gap ketmoqda. Voqea esa 30 mart kuni sodir bo‘lgan. 12 mayda esa bu haqda Eltuz ma'lumot berdi. Agar OAV ma'lumot bermasa jinoyat ishi ochilarmidi? Agar bu jinoyatni oshkor qilgan  jurnalist“shaxsning sha'nini va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi ma'lumotlarni oshkor» qildi deya Jinoyat Kodeksining 141/3-moddasi bilan jinoyatchi deya javobgarlikka tortiladigan bo‘lsa yopiq doira yoki chiqib bo‘lmas tupik yuzaga kelmaydimi? 42 kun oldin sodir bo‘lgan voqea haqida  OAVda chiqqanidan keyin  dastlabki surishtiruvni boshlab bu haqda ma'lum qilganlarga po‘pisa qilishdan oldin logika haqida ham o‘ylashsa bo‘lardi mirshablar.

Yana bir savol: Buxoro IIB tarqatgan ma'lumotda 3 kishi qamag‘da deyiladi. Ayni ma'lumotda bu qizni  «Sarmijon»lik tanishi «Jilvon» cho‘l hududiga olib borib, «uning erkiga zid ravishda jinsiy aloqada bo‘lib, o‘zi bilan birga borgan sherigi tomonidan holatni video tasvirga olib, ushbu video tasvir orqali uni o‘ziga qaram qilib, yonida bo‘lgan boshqa 3 nafar tanishlari bilan ham jinsiy aloqada bo‘lishga majburlagani» aytilgan. Demak gruppovoy zo‘rlaganlar soni 4 kishi. Unda nega 3 kishi qamalgan?

Eltuz talabi: Bu jinoyat ishini Bosh prokuratura nazoratga olishi kerak. Eltuz voqea tafsilotlarini o‘rganishda davom etadi. Videoga layk bosishni, agar shu paytgacha kanalimizga obuna bo‘lmasdan tekin ko‘rayotgan bo‘lsangiz shu ekranning o‘ng tomoni, pastdagi burchakda aks etgan qo‘ng‘iroqcha va podpisatsya tugmachasini bosib obuna bo‘lishni unutmang.    

Tag‘in o‘qing
31 mart 2016
Uning ilk bekati, O‘zbekiston poytaxti Toshkentda mamlakat prezidenti Islom Karimov bilan uchrashdi. Shtaynmayerning Toshkentga tashrifi bir qancha nemis OAV ...
19 yanvar 2017
Yangi saylangan prezidentning g‘ayrat-shijoati, ya'ni ketma-ket yig‘ilishlar o‘tkazayotgani, farmonlar qabul qilayotgani gazetalarni, shular qatorida partiya nashrlarini ham ancha shoshirib ...
20 noyabr 2021
Joriy yilning 19 noyabr kuni o‘zbekistonlik rassom, 33 yoshli graffiti ustasi Abdurahmonning benzin narxlari oshganiga oid  yangi asari paydo ...
13 avgust 2020
To‘g‘onning o‘pirilishi O‘zbekistondagi korruptsiya bilan bog‘liq xavotirlarni kuchaytiradi Buning sabablarini o‘rganish uzoq vaqtni talab qiladi May oyida O‘zbekistonda to‘g‘on ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...