Asosiy mavzular
6 yanvar 2024

Bolaurar tarbiyachi, norozi terimchi va TV xodimasi kaltaklagan qiz – EP115

Eltuz portaliga kelgan navbatdagi beshta maktubni o‘qiymiz ular O‘zbekistonning Qashqadaryo, Namangan va Jizzax viloyatlaridan. Dastlabki maktubni bizga Koson tumanidan, uyushmagan aholi  otryadi raxbari yo‘llagan. U 200 dan ortiq otryadlarga paxta pullari berilmayotganidan norozilik bildirmoqda.

«Paxta 2023 da Koson tuman hokimi yig‘ilish qilib paxta uchun bizga uyushmagan aholini paxtaga chiqarish bo‘yicha topshiriq berdi. 100 tonna paxta uchun otryad rahbarlariga bir million mukofot beriladi dedi. Otryad rahbari shartnomasida oyligi 2 million qilib belgilandi. Mana paxta mavsumi tugadi ham, hanuz na oylik, na mukofot bor. Baxt klasteriga tez-tez boramiz, ammo natija yo‘q. Mahalla hokim yordamchilari mahallada soliq to‘lovi uchun safarbar qilingan. Soliqni vaqtida to‘lamasa penya tug‘adi, yani qo‘shiladi, foiz shunday ekan. Nega otryad rahbari oylik maoshi penya tug‘maydi. Aksincha klasterga borib kelib charchaysan harajatlardan yo‘lga. Yaqinda Koson tumani qishloq xo‘jaligi kunini katta bayram qilib nishonladi. Biz otryad rahbarlari oylik maoshimizni ololmay qiynaldik». deya hasrat qiladi paxta pulini undira olmagan, oylik maoshi penya tug‘mayotgan, shu yerini tushunmadim ochig‘i, Kosondagi uyushmagan aholi otryadi raxbari. Qutlug‘ qon romanida boy ota va'da qilingan haqqini so‘rab kelgan Yo‘lchini mayna qiladi. Uning uyushmagan aholi otryadi vakili kabi go‘l va lapashangligini eslatadi. 

Keyingi shikoyat ancha jiddiy. Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumani turg‘uni. Hamshiralar bemorlar olib kelgan dori darmonlarni o‘zlashtirayotganini iddao qilmoqda. Navbatdagi videoga e'tibor bering. (video)

Navbatdagi maktub muallifi Sevimli TV xodimlari bo‘lgan qizlar kvartiradoshlarini o‘rtaga olib do‘pposlaganini iddao qilmoqda. Unga ham video ilova qilingan. (video) 

«8 dekabr — Konstitutsiya qabul qilingan kuni Sevimli TV xodimlari – Gulxayo Alieva va Nazira Nazirjonovna bayramni nishonlash bahonasida uyiga begona yigitlarni boshlab kelishadi. Bayram avjida xonadoshi kelib qoladi va “xavfsizlik nuqtai nazaridan uyga yigit yetaklab kelavermanglar” degani uchun uni o‘rtaga olib do‘pposlab tashlashdi va qishning sovuq kunida kvartiradan haydab solishgan. 

Qizig‘i, jurnalist qizlardan biri xijobli va muntazam ravishda uyga begona erkaklarni chaqirib, shakarguftorlik qiladi. Qizlarni so‘rab keladigan erkaklarning shirakayf, ba'zan dag‘dag‘ali tashriflaridan butun dom ahli norozi va bir necha bor kvartira egasini ogohlantirishga qaramay, kvartira egasi biror chora ko‘rmagan. Hatto bu vaziyatni oddiy holdek qabul qilib, kaltaklangan qizdan chiqib ketishini so‘ragan.  

102 orqali yetib kelgan IIB xodimlari holatni oddiy qizlar janjalidek qabul qilib, yuz-qo‘li qonab yotgan qizni ekspertiza qilish o‘rniga, yarashib olishni tavsiya qilgan. Prezident portaliga ushbu holat bo‘yicha yozilgan ariza ham hanuz javobsiz qolmoqda. 

Hurmatli, Eltuz og‘a!

Zo‘ravon qizdan zarar yetgan va ayni paytda jismoniy va ruhiy ahvoli yomonligicha qolayotgan qizga adolat qaror topishida yordam bering. Xalq Sevimli telekanalida madaniyatli jurnalistlar bilan birga axloqsiz, zo‘ravon, mushtumzo‘r xodimlar borligini ham bilishi kerak. 

Yolg‘iz umidimiz sizdan, yordamingizdan umidvorman», deya yozadi begona yigitlarni deb kaltaklangan jabrdiyda qizning himoyachisi.

Navbatdagi maktub Qashqadaryodan. Kosonlik Eltuz obunachisi maktabni isitish tizimi kech boshlanganini iddao qilmoqda.

 “4 dekabr kuni Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi 55-maktab isitish tizimini ta'mirlash boshlandi. O‘quvchilarni sinfxonadan tashqariga chiqarib qo‘yishdi. Bugungi kunda gripp bilan kasallanish ko‘paygan paytda bolalarga sovuq o‘tmasa bo‘ldi. Maktab direktori va ta'lim mas'ullari isitish tizimi ta'mirini avvalroq qilsa bo‘lmasmidi?”

Va nihoyat so‘nggi maktub Jizzax viloyatining Zarbdor tumanidan. Tarbiyalanuvchilarning ota onalar Bog‘cha xodimasi o‘z kalishi bilan bolalarning boshiga va oyog‘iga urganini iddao qilishmoqda.

Zarbdor tumani 3 son bolalar boğchasi metodisti Xolmurodova Zamira 2023 yil 1 avgust kuni boğcha tarbiyalanuvchilarini tushlik vaqtida Norbekov Fayozbek va Shuxratov Diyorbeklarni o‘z oyoq buyumlari bilan xammaning oldida boshiga va oyog‘iga urgan. 

«Tarbiyalanuvchilar uyga borib biz ota onalarga aytib berdi. Shundan keyin biz Zarbdor ichki ishlar va prakuraturaga murojat qilgach, tekshirish o‘tkazishdi. Ayol sudga berilgan. Sud 3 oklad jarima qo‘llagan. Tashkilot raxbari tomonidan tasdiqlangandan so‘ng ish beruvchi bilan mexnat shartnoma bekor qilingan. Hozirda Xolmurodova Zamira ishga tiklanish maqsadida, noxaq bo‘shatildim, deb ish beruvchini sudga bergan. Sud Xolmurodova Zamirani ishiga, lavozimiga qayta tiklamoqchi. 5 yosh voyaga yetmagan bolalarni urib mayib qilgan xodim qayta ishlash mumkinmi? U ruhiy nosog‘lom va bolamizga uni tarbiya berish tugil yaqinlashishini istamaymiz«, deya yozmoqda tarbiyalanuvchilarning ota onalari.

Va bu e'tiboringizga bugun havola qilgan beshta maktubning so‘nggisi edi

Ko‘rsatuvimizga kelayotgan izoxlarda ko‘pincha biz bilan qanday bog‘lanish. Qanday qilib bizga murojaat qilish mumkinligi to‘g‘risida so‘rashadi. Bilmaganlar uchun yana bir bor eslatamiz. eltuz portali interaktiv tarzda telegram kanalida alohida sahifa shaklida ochilgan. Murojaatlar uchun u yerga maxsus bot ham o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, videomurojaatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham e'tiboringizga taqdim etishga intiladi. Kun davomida biz bilan qoling. Kanallarimizga obuna bo‘ling.  

Tag‘in o‘qing
18 dekabr 2024
Rasmdagi bu to‘ng‘izday semirib betidan buzilgan tip yollangan obonchi mikrob Shuxrat Esonov degan taviya bo‘ladi. Farg‘onada sudralib yuradi. Faollarga ...
3 may 2021
(Shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobining 23-qismi. Matnning audioversiyasini muallifning o‘zi o‘qigan. Audiokitobning boshi va oldingi qismlari “Eltuz»ning ...
9 aprel 2018
Bu yil bahorga chiqib Toshkentda piyoz xor bo‘ldi. Ayrim mahallalarga, ko‘p qavatli uylar orasidagi ariqlarda qop-qop to‘kib tashlangan piyozni ...
2 oktyabr 2018
Majburiy ijro byurosi tomonidan xalqdan undirilgan trillionlab so‘m mablag‘ning bir qismi aholining zimmasiga yuklangan asossiz qarzdorlik bo‘lishi ehtimoli juda ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...