Asosiy mavzular
31 mart 2024

Boysunda yo‘l, To‘rtko‘l va Bandixonda suv muammosi – EP133

Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta maktubni o‘qib eshittiramiz, ular O‘zbekistonning Sirdaryo, Xorazm, Surxondaryo va Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l viloyatlaridan kelgan.

Xatlar oqimi ayni soatlarda ham davom etmoqda, tizimni unumli ta'minlash uchun kanalimizga obuna bo‘lish, layk bosish va rahmat tugmachasini bosib Eltuzni qo‘llab quvvatlashni unutmang va biz xatlarni o‘qishda davom etamiz.

Dastlabki murojaat Sirdaryodan. Oqoltin tuman maktabining texnik xodimlari dam olish kunlari ham raxbarlar majburiy mehnatga jalb qilayotganini iddao qilmoqda.

“Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanidan murojaat qilyapmiz. Maktabda texnik xodim bo‘lib ishlaymiz. Dam olish kunlari ham bizni hasharga chaqirib ishlatishyapti. Maktab bo‘lsa mayli edi. Boshqa joylarga olib borishyapti. Bu majburiy mehnat emasmi?” deya yozadi Sirdaryoning Oq oltin tumanidagi maktab xodimi.

Keyingi murojaat Xorazmdan. Xazorasp tuman obodonlashtirish idorasi qaerga qaramoqda?

 “Xorazm viloyati Hazorasp shaharchasidan murojaat qilyapmiz. Shaharchamiz markazi – E. Gayazov ko‘chasi chang va loy, supurilmagan holatda. Ariq va lotoklar ham anchadan beri tozalanmagan. Hazoraspda obodonlashtirish degan idora bormi? Qurilish bo‘yicha hokim o‘rinbosari vaziyatdan xabardormi? Hurmatli hokim buva vaziyatni nazoratga olsa yaxshi bo‘lardi” deya yozadi xazorasp turg‘uni.

Keyingi shikoyat Surxondaryodan. Bandixon tumani fuqarolari sug‘orish kanali qazib berishni so‘ramoqda.

“Surxondaryo viloyati Bandixon tumani Limonzor mahallasidan murojaat qilyapmiz. Davlatimiz mas'ul idoralaridan mahallaning 3500 fuqarosi yerini sug‘orishi uchun kanal qurib berishini so‘raymiz” deya yozmoqda bandixon turg‘unlari.

Shu o‘rinda aytish joiz, ayni paytda Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyati aholisi suvsizlikdan ko‘proq jabrlanmoqda. Navbatdagi shikoyat To‘rtko‘ldan.

«Assalomu alaykum eltuz og‘a!

Men Qoraqalpog‘iston Respublikasi, To‘rtko‘l tumanidan murojaat qilyapman. Mana bir oydirki katta kanalda suv to‘lib oqmayapti ozgina suv keladi, katta nasosga ilmayapti.

Suv tortmayapti To‘rtko‘l hokimiyatiga chiqdik, natija bo‘lmadi. Bu kanal aholi zich joydan o‘tadi, suv yo‘q. Shunga amaliy yordam bersangiz vazirlarga yetib borsin bu murojaatimiz» deya yozmoqda to‘rtko‘llik Eltuz obunachisi.

Va nihoyat so‘nggi beshinchi murojaat Surxondaryodan. “Boysun–Denov avtomobil yo‘li qurilishi nega to‘xtab qoldi?”

“Surxondaryo viloyatidan murojaat qilyapmiz. Boysun–Denov avtomobil yo‘li qurilishi to‘xtab qolgan. 106 km yo‘l dabdala holatda. Ozarboyjonning “Langkaran” degan tashkiloti xodimlarning 8 oylik ish haqini bermay sarson qilib yuribdi. yo‘l esa achinarli holatda, yomg‘ir yog‘sa mashinada yurib bo‘lmaydi. Yo‘l ta'mirini yakunlab berishlarini kutyapmiz”.

Va bu bugunga qadar e'lon qilganimiz so‘nggi murojaat edi. Yana bir bor eslatamiz, eltuz portali telegram kanalida alohida sahifa shaklida ochilgan. U erga xatlarni qabul qilish uchun maxsus bot o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, videomurojaatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham e'tiboringizga taqdim etishga intiladi. Kanallarimizga obuna bo‘ling. Agar ko‘rsatuvimizni qo‘llab quvvatlamoqchi bo‘lsangiz super raxmat tugmachasini bosing. Sog‘ bo‘ling.

Tag‘in o‘qing
17 mart 2016
Xususan, “O‘zbekiston ovozi” gazetasi azaldan qishloq va mahallalarda shakllangan hashar endilikda mamlakat miqyosiga chiqqani, bo‘lib o‘tgan hasharda 18 milliondan ...
18 aprel 2022
Ukrainada bedarak ketgan 11 nafar surxondaryoliklarning so‘ngi videosi Bucha tumaniga qarashli Kolonshchina qishlog‘i bozor qorovuli tomonidan 1 mart kuni ...
16 dekabr 2016
17 yildan buyon qamoqda qolayotgan taniqli jurnalist, 62 yoshli siyosiy mahkum Muhammad Bekjon jazo izolyatoriga tashlangan va uning muddati ...
17 aprel 2023
1970 yilning boshida «Bitlz»ni tark etganidan so‘ng Pol Makkartni (McCartney) o‘zining ilk yakkaxon albomini chiqardi. Bu vaqtga kelib «Bitlz» ...
Bloglar
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...