Asosiy mavzular
17 iyul 2024

Ilon yetaklagan Sardor Rahimxon

«Vaqf» xayriya jamoat fondining xayriya ishlari bo‘yicha direktori Sardor Rahimxon (hujjatda Sanjar Rahimov) ehson ilinjida spektakl uyushtirgani xabar qilinmoqda.

Videolavhada ehson atalgan muhtoj xonadonga kirib borgan Sardor Rahimxonni kamida 6-7 metr uzunlikdagi bo‘g‘ma ilon kutib oladi.

Mutaxassislarning xulosa qilishicha, bunday bo‘g‘ma ilonlar tabiatan inson yashaydigan hududga mutlaqo yaqinlashmaydi, tabiiy ravishda bunday ilonlar O‘zbekistonda tarqalmagan  – asosan Pokiston, Indoneziya va Shri Lanka to‘qaylarida, changalzor o‘rmonlarda yashaydi.

Ushbu piton bo‘g‘ma iloni O‘zbekistonda uchraydigan, qizil kitobga kiritilgan yirik ilonlar sirasiga ham kirmaydi.

Boshqa tomondan qarasak, muxtoj oila bag‘rida berkingan bu ilon aynan Sardor Rahimxon tashrifi davomida, aynan u kirishi kerak bo‘lgan xona o‘rtasida yastanib yotishi ham haqiqatdan yiroq.

Sardor Rahimxon «bu uy juda eski ekan, bunday uylar tomida ilon bo‘ladi» deyishi bilanoq, biz faqat zoopark yoki tsirkda uchratadigan yirik ekzotik ilonga duch kelishi ham g‘ayrioddiy tasodif.

Vaqf xayriya jamoat fondidan bu haqda jo‘yali, rost izoh olishimiz imkonsiz.  Zero fond ehson kirimi qancha ekani va qancha mablag‘ qaerga sarflanganini hech qachon ochiq dalolat qilmagan, kirim-chiqim monitoringi taqdim etmagan.

Ehson kartalari kimga tegishli bo‘lishidan qat'iy nazar tushum, sarf-harajat aniq ko‘rsatilishi shart.

Ushbu moliyaviy-iqtisodiy bank ma'lumotlari ko‘rsatilmas ekan, Sardor Rahimxon kabi «faollar» mana bunday “spektakl shoular” bilan ishonuvchan odamlarning e'tiborini tortib, ehson yig‘ib, ehsondan “otkat” berib yuribdi deyishga haqlimiz.

Eltuz O‘zbekistondagi hayriya ishlari va hayriya atrofidagi ilonlarga oid voqealarni yoritishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘ling. Videolarimizga layk bosing. Agar ayrim yopiq videolarni ko‘rishni yoki shunchaki kanalimizni qo‘llab quvvatlashni istasangiz, super rahmat knopkasini bosing. Sog‘ bo‘ling.

Tag‘in o‘qing
7 yanvar 2022
Azizlar mana yana siz bilan yuzma yuzman. Hazrati Zahiriddin Bobur lutf qilishicha qozoq bu turkning botirlik hislati ekan. Shu ...
4 aprel 2018
Bog‘chadagi bolalarni urgani videosi tarqalgan, Jizzax shahrining «Navro‘z» nomli 39-bog‘cha tarbiyachisi 37 yashar Mohira Mamatqulova ishdan bo‘shatildi. Uch nafar ...
13 aprel 2016
Hukumat o‘z hisobotlarida O‘zbekistonda inflyatsiya yo‘qligini isbotlashga harchand urinmasin, real voqelik buning aksini ko‘rsatmoqda. Eltuz.com tahliliga ko‘ra, o‘tgan hafta ...
Bloglar
10 oktyabr 2024
Yuksalish maktabining gender ayirmachilikka asoslangan boshqaruvi haqidagi maqolaga o‘quvchilar ikki xil munosabat bildirdi. Bir suruv ...
22 sentyabr 2024
Vokal va vizual undan oldingi jiguli qo‘shig‘ining siyqa takrori xolos. Qo‘shiq melodiyasi kavkaz diskotekalridagi «Shiki ...
9 sentyabr 2024
Yaqinda miyani o‘rganish bo‘yicha yirik mutaxassis Tatyana Chernigovskaya ma'ruzasida ayollar bir paytning o‘zida hamma narsaga ...