Asosiy mavzular
29 oktyabr 2024

Komil Allamjonovga suiqasd urinishi haqida

Ichida Komil Allamjonov bo‘lgan yo‘ltanlamasga o‘q uzishda gumonlanganlardan biri ushlandi, deb xabar berdi O‘zbekiston Bosh prokuraturasi 27 oktyabr kuni ertalab.

O‘zbekiston prezidentining sobiq matbuot kotibi va prezident administratsiyasi rahbarining sobiq o‘rinbosari 26 oktyabrga o‘tar kechasi qurolli hujumga uchragan edi.

U borayotgan Range Rover mashinasiga Makarov to‘pponchasidan bir necha o‘q uzilgan.

Bosh prokuratura xabarida ta'kidlanishicha, bu qasddan qotillikka suiqasd qilish bo‘lgan.

Holat yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan Jinoyat kodeksining 25, 97 (Qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) hamda 248-(O‘qotar qurolning, o‘q-dorilarning, o‘qotar qurol asosiy qismlarining, portlovchi moddalarning, portlatish vositalarining yoki portlatish qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bosh prokuratura hodisa yuzasidan tezkor-tergov guruhi tuzilgani va hujumchilarni qo‘lga olish, ular shaxsini aniqlash tadbiri boshlanganini bildirdi.

Ammo ijtimoiy tarmoqni portlatgan xabar na shu kungi saylovlar bo‘ldi va na Prokuraturaning mazkur xabari.

Bosh prokuratura tarqatgan xabardan bir necha soat o‘tib, tarmoqlarda dastlab audio yozuv tarqaldi. Unda gapirgan shaxs Allamjonovga suiqasd aslida “piar” bo‘lganini iddao qildi.

“Komil Allamjonovga qilingan suiqasd aslida suiqasd emas. Bu insonning foydasi uchun, manfaati uchun qilingan ish.”

U “bu ishni pul uchun” qilganini bildirib, “o‘rtada turgan odamlar va'da qilishgan” deya iddao qildi.

Ko‘p o‘tmay ikki yigit chiqib, qotillikka urinishni ular sodir etganliklari va taslim bo‘lish uchun IIBga borayotganliklarini aytishdi.

Shu bilan birga Bosh prokuraturaning o‘ta cheklangan dozada ma'lumot berayotgani  ijtimoiy tarmoqlarda mazkur qotillikka urinish hodisasi bo‘yicha turli mish-mish va versiyalarning tarqalishiga sabab bo‘lmoqda.

Ularning birortasiga yon bosmagan holda ayrimlarini e'tiboringizga havola etamiz: 

Jurnalist Anora Sodiq: “

… Allamjonovga qilingan suiqasd haqiqatan yuz bergan bo‘lsa, (shaxsan men bu suiqasdga ishonaman) buni unga teng bo‘lgan kuchlar amalga oshirgani shubhasiz. Balki, bu birinchisi ham emasdir. Gadoning dushmani — gado bo‘ladi, deyishadi. Ancha oldin Allamjonov o‘ta ehtiyotkor va ko‘pgina qo‘riqchilar bilan harakatlanayotganini eshitgandim. Balki, uni rasman chetlatishganining ham sababi shundadir. Nima bo‘lganda ham hukumatdan rasman chetlatish, suiqasd uyushtirish ortidan o‘zaro olishayotgan kuchlar borligi va ular qay darajada ekanligi oydinlashmoqda. Allamjonov ikkinchi kuch tarafga yetarli darajada bosim qilayotgan ko‘rinadi…

Jurnalist Muhabbat Nazar: “

…Odamlar soxta suiqasd majorolarini endiyam yemaydi. Qolaversa, bizlar anoyi xalq emasmiz. Bizda doim tinchlik xukmron bo‘lgan. Xattoki, huquqbuzarlarimiz ham, odobligina bo‘lib, o‘zlari aybiga iqror bo‘ladigan darajada xalimdirlar.”

Jurnalist Sherali Otaboev: “

…Agar Allamjonovni rostdan ham yo‘q qilmoqchi bo‘lganda ikkita qurol topgan o‘sha axmoq «dushman» bittagina professional yollanma qotil topolmasmidi? Allamjonovni o‘ldirishga haqiqatdan ham urinish bo‘lganda, ko‘cha-kuyda, xalq oldida salyut otib shovqin suron ko‘tarmasdan jimgina panada yo‘q qilib yuborishning imkoni yo‘qmidi? Negadir, shu voqeaning mantiqiy jarayoni shaxsan menda shubha uyg‘otmoqda.

Allamjonov «taxt»dan ketganiga hali bir oy bo‘lmasdan unga suiqasd uyushtirish kimga kerak bo‘lgandi? Bu suiqasd rejasi faqat va faqat Allamjonovning o‘ziga kerak edi, xolos…”

Qobul Do‘sov, sobiq deputat:  

“…Ko‘rgan odam spektaklni epizodlari apandicha stsenariylashtirilganiga yiqilib tushay deydi. Huddi Bollivud kinosi.

Allamjonov, baribir pixini yorgan sodda, mug‘ombir odamsaneee biram. Parpievdek ustozlaringni qarg‘ishi urayapti sani. Endi shunaqa qilsam ayollar ishonib, rahmi keladi, biron joyga o‘tib olman deb o‘yladingmi?

Hay maylida, bosivur gazini, byaxtagilar go‘yo jinni, nima desang ishanaveramiz.”

Abdurahmon Tashanov, huquq faoli:

“…Biz osmonimiz musaffoligiga o‘rgangan, ko‘nikkan xalqmiz. Asli yagona boyligimiz ham shu. Har holda, so‘nggi marta 1992 yilda xalq shoiri Erkin Vohidovning mashinasiga namoyishkorona o‘q uzilgandi. 32 yildan keyingi bu hodisa aqli bor odamni tashvishga solishi kerak.

Ertalabdan Telegraf degan isqirt nashrning g‘imirlab qolganidan bu yerda nimadir borligidan xavfsirgandim. Mening ko‘nglimdan o‘tayotgan tuyg‘ular boshqalardan ham o‘tayotgandir. Shu boisdan Bosh prokuratura tafsilotliroq ma'lumotlarni tezroq ochiqlagani yaxshiroq.”

Tarmoqlarda bahslar qizirkan Komil Allamjonovning o‘zi saylov uchastkasida ko‘rinish berdi. U Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatligiga saylovda ovoz berdi va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida «O‘z tanlovimni qildim!», deya yozib qoldirdi.

Eltuz Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd urinishi bilan bog‘liq voqealarni o‘rganishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘ling. Videolarimizga layk qoldiring. 

Tag‘in o‘qing
16 mart 2017
Bugun, 2017-yil 16-martda O‘zbekistonda «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi qonun kuchga kirdi. Mazkur Qonun muvaqqat prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan 2016 ...
11 dekabr 2017
9 dekabrdan Toshkent shahridagi umumiy ovqatlanish shoxobchalarini tabiiy gaz tarmog‘idan butunlay uzish boshlandi. Gaz idorasi nazoratchilari kafema-kafe yurib, ularning ...
8 avgust 2022
O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda tanilgan 44 yashar pop qo‘shiqchi va siyosiy faol Jahongir Otajonovning Turkiyadagi shaxsiy mashinasi o‘g‘irlab ketildi. ...
28 oktyabr 2016
«Hurriyat» gazetasidagi (22.10) «Jurnalist so‘zi – jamoatchilik e'tiborida» sarlavhali maqola mamlakat ommaviy axborot vositalarida e'lon qilingan tahliliy va tanqidiy ...
Bloglar
12 yanvar 2025
Turli mavzularga o‘z qarashi bilan farqlanadigan bloger Kirpi Prezidentning 380-sonli qarori asosida 1000ta kitobning o‘zbek ...
7 yanvar 2025
Ijtimoiy tarmoqlarda “1000kitob” loyihasi bo‘yicha turli gap-so‘zlar aylanib yuribdi. Mansab talashuvi, ziyolilarning guruh-guruh bo‘lib, bir-biri ...
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...