Kundalik
8 sentyabr 2015

O‘zbekistonda majburiy mehnat tugatiladimi?

O‘zbekiston hukumati, XMT, Umumjaxon banki, Xalqaro Kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, Xalqaro ish beruvchilar tashkiloti, BMT, Yunisef, Yevropa Ittifoqi shuningdek, AQSh, Germaniya, Shveytsariya, Frantsiya, Koreya va Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonalari vakillaridan iborat 70 nafar shaxs ishtirokida ta'lim va tibbiyot muassasalari xodimlarini paxta terimiga jalb etmaslik haqida VA'DA berdi. Keling birgalikda kuzatamiz, o‘zbek amaldorlarining bu va'dalari qancha turishini.

O‘qituvchi va xamshiralar, bu va'dalar birinchi galda sizlarga taalluqli!

Xususan XMT rasmiy saytining bildirishicha, 5 – 6 avgust kunlari Toshkentda O‘zbekiston va Xalqaro Mehnat tashkiloti (XMT)hamkorligiga bag‘ishlangan tadbirda O‘zbekiston rasmiylari, vazirliklar, kasaba uyushmalari, savdo sanoat palatasi vakillari bilan birga HMT, Jahon banki, Xalqaro kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, Xalqaro ish beruvchilar tashkiloti, BMT, YuNISYeF, va YeI vakillari, shuningdek, AQSh Germaniya, Shveytsariya, Frantsiya, Koreya va Rossiyaning O‘zbekistondagi vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda O‘zbekiston hukumati 2014 yilning aprelida imzolagan mehnat sharoitini yaxshilashga bag‘ishlangan dasturning amalga oshirilayotganiga oid ma'ruzalar tinglandi.

Tadbir ishtirokchilari Jahon banki tomonidan molyalashtirilgan loyiha paxta terimida bolalar va majburiy mehnatdan foydalanish vaziyatiga oid o‘tgkazilayotgan monitoringni muhokama etishdi.

Hukumat rasmiylari mehnatga ko‘ngilli yollash paxtaga ta'lim va tibbiyot xodimlarini safarbar etish tajribasini to‘xtatish yuzasidan olib borilayotgan choralar haqida gapirishdi.

18 yoshga yetmaganlarni paxta terimiga jalb etilmasligi haqida bildirildi. Bu yilgi paxta terimi monitoringgi natijalari yuzasidan davra stoli noyabr oyiga belgilangan.

Manba: http://www.ilo.org/moscow/news/WCMS_392454/lang—ru/index.htm

Tag‘in o‘qing
5 aprel 2018
Haydovchilik kamarini taqmaganlik uchun jarima to‘lab bo‘lgan haydovchilardan olti oy o‘tib qaytadan jarima to‘lashlari talab qilinmoqda. Bu haqda «Eltuz» ...
25 noyabr 2019
Taniqli adib va siyosatchi Muhammad Solih bu yil 70 yoshga to‘lyapti. Mubolag‘asiz aytish mumkinki, O‘zbekistonning so‘nggi 30 yil ichida ...
19 iyun 2024
Ramzan Qodirovning to‘rtta xotini va ko‘plab «cho‘rilari» va “kanizaklari” bor. Ularning ayrimlari hali voyaga yetmay turib Ramzandan farzand ham ...
5 fevral 2016
Huquq himoyachisi O‘ktam Pardaev, o‘zi bilan yotgan mahkumlar qismatidan iqtibos keltirib, mahkumlarga protivogaz kiydirilishi kabi turmada qo‘llaniladigan qiynoqlar haqida ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...