Catira
19 iyun 2024

Ramzanning xotinlari va kanizaklari…

Ramzan Qodirovning to‘rtta xotini va ko‘plab «cho‘rilari» va “kanizaklari” bor. Ularning ayrimlari hali voyaga yetmay turib Ramzandan farzand ham ko‘rishgan.

 «Proekt» media guruhi 17 iyun kuni Chechen hukmdorining xufiya sirlari, uning qanday hokimiyat tepasiga kelgani, 20 yil davomida qanday jinoyatlar qilgani, hokimiyatni boshqarayotgani haqidagi surishtiruvni taqdim qildi.   

”O‘tgan yillar davomida biz bachkanalik deya atash mumkin bo‘lgan o‘rta asrga hos marosimlar guvohi bo‘ldik. Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning ko‘plab qizlari va o‘g‘illari, jiyanlari va kuyovlari birin-ketin yuqori lavozimlarni egallashdi – ular Checheniston hukumati vazirliklari va xizmatlarini boshqarib, yuksak mukofotlar, unvonlar va boshqa siyosiy maqomlariga sazovor bo‘lishdi. Bu qadimgi podshohlar davridagiga mengzaydi. Chunki hukmdorning yaqinlari yuksak siyosiy unvonlarini xizmatlari uchun emas, balki qon huquqi borligi, ya'ni hukmdorning qarindoshi bo‘lishgani uchungina olishgan.

Avvaliga Qodirovning to‘ng‘ich o‘g‘li Axmat ko‘pchilik nazarida eng sevimli valiaxdga aylangandek tuyuldi. 2023 yilning boshida u 17 yoshida uylandi. Bu esa reper Timati tomonidan olingan kichik Qodirovning to‘y kortejidan lavha.

Video

Surishtiruv guruhi bosh muharriri Roman Badanin va jurnalist Mixail Maglovlar raxbarligidagi jurnalistlar guruhi tayyorlagan filmda shuningdek ta'kidlanishicha, Ramzan Qodirovning to‘rtta “asosiy” rafiqasi bo‘lib, ular Medni Qodirova, Fotima Xazueva, Aminat Ahmadova va Zamira (Pasportiga ko‘ra Indira) Jabrailovalardir. 

 Shu bilan birga, surishtiruv guruhi qimmatbaho mol-mulklarni yashirish maqsadida Medni Qodirovaning Medni Musaeva nomiga rasmiylashtirilgan ikkinchi pasportga ham ega ekanligini ochiqlagan.

 Shuningdek, Qodirovning «kanizaklari» ham bor. Nashr manbalarining ta'kidlashicha, u qizlar bilan jinsiy munosabatga kirishish jarayonida mahalliy mullalarga shar'iy nikoh – islomiy diniy aktni rasmiylashtirishni buyurgan.

 “Qizlar zinokorlikda ayblanmasliklari uchun shunday sug‘urta qilinadi, garchi bu ularga ko‘pam yordam beravermaydi. Chechenistonda Sulton qizligini olib, buzuqchilik qilgan sobiq kanizak tamg‘asi ostida yashaydigan ko‘plab go‘zal qizlar bor, shu bois ularni hech kim xotinlikka olmaydi», – deya bildiriladi surishtiruv materiallarida.

Ramzanning propagandachilari, 42 yoshli Medni Qodirova unga 14 nafar bola tug‘ib berganini ta'kidlashadi. Ammo bu ham haqiqat emas, chunki Qodirov Rossiya qonunlariga ko‘ra, nikohi rasman tan olinmagan «kanizaklari»ning farzandlarini shunchaki o‘zlashtirib oladi. 

 “Bizning suhbatdoshimiz shunday bir oilaviy dramaga guvoh bo‘lganini eslaydi. Fotima Ramzanning uyiga kelganida farzandlaridan birini quchoqlamoqchi bo‘lgan, ammo otasi buni qat'iyan man qilgan”, deya misol keltiriladi surishtiruv filmida.

 Jurnalistlar, shuningdek, chechen go‘zali Xazuevaning 2006 yil bahorida Checheniston tarixidagi yagona go‘zallik tanlovida qatnashib ikkinchi o‘rinni egallagani tafsilotlarini aniqlashdi. Ularning ta'kidlashicha, tanlov Qodirov uchun maxsus o‘tkazilgan, unda hatto tashqaridan biror begona tomoshabin ham bo‘lmagan.

 «Buni axloqiy zehniyatlar bilan izohlashga urinishadi, lekin aslida sabab juda oddiy – Ramzan shunchaki o‘z xotinlari uchun maxsus shou tomosha uyushtirgan edi», deyiladi materialda.

 Xazueva bu tanlovda ishtirok etayotgan paytida allaqachon homilador edi, u 14 yoshida edi va hali maktabda o‘qir edi.

 O‘sha tanlovda birinchi o‘rinni Zamira (ayni paytda Indira) Jabrailova egalladi. “Musobaqa kunlarida Zamira ham 14 yoshida edi, u otasiz o‘sgan. Uning otasi urushda halok bo‘lgan. Shundan atigi bir yarim yil o‘tgach Zamira Ramzanga Odam Qodirovni tug‘ib bergan. Biroq bu farzand ham dastlabki kunidanoq boshqa ayolning o‘g‘li sifatida taqdim etiladi”, – deya ta'kidlanadi jurnalistlar surishtiruvida.

 Ramzanning ko‘plab bolalari qatorida uning asabi chatoq uchinchi o‘g‘li Odam Qodirov haqida ham filmda alohida so‘z boradi. Shu yilning kuzida 15 yoshga to‘lgan Odam Grozniydagi hibsxonada 19 yashar mahkum Nikita Juravlevni ayovsiz do‘pposlagani aks etgan video tarqalgan edi. Qur'onni tahqirlaganlikda ayblanib hibsga olingan rossiyalik yigitni har qanday qonunga xilof ravishda Chechenistonga olib kelishgan. U yerga esa bolaning aqlini kiritib qo‘yish uchun Grozniy shoxining o‘zi va kanizagidan bo‘lgan bolasi tashrif buyurgan. Shoh kuzatib turgan, shahzoda do‘pposlagan.

Eng qizig‘i qonunning bu darajada qo‘pol buzilishini Rossiyaning kattaroq siyosatchilaridan birortasi qoralashga jur'at etolmadi. Aksincha diktatorning 15 yashar zumrashasi mukofot va unvonlarga ko‘mildi. Hali voyaga yetmagan bo‘lsada otasining havfsizlik xizmati komandirlaridan biri etib tayinlandi va Rossiyaning turli mintaqalarida to‘qqizdan ortiq nishon va unvonlar bilan taqdirlandi.

 Ramzanning o‘zi ham 15 yoshidan urushda qatnashgani, 16 yoshida birinchi Rossiyalik askarni o‘ldirganini aytib maqtanib yuradi.

“Men 15 yoshimdan beri kurashaman. Urush nima ekanligini bilaman. Men zo‘r jangchi, yaxshi strategman. Jang qilishni yaxshi ko‘raman. Men urushda tug‘ilganman, desam ham bo‘ladi”, deydi Ramzan Qodirov 2020-yilda bergan intervyusida.

Biroq, uning bu gaplari yolg‘on. Qodirov 15 yoki 16 yoshida jang qilmagan. Chunki o‘sha paytda Chechenistonda urush bo‘lmagan. U 1995-96 yillarda u jang qilmagan, deya yozadi surishtiruv mualliflari o‘z manbalaridan iqtibos keltirib. 

Har qanday diktatorlar kabi, Qodirov atrofi ham afsonalar bilan o‘ralgan va bu afsonalarning katta qismini uning o‘zi yaratgan. Shularning biri uning mustaqillik kurashi qahramoni bo‘lgani haqidagi gaplaridir.  U ko‘proq ko‘rpa ostida ayollar bilan jang qilgan desak to‘g‘riroq bo‘ladi. Chunki surishtiruv materiallari va guvohlariga ko‘ra, voyaga yetmagan qizlarning bokiraligini olish va pedofilizm soxasida Chechenistonda Ramzanning oldiga tushadigani yo‘q.   

“Qodirov bokira qizlarni, maktab o‘quvchilari yoki birinchi kurs talabalarini xush ko‘radi. Uning ko‘plab yosh chechen qizlari kontaktlarini nazorat qiluvchi yordamchisi bor. Bu qizlar soni o‘nlab, ehtimol yuzlab bo‘lishi mumkin» deydi Qodirovning tanishlaridan biri surishtiruvda.

Hatto Putin Rossiyasida ham prezident qotillik, jinoiy dunyo bilan aloqadorlik, korruptsiya, o‘g‘irlik va boylikka ko‘milib yashashini ko‘z-ko‘z qilgan yuqori mansabdor shaxslarni jazolaydi. Siz tushunganingizdek, bularning barchasi Ramzan Qodirovga taalluqli emas. Uning jinoiy harakatlariga  yuzaki qarab kelinadi, buning uchun unga hech narsa qilinmaydi. 2004-yilda otasining shubhali o‘limidan boshlab hisoblasak, kichik Qodirov o‘z mintaqasini Rossiyadagi boshqa hukmdorlardan ko‘ra ko‘proq, 20 yil davomida boshqargan. Bu yillar davomida Putin bu jinoyatchi mulozim bilan kamida 30 marta uchrashgan va deyarli har doim muzokaralardan so‘ng Qodirov, masalan, mana bunday yoki bu kabi boshqa fotosuratlarini tarmoqqa joylashtirgan:

Biz Rossiyaning yuqori lavozimli amaldorlaridan biri bilan suhbatlashganimizda Qodirovning daxlsizligi siri nimada, deb so‘radik. “Taslim qilingangan Checheniston. Bu Putin hukmronligining asosidir, uning o‘zi ham shunday tarzda prezident bo‘lgan. Ishg‘ol qilingan Checheniston rahbari qabih bir odam ekani e'tirof etilayotgan bo‘lsa, Putinning o‘zi haqida nima deyish mumkin” deya iqtibos keltiradi surishtiruv mualliflari oliy lavozimli Rossiya mulozimidan.

Loyiha bosh muharriri Roman Badanin Qodirovning tengdoshi va hamyurtidir, uning yana bir hammuallifi jurnalist Mixail Maglov rossiyalik siyosatchi marhum Boris Nemtsovning safdoshi va yaqin do‘stidir. Boris Nemtsov to‘qqiz yil avval Checheniston havfsizlik kuchlari tomonidan otib tashlangan edi.

Surishtiruvda ko‘pchilik O‘zbekistonda ham ochiq gapira olmaydigan mavzu tilga olingan. Eltuz Rossiyani titratayotgan diktatorlar hayotiga oid ko‘rsatuvlarini davom ettiradi. Kanalimizga obuna bo‘ling. Videolarimizga layk bosing. 

Tag‘in o‘qing
10 mart 2023
Germaniyadagi YUZUK tashkiloti taniqli o‘zbek rassomi  Vyacheslav Oxunovni nemis jamoatchiligi va Germaniyadagi o‘zbek diplomatlariga taqdim qildi.  Vyacheslav Oxunov rassom, ...
13 avgust 2024
Ukraina Rossiya hududlarini egalladi. Bangladeshda diniy nizolar kuchaydi. AQSh shimolida to‘fon. Yunonistonda o‘rmonlar yonmoqda. Shvedlarni so‘kkan o‘zbek mulla Abror Abdazimov ...
28 mart 2022
Navoiy viloyatining Karmana tumanida yashovchi jamoatchilik faoli Dildora Boymurodovaga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.  ...
10 fevral 2021
AQShning navbatdagi 46-prezidenti ham yana o‘sha qarorgoh – Oq uyga ko‘chib o‘tdi. O‘zbekistonda esa prezidentning uchta qarorgohi bor – Oqsaroy, ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...