G‘allaorollik shifokor – bu yilgi paxtaning navbatdagi qurboni
G‘allaorol tuman hokimi Azim To‘labov buyrug‘iga ko‘ra, paxta normasini bajara olmagani uchun ikki kunga qamalgan tuman bosh vrachi Yusuf Esirgetov 9 oktyabr kuni vafot etdi.
Eltuz.com manbasiga ko‘ra, G‘allaorol tumani hokimligidagi yig‘ilishda paxta normasini bajarmagani uchun tuman shifoxonasi bosh vrachi Yusuf Esirgetovni qattiq urishgach tuman hokimi, IIB boshlig‘iga uni qamashga buyruq beradi.
Uni majlisdan keyin olib borib ikki kunga qamashadi. Qamalish sababi ishchilar (tibbiyot xodimlari. tahr) kunlik 70 kg o‘rniga 17-20 kilodan paxta terishgani, hokimning do‘qiga javoban shifokorning “Dalada paxta yo‘q bo‘lsa qaerdan teraman?” degan e'tirozi bo‘lgan.
Qamoqdan chiqqanidan so‘ng, qattiq stressga tushgan vrach xastalanib yotib qoladi va Jizzax viloyat shifoxonasidan jon beradi.
Bosh vrach kecha dafn qilingan, uning yaqinlari “Paxtalaring boshlaringda qolsin!” deya hokimiyatdagilarni yozg‘irmoqda.
www.eltuz.com