Chegarachilar kontrabandachilarga o‘q uzdi
“Huquq olamida” gazetasining yozishicha, Namangan viloyatilik bir necha yigit Norin daryosidan rezina qayiq yordamida Qirg‘izistonga rangli metall – latun o‘tkazgan. Buning evaziga esa 4,5 million so‘mlik tamaki, qand va choy mahsulotlarini olgan va O‘zbekistonga olib o‘tmoqchi bo‘lgan.
Kontrabandachilarni o‘zbek chegarachilari payqab qolib, o‘q uzgan. Oqibatida ulardan biri yaralangan. Lekin hammasi qochib ketishga ulgurgan.
Yaralangan jinoyatchini tanish vrachga ko‘rsatishgan. Ammo vrach o‘qotar quroldan jarohatlangan bemor haqida huquq-tartibot idoralariga xabar bermagan. Buning uchun sud unga 1,6 yil muddatga axloq tuzatish ishi jazosini tayinlagan.
Omadi chopmagan to‘rt nafar konrabandachi esa 5 yildan 5,5 yilgacha muddatlarga ozodlikdan mahrum etilgan.
Eltuz.com