Asosiy mavzular
23 mart 2016

Aramais Avakyan: Bizni elektr toki bilan qiynashdi…

22 mart kuni Jizzax viloyat jinoiy ishlar sudida bo‘lib o‘tgan appelyatsiya maxkamasida, sudlanuvchilar Aramais Avakyan, Furqat Jo‘raev, Bektemir Umrzoqov va Akmal Mamatmurodovlar tergov paytida shafqatsiz qiynoqlarga duchor etilganini gapirib berishdi.

“Bugungi sudda xakikatni aytaman!” deya gap boshlagan sudlanuvchi, dastlabki sud jarayonida 12 yillik qamoq jazosiga xukm qilingan Furqat Jo‘raev o‘z so‘zini 3 sentyabr kuni aroq do‘koni oldida, fuqaro kiyimidagi shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilganidan boshlagan.

Furqat “Keyin bilsam ular Milliy Xavfsizlik xizmati xodimlari ekan. Usha tuni va undan keyin xam ular meni deyarli xar kuni urib qiynoqqa solishgan” der ekan, shimini qayirib, sud raisi va yig‘ilganlarga kaltak zarbidan ko‘karib ketgan oyoqlarini ko‘rsatgan.

“Agar biz aytgan ishlarni qilmasang va biz ko‘rsatgan qog‘ozlarni imzolamasang, seni poezd tagiga tashlaymiz va o‘zini o‘ldirdi deya gap tarqatamiz” degan Furqat Jo‘raev va sud raisidan oila a'zolarining xavfsizligini ta'minlashini so‘ragan.

Sud tafsilotlarini yeltuz sayti bilan baxam ko‘rgan Furqatning onasi Maxkam Jo‘raevaning aytishicha, o‘g‘lining so‘zlari sud zalida yig‘ilganlarni yig‘latgan.

“O‘g‘lim qattiq xayajonda edi. U kaltakdan ko‘kargan joylarini xammaga ko‘rsatdi va nima bo‘lgan bo‘lsa xammasini ochiq oydin gapirib tashladi. “Nega bizni bu kuyga solishdi? Nima uchun biz bunday xo‘rlanishimiz kerak, janob sudya? Birovni o‘ldirish, MXX xodimlarini qirib tashlash, xokimiyatni portlatish kabi ishlar aqlimizga xam kelmagan! Bu gaplarni xammasini MXX xodimlari to‘qib chiqarishib, turli taxdidlar bilan bizni bo‘ynimizga ilib tashlashdi! Bizni go‘yoki Suriyaga ketayotgan jixodchilar kabi ko‘rsatishdi! Endi menga baribir! MXXsidan xam qo‘rqmayman! O‘ldirishsa o‘ldirib yuborishsin – mening aybim yo‘q! Iqror emasman! Qolgan 4 nafar sheriklarimizniyam xech qanday ayblari yo‘q, bizni bir birimizga tuxmat qilishga majbur qilishdi! Mayli, men qolsam shu yerda qolay, lekin janob sudya, qolgan bolalarni ozod qiling!” dedi Furqatjonim. Xammamiz yig‘lab yubordik” dedi eltuz.com bilan suxbatda Maxkam Jo‘raeva.

Biroq, yig‘ilganlarni yig‘latgan sudlanuvchining so‘zlari sudyaga zarracha ta'sir qilmagan. U shuncha gapdan keyin Furqatga qarata, quruqqina qilib “Sizni azoblagan MXX xodimlarini taniysizmi?” degan xolos. Bu savolga Furqat Jo‘raev “Yo‘q, ular o‘zlarini tanitishmadi” deb javob bergan.

Ikkinchi bo‘lib so‘z berilgan Aramais Avakyan xam o‘z so‘zida Furkatning gaplariga to‘liq qo‘shilishini, o‘zlariga qo‘yilgan ayblovlar MXXning uydirmasi ekanini ochiq aytgan.

Sud majlisida xozir bo‘lgan yaqinlarining aytishlaricha, Aramais, xech qanday jinoiy guruxga a'zo bo‘lmaganini, Furqat Jo‘raev unni jixodga da'vat etmaganini, MXX va militsiya xodimlari, shuningdek xokimiyat vakillarini o‘ldirish xaqida xech qachon gap bo‘lmaganini, tergov jarayonida o‘zini va sheriklarini tergovchilar elektr toki bilan qiynoqqa solganlarini, qattiq kaltaklaganlarini aytib, badanidagi barcha ko‘kargan joylarini sudda yig‘ilganlarga ko‘rsatgan.

“Men O‘zbekistonga xiyonat qilmayman. Aksincha, agar bu yurtga balo kelsa, eng birinchi biz chiqamiz uni ximoyasiga! Tintuvda uyimdan chiqqan diniy motivdagi disklar va kitoblarni umrimda ko‘rmaganmsan. Meni umuman Islom diniga aloqam yo‘q, men xristianman va o‘z dinimdan qaytmayman!” degan o‘z so‘zida 7 yillik qamoq jazosiga xukm qilingan sudlanuvchi, arman millatiga mansub fermer Aramais Avakyan.

Dastlabki sud xukmi bilan 6 yillik qamoq jazosi olgan sudlanuvchi Bektemir Umrzoqov o‘z so‘zida, tergov davomida o‘ziga va sheriklariga nisbatan o‘ta shafqatsiz va noinsoniy qiynoqlar qo‘llanganini tasdiqlar ekan, o‘z ko‘rgazmalarida Furkat va Aramaisga tuxmat qilishga majbur bo‘lganini ochiq aytgan. Shuningdek Bektemir jixodga da'vat xamda davlat idoralarini portlatish xaqidagi gap tergovchilar tomonidan o‘ylab chiqarilganini xam qo‘rqmasdan aytgan.

“Sudyaning “Yolg‘on va tuxmat ko‘rgazma ostiga nega imzo chekding unda?” degan savoliga, Bektemir Umrzoqovning “Janob sudya, bizni tergovchilarimizning tayoqlarini yegan eshshak xam, xamma qog‘ozlarga “Men quyonman!” imzo qo‘yib berishadi” deb javob berishi, nafaqat yig‘ilganlarni, balki sudya Boymurodov va qoralovchi Oqbo‘taevni xam kulishga majbur qildi”, dedi eltuz.com saytiga sud tafsilotlarini aytib bergan Bektemirning yaqinlaridan biri.

Xalqaro xuquq ximoyasi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar, Yevropa va Amerikalik siyosatchilar xamda dunyo armanlari uyushmalari nigoxida turgan “Aramais Avakyan ishi” bo‘yicha xukm 19 fevral kuni Jizzax viloyat jinoiy sudida o‘qilgan, ish bo‘yicha maxkamaga tortilgan 13 nafar shaxsdan 5 nafari O‘zbekiston jinoyat kodeksining 159, 244, 161 kabi og‘ir moddalari bilan ayblanib, 6 yildan 12 yilgacha qamoq jazosiga xukm qilingan edi.

So‘nggi sud majlisida faqat Aramais Avakyangina o‘ziga qo‘yilgan ayblarni tan olmagan, boshqa sudlanuvchilar, Furqat Jo‘raev, Bektemir Umrzoqov, Akmal Mamatmurodov xamda Dilshod Alimovlar tergovda yangragan barcha ayblarni qabul qilishib, o‘zbek xalqidan kechirim so‘rashgan edi.

Keyinchalik xukmdan norozi bo‘lgan Aramais Avakyan va uning 4 nafar sherigi appelyatsiya shikoyati yozishib, ishni qayta ko‘rib chiqilishini talab qilishgan edi.

Bugun Jizzaxda bo‘lib o‘tgan appelyatsiya maxkamasida sudlanuvchilar xech kim kutmagan bayonotlar bilan sudya va prokurorni sarosimaga solib qo‘yishgan bo‘lsada, sud raisi Boymurodov prokurorning talabini qondirdi: Aramais Avakyan va uning 3 nafar sherigining xukmi o‘zgarishsiz qoldirildi.

Ushbu sud majlisini AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari Anton Kuper va Mamed Askerov, shuningdek taniqli xuquqbon Surat Ikromovlar bevosita kuzatishdi.

Ulug‘bek Ashur
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
20 may 2016
Mashhur faollardan biri va O‘zbekiston huquq himoyachilari alyansi yetakchisi Ye.Urlaeva ko‘p bora og‘ir voqealarni boshdan kechirgandan keyin 9 mart ...
16 aprel 2020
(Savollarga javoblar) «Sof san'at» haqidagi «Fikrlarning shiddatli umri» esse-turkumini yozib bitirganimda, yozganlarimga munosabat bildirilgan bir qancha xat oldim. Javobga ...
11 fevral 2016
O‘zbekistonda deyarli barcha avtobuslarda haydovchilari ish vaqtida bemalol chekadilar va bunga hech qanday chora ko‘rilmaydi. Rassom Elsevar Eltuz.com
24 fevral 2021
Bu O‘zbekiston. Mana bu esa uning musaffo osmoni. Bu oldingi o‘zbek ayollari,ular uchtadan tug‘ardi. Hozir bu bolalar Rossiyada. “Mening ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...