Diktator bilan o‘pishmang!
Ulug‘bek Ashur
Eltuz.com
AQSh davlat kotibi Jon Kerri va Islom Karimovga «noqulay» savol bergan jurnalistlarning matbuot anjumani o‘tayotgan zaldan quvib solingani, mintaqada So‘z erkinligi, o‘zini «Dunyo demokratiyasi va so‘z erkinligining posboni» xisoblaydigan Amerika uchun xam kerak emasligi ko‘rsatdi.
Ozodlik radiosining aytishicha, xorij muxbirlari prezident Karimovga ham savol berishga uringan. Biroq, O‘zbekistonda inson huquqlari haqidagi tanqidlariga munosabatini so‘rashganida, Karimov javob berishdan bosh tortgan.
Diktator Karimovning matbuot erkinligi dushmani ekanligi ma'lum va shuning uchun xam, uning xar qanday savolga javob berishdan buyin tovlashi, barcha uchun tabiiy ko‘rinar extimol.
Ammo, yuqori martabali mexmon Jon Kerrining, jurnalistlar quvib chiqarilishiga indamay qarab turishi – bu juda achinarli va ayni paytda fojeali xolat. Ko‘xna Samarqandda, AQSh Davlat kotibi xuzurida yuz bergan bu bu xunuk voqea, Amerika Markaziy Osiyodagi diktator prezidentlarning eng nodemokratik va zulmkor saloxiyatlariga yuksak baxo berishini bildiradi.
Shu o‘rinda bir voqeani esladim. Kanada o‘tgan xaftada Bosh vazirni sayladi.
Uzoq va xaqqoniy davom etgan saylovoldi kampaniyasi va saylovdan so‘ng Liberallar partiyasi g‘olib keldi va partiya yetakchisi Jastin Tryudo Bosh vazir etib saylandi.
43 yoshli yangi vazir o‘z tarafdorlari bilan jurnalistlar bilan uchrashar ekan, o‘sha davrada Liberallar partiyasi uchun noqulay bo‘lgan bir savol yangradi. Shu zaxotiyoq, Jastin Tryudoni qurshab turgan Liberallardan biri jurnalistning ovozini o‘chirish payiga tushdi.
Biroq, Bosh vazir Jastin Tryudo, ortiga o‘girilib, jurnalistni og‘zining yopmoqchi bo‘lgan xammaslagini ovozini o‘chirdi.
«Jim! Bu mamlakatda biz jurnalistlarni xurmat qilamiz! Ular noqulay savollarni berishadi, bu ularning ishi. Okey?» dedi Tryudo ortida turgan odamlarga qarab.
AQSh Davlat kotibi Markaziy Osiyoga albatta eng birinchi navbatda Amerika manfaatlarning ximoyasi uchun kelgan.
IShID vaximasi va buning ortidan mintaqada o‘sib borayotgan Rossiya va Xitoyning ta'siri, Oq uydagi «So‘z erkinligi va demokratiya posbonlari»ni tezkor xarakatlarga undayapti.
Shuning uchun xam o‘z xarakatlarining samara berishi uchun Oq uy dastyorlari mintaqadagi maxalliy prezidentlar bilan og‘iz burun o‘pishmoqda. Amerika siyosatchilari, bu kabi «nogigienik muolaja» tufayli o‘zlariga diktatorlar ongida uya qurgan antidemokratiya virusini yuqtirishmasa bo‘ldi…