Multimedia
23 fevral 2021

Ravshan «Zolotoy» iqrori: Meni kaltaklashdi, ammo sinmadim

O‘tgan hafta oxirida Toshkentdagi jinoyat doiralarida “Qora” va “Graf” laqablari bilan tanilgan yirik tadbirkor G‘afur Rahimovning jiyani Ravshan Muhiddinovning (laqabi “Zolotoy”) bir iqrori aks etgan videolavha tarqaldi.

Unda Muhiddinov «Eltuz» o‘tgan yili yozgan holat, ya'ni Ravshan «Zolotoy»ning kaltaklangani e'tirof qilinadi.

«Hech kim meni razborkaga chaqirgani yo‘q. Meni o‘z e'tiqodim bo‘yicha birodarlarim chaqirishdi. Mening oilam bilan yashaydigan uyimda bir necha bor mehmon bo‘lgan, bir necha bor mening nonimni yegan, bir necha bor bir safda turib namoz o‘qigan va bir necha bor qiyomatgacha mening birodarim bo‘lishini ta'kidlagan kimsalar.

Bu Allohning irodasi bilan biz o‘zimiz tepaga ko‘targan, nufuzli odamlar bilan tanishtirgan, o‘zimiz munosib deya tavsiya etgan odamlar edi.  Men ilk bor faqat yaxshi tomonini ko‘rganimni aytayapman.

Vaqt esa buning aksini ko‘rsatayapti, aksini isbotlayapti, deydi Ravshan Muhiddinov instagramida e'lon qilgan videosida. 

U hech shubhali xayollarga bormasdan, hech bir himoyasiz, mehmon sifatida u yerga borgani, ko‘plab odamlarni ko‘rgani va «bespredel»ga duch kelganini aytadi:

«Bespredel» degani turlicha ta'riflanadigan tushuncha. Men ko‘rgan bespredel odamlarga ko‘p yillar davomida qizil zonalarda qo‘llaniladigani ekani ko‘rinib turardi.

Loxmachlarning nainki metodlari bo‘lsa, ular buni ishga solishdi. Bir yarim-ikki soat davomida muttasil. Men jismonan sindirildim. O‘ntasi bitta odamga qarshi. Monstrniyam qiyshaytirib tashlash mumkin edi. Allohga shukurki, Ravshanning irodasi mahkam edi. Chunki haqiqat u tomonda edi.

Ular bu yo‘l bilan niyatlariga yeta olmasliklariga ko‘zi yetgach, ishga solgan usullari hech bir natija bermagach, mening nomusimga daxl qilishni boshlashdi. Men normal bir erkak sifatida bu vaziyatdan o‘z nomusimni saqlab qolgan holda chiqish usullarini qo‘llay boshladim.

Men buni uddaladim. Alloh meni bu vaziyatda qo‘lladi. Ular Dubay masalasida mening toza ekanimga amin bo‘lishdi. Ifloslanmaganman. Buni o‘zlari aytishdi. Agar qandaydir vijdonlari qolgan bo‘lsa, aytishsin. Uning Dubay bo‘yicha iddaolari ularni qoniqtirgani yo‘q. Keyin u chalg‘ita boshladi.

Keyin tag‘in baribir mening bu vaziyatdan chiqib ketishim uchun ularga muayayn bir summani berishim shartligini bildirishdi».

Shu o‘rinda tushuntirish berib ketsak.

2020 yilning 19 avgust kuni Turkiyaning Antaliya shahrida asli gurjistonlik “qonundagi o‘g‘ri» Nodir Salifov otib ketildi. “Eltuz”ga yetib kelgan ma'lumotga ko‘ra, Lotu Guli laqabi bilan mashhur Nodir Salifovning boshiga to‘rtta o‘q uzilgan.

Antaliyadagi restoranlardan birida Lotu Guli bilan ovqatlangan erkak to‘pponchasi bilan uni otib tashlagan. Lotu bemorxonaga olib ketilgan, ammo uni qutqarishning iloji bo‘lmagan.

Ko‘p o‘tmay turk politsiyasi Lotu Guli bilan yaqin aloqada bo‘lgan Xan Axmedlinskiyni qo‘lga olgan. Lotu Gulining qotili aynan u ekani aytilmoqda.

“Eltuz” manbasiga ko‘ra, Xan Axmedlinskiy qotillikdan bir necha daqiqa o‘tib asli o‘zbekistonlik avtoritet Ravshan Muhiddinov (laqabi Ravshan «Zolotoy»)ga qo‘ng‘iroq qilgan.

Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, turk politsiyasi Ravshan «Zolotoy»ni Istanbulning Belek Duzu dahasidagi villasidan olib ketgan.

Ravshan Muhiddinov (Ravshan «Zolotoy») jinoiy avtoritetlarga yaqin bo‘lgan tadbirkor G‘afur Rahimovning jiyanidir. Joriy yilning mart oyida “Eltuz” G‘afur Rahimov va Ravshan «Zolotoy» o‘rtasida kelib chiqqan ziddiyatlar haqida xabar bergan edi.

2020 yil tarqalgan videoda Muxiddinov  “45 kun ichida va'da qilingan pulni qaytaraman, Xudo xohlasa. Agar qo‘ymasam, Ravshan emasman”, deydi.

Telegram kanallarida tarqalgan ushbu videolavhada noma'lum kimsalar yotoqda o‘tirgan Ravshan Muhiddinovga turli po‘pisa yog‘dirganini ham ko‘rish mumkin.

«Men kameraga qarab, agar men bu pulni bermasam, men nomardman, deyishim kerak edi. Birodarlar, Allohga shukur, men chiqdim. Muddati kelganda ular menga qo‘ng‘iroq qilishdi. Shantaj qilishdi. O‘zlariga loyiq javobni olishdi», deya izoh beradi bu videodagi gapiga Muhiddinov o‘zining so‘nggi chiqishida.

“Eltuz” bilan suhbatga kirishgan manbalarning aytishicha, G‘afur Rahimovning turmush o‘rtog‘i Lola Rahimova mazkur videotasvirni Arman “Dikiy”dan 20 ming dollar evaziga sotib olgan, videolavha holatiga keltirgan va ijtimoiy tarmoqqa yuklagan.

Eltuzning: “Oradan shuncha vaqt o‘tib bu videotasvirni sotib olish, unga ishlov berish va uni tarqatish Lola Rahimovaga nega kerak bo‘lib qoldi?” degan savoliga manbalar: “Chunki O‘zbekistondagi jinoiy doiralarda G‘afur “Qora” o‘z jiyaniga tuhmat qilibdi, uni boshqa millat vakillariga do‘pposlatibdi va qiynoqqa soldiribdi”, degan gap-so‘zlar tez tarqala boshladi.

G‘afur va ayoli o‘zlarining tuhmat va nayranglari ochilib qolmasligi uchun Arman “Dikiy”ga pul berib, uning qo‘lidagi videotasvirni qo‘lga kiritishdi va tarqatishdi. Lekin aslida Ravshan “Zolotoy” o‘ziga qarshi guvohlikni o‘lim tahdidi va qiynoqlar ostida bergan”, deya javob berdi.

Bir-biridan mustaqil suhbatdoshlarning “Eltuz”ga ma'lum qilishicha, voqealar aslida quyidagicha boshlangan va rivoj topgan.

Manbalarning iddao qilishicha, G‘afur Rahimov o‘zining sobiq hamkori Oybek Miralievni (laqablari “Faberje”, “Tuxum”) chuv tushirish uchun undan avval undirgan pullarini qaytadan undirishni rejalashtirgan.

Bu rejani amalga oshirish uchun G‘afur Rahimov Oybek Miralievdan pul undirish vazifasini o‘z jiyani Ravshan Muhiddinovga yuklagan va jiyaniga undiriladigan 45 million dollardan bir qismini berishni va'da qilgan.

Topshiriq bo‘yicha ishga kirishib, Oybek va G‘afur o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlarni o‘rgangan Ravshan Muhiddinov bu ishda o‘z tog‘asi G‘afur Rahimovning Oybek Miralievga tuhmat qilayotganiga, G‘afurning pullarini Oybek emas, balki G‘afurning ayoli Lola Rahimova o‘zlashtirganiga amin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili 25 dekabrda Jahon.uz nashri Toshkent shahrida yirik tadbirkorlik bizneslariga ega bo‘lgan aka-uka Oybek va Eldor Miralievlar Bosh prokuraturaning Iqtisodiy jinoyatchilik va korruptsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan qamoqqa olingani haqida yozgan edi.

Maqolada G‘afur Rahimovning xotini Lola Rahimova va uning singlisi Go‘zal Kamolxo‘jaevaning ismlari jinoyat ishida da'vogar sifatida zikr qilingani yoziladi.

“Eltuz” suhbatlashgan jinoyat olami vakillaridan biri quyidagicha hikoya qiladi:

O‘zining to‘g‘riso‘zligi va adolati bilan tanilgan Ravshan (“Zolotoy”) G‘afur Rahimovga o‘z xulosasini aytadi. G‘afur Rahimov: “Sen menga va kelinoyingga emas, “Tuxum”ga ishonyapsanmi?! Men bilan kelinoying o‘rtasidagi munosabatlarni buzmoqchimisan?!” deb o‘z jiyani Ravshan Muhiddinovdan yuz o‘giradi.

Xayrlashayotganda Ravshan G‘afurga: “Aka, Oybekka tuhmat qilmang! Baribir erta-indin haqiqat yuzaga chiqadi. Shunda “tuhmatchi”, “terpila” degan nomga qolasiz”, deydi.

Ravshan Muhiddinov o‘z tog‘asiga vaziyatni to‘liq tushuntirish uchun turli darajadagi tanishlarini ishga soladi va G‘afur Rahimovga “neytral bir joyda” uchrashishni taklif qiladi, ammo Rahimov jiyani taklifiga rozi bo‘lmaydi.

Aksincha, xotini “yo‘riqnoma”si asosida G‘afur Rahimov, “Eltuz”ning boshqa bir suhbatdoshiga ko‘ra, tezda ozarbayjonlik Nodir Salifovga va qozog‘istonlik Arman Jumageldievga qo‘ng‘iroq qiladi.

“Jiyanim “Zolotoy” dushmanim “Tuxum” tomonga o‘tib ketib, meni chuv tushirdi”, deydi G‘afur.

Uning bu gaplariga ishongan Salifov (“Lotu Guli”) va Jumageldiev (“Dikiy”) Ravshan Muhiddinovni “zamanit qilib”, go‘yoki mehmonga chaqirishadi.

Bu uchrashuv 2019 yil 13 noyabr kuni Istanbuldagi “Hyatt Regency” mehmonxonasida o‘tkazilgan.

U yerda Muhiddinovni ozarbayjonlikning tarafdorlari – qozoq Arman Jumageldiev va qurollangan yana 10 nafar sportchi yigit kutib oladi.

Xonada avvaldan kutib o‘tirgan guruh xonaga kirgan Ravshan Muhiddinovning qo‘l-oyoqlarini bog‘lab, unga o‘lim bilan tahdid qilib, uni do‘pposlab va qiynab boshlaydi.

“Bir necha sportchi yigit “Zolotoy”ning boshini suv to‘la vannaga bo‘ktira boshlashadi. Qattiq do‘pposlashadi. Lekin Ravshan ularga tan beravermagach, uning erkaklik sha'niga  tegishlarini aytadilar.

Shunda erkaklik sha'nini himoya qilish va vaziyatdan chiqib ketish uchun videodagi gaplarga rozi bo‘ladi”, deydi “Eltuz” suhbatdoshlaridan biri.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
21 avgust 2024
Raqobat qo‘mitasi 40 ga yaqin paxta to‘qimachilik va yog‘-moy klasterlari tomonidan yuqori likvidli va monopol mahsulotlarning narxlari sun'iy oshirilganini ...
15 mart 2016
Anqarada yuz bergan portlash ko‘p qatori mening ham yuragimni ezdi. Turklar va Turkiya uchun kamsitish bo‘lgan yuz yil burungi ...
25 fevral 2022
Chegaradan 40 km uzoqlikdagi Xarkov shahrining ham olinmaganligi rus armiyasining ahvoli ChATOQLIGINING isbotidir. Xabarlarga qaraganda, rus armiyasi Xarkov shahri ...
23 fevral 2018
«Ular mahalliy tadbirkorlarni adolatsiz ravishda turmaga tiqqanini bilaman. Menda hatto qiynoqlar qo‘llanilganiga oid fotosuratlar ham bor. Men bu yovuzlikni ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...