Mashinasi buzilgan haydovchiga militsiya yordamga keldi
Shu yilning 18 aprelida feysbuk sahifasida oq do‘ppi kiygan haydovchining mashinasi kapotini ochib ko‘rayotgan militsiya formasidagi yigit fotosuratlari paydo bo‘ldi.
Fotosuratni Maslahat.Uz guruhiga qo‘ygan feysbuk yuzeri Murod Haitmetovning yozishicha, 16 aprel kuni Chilonzorning 16-kvartali tomondan o‘ta turib, oldi kapoti ochilgan oq «Lasetti» mashinasining oldida bir otaxon va PPX xodimi turganiga ko‘zim tushgan.
«Qiziqib to‘xtadim va: “Otaxon, assalomu alaykum. Tinchlikmi? Odatda militsiya xodimlari hujjatlarni tekshirar edi, bu yerda esa mashinani ichini tekshiryapti”, deb hazillashdim. Shunda otaxon: “Umridan baraka topsin bu bola. Mashinam to‘xtab qolgandi, bir pastda tuzatib berdi. Qo‘li gul ekan-ku buning”, deb boyagi xodimni maqtay boshladi, deya yozadi Haitmetov.
Uning bildirishicha, PPX xodimining ismi Ro‘zivoy ekan.
Eltuz.com