Catira
3 iyun 2021

Avtobus-8. Maymun bozori

“Abdulla G‘arib prodakshn”, rassom Elsevar, rassom Tuz va “Eltuz” yangi siyosiy satirik animatsion filmlar turkumining 8-qismini taqdim etadi.

Chiptasi ayol: Diqqat, diqqat! Avtobus ahli, muhim e'lon: Toshkent tsirkiga  maymunsifat odam ishga olinadi. 30 yil oldin keltirilgan oxirgi maymun o‘lib qoldi.

Chol: Bir bemaza qiziqchi bo‘lardi. Maymunu to‘ti rollarini ijro etardi. Tsirkka o‘shani ishga olishsin.

Qora ko‘zoynakli yigit: Yo‘q, u kishi hozir hidoyat yo‘liga kirib, da'vat va ma'ruzalar bilan shug‘ullanayaptilar.

Xonim sotuvchi ayol: O‘rnilariga diniy idoradan biron kishini topish kerak. Idoraga borib, topgandayam maymunga mos birini topish kerak.

Mulla: Diniy idoraga kim kirsa kirib, rasmga tushib chiqishi mumkin. Lekin diniy idora provokatorlarni taniydi. Bu provokator. Provokator bo‘lgandayam, eng past provokator….. Boshqa narsaga yaramaydi bular.

Chol: Domla, tsirkka o‘zingiz ishga o‘tsangiz bo‘lmaydimi? Grimsiz ham o‘ynayverardingiz bemalol. Oyligiyam yaxshi. Har holda yolg‘on gapirishga ehtiyoj bo‘lmaydi!

Mulla: Man sizga domlamasman. Ko‘chaning bolasiman, erkak kishiman. Nima deysiz? Chempionman. Chyornыy poyasman ya'ni.  Man qaerga borsam ham shariatni gapiryapman.

Qora ko‘zoynaklik yigit: («Maysaraning ishi» filmidan) Shu bir narsaga hayronman. Sizlar nima qilsalaring ham qonunga to‘g‘ri kelaveradi-ya.

Avtobus yurishda davom etmoqda.

Chiptachi ayol: Muhtaramning inoyati, topshirig‘iyu shafoati bilan maymunsifat odamni ishga olish uchun she'riy va musiqiy konkurs e'lon qilamiz! Yurtboshini eng yaxshi ulug‘lagan muallif tsirkka ishga olinadi. Qani onaxon, sizdan boshlaymiz!

Taniqli qo‘shiqchi: (original qo‘shiq)

Omon bo‘lsini-ey, bor bo‘lsini-ey,

Shu go‘zal yurt sultoni bor bo‘lsin-ey!

Haydovchi: Ha, baqbaqalaringdan akang o‘rgilsin!

Qora ko‘zoynakli yigit:

Og‘ir judolikdan so‘ng, gangib qolgandik mudom,

Topildi bu yurtning egasi, Xudodan in'om.

Ustoziga munosib shogird, chinakam voris

O‘zLiDep yetakchisi saylovda g‘olib shubhasiz.

Haydovchi: Sanga sitidan uch xonali kvartira. Malades, ana san'at-u, ana mahorat!

Xonim sotuvchi qiz:

Yurtboshilik maqomi sizga nasib etibdi,

Tashvishlaru g‘uborlar yuraklardan ketibdi.

Islom otam o‘rniga shon ila Shavkat keldi,

Otaning ruhlari shod bo‘lib bundan o‘tibdi.

Haydovchi: Sanga Zulfiya mukofoti va «Jentra» mashinasi!

Chol:

Ey, buyuk yurt podshohi, ey, dono padar,

Sizga mangu hurmatu e'zoz yarashar.

Siz yoshlik chog‘ingizdan bugunga qadar

Eng shirin hayot uchun kurashgan rahbar.

Mamlakatni yashnatgan, gullatgan sarvar!

Haydovchi: Otaxon, sizga Shovvozsoyga yo‘llanma. Yana fan doktori unvoni…

Akmal Saidovga o‘xshagan biri:

Uysiz uyli bo‘ldi, yersiz yer oldi,

Ishsiz ishga kirdi, g‘amlar yo‘qoldi.

Ruhiy xastalar ham nazarda bo‘ldi,

O‘qish, ish amallar foydaga to‘ldi.

Haydovchi: E, yashang! Sizga Sardobadan bir orol va ikkita vertolyot sovg‘a.

Shu payt  GAI noziri avtobusni to‘xtatadi. Avtobus chang-to‘zon chiqarib to‘xtaydi.

GAI xodimi: G‘arib aka, siz bilan barcha boshliqlarimizning boshlig‘i gaplashmoqchi.

Abdulla G‘arib: Nahotki, boy otaning o‘zlari bo‘lsalar, assalomu alaykum, boy ota!

Salim avtobus oldida: Yaxshi o‘tiribsanmi mo‘ylov G‘arib…

Haydovchi: Ha, bir navi, boy ota.

Salim: Menga maymunsifat bir odam kerak edi, hozir tsirkda ishlavomman. E'londan xabaring bo‘lsa kerak.

Haydovchi: Bittasi bor edi shu atrofda. Ho‘v, cho‘chqaning bolasi, bu yoqqa kel.

Musaev, so‘kinib boshlaydi: Mangayam alam qilasan.

Salim: Tsirkda ko‘rsatasan bu hunaringni. Oldimga tush, ketdik.

Chol: Bir balodan qutuldik shekilli…

Ismat: San podstrekatelstvo degan statya bilan kirib ketishing kerak. Svoloch. Qarang.

Ko‘zoynakli yigit: Ie, ikkinchi balo tilga kirdi-ku! Sizni grimda tanimayapman. Yuzingizni oching endi. Kimsiz?

Ismat:  Sanlar kimsanlar-u, man kimman? Man Kanadada o‘tirib, O‘zbekistonda hech bir mulozim qila olmaydigan ishni qilyapman.

Biz baxtiyor bo‘lamiz, bizni zafar quchajak,

Tepamizdan charx urib, qaldirg‘ochlar uchajak!

(Atobus tepasida qaldirg‘ochlar uchyapti. Tamom)

Tag‘in o‘qing
16 noyabr 2015
Bu muammo O‘zbekistonning qo‘shni Afg‘onistonga elektr eksport qiluvchi hududlarni ham chetlab o‘tayotgani yo‘q. O‘zbekistondagi elektr o‘chishi bilan bog‘liq azaliy ...
26 mart 2020
«Vaqt mashinasi» rukni ostidagi bugungi hikoyamiz Rossiya istibdodi ostidagi Turkistonda ijtimoiy tanglik hukmron bo‘lgan davr – o‘tgan asr boshlarida ...
9 aprel 2015
Bugungi kunda ahborot qatlamida Rossiya amalga oshirayotgan ishlarni, nafratni qo‘zg‘ashdan boshqa narsa deya atab bo‘lmaydi, deydi jurnalist Qudrat Bobojonov.  ...
20 iyun 2017
15 iyun kungi selektor yig‘ilishida Prezident Mirziyoev qo‘sh xotinlik muammosini tilga oldi. «ZAGS hujjati bo‘lmagan shaxslarga nikoh o‘qigan har ...
Bloglar
26 avgust 2022
30 yildirki sargardonlikda, avval Norvegiyada keyin Turkiyada yashayotgan Muhammad Solih yangi kulliyoti – asarlar to‘plami ...
15 avgust 2022
Taniqli siyosat arbobi va shoir Muxammad Solih suhbatining davomida sevimli ayoli Oydin xonim bilan kechirgan ...
10 avgust 2022
Taniqli siyosat arbobi va shoir Muxammad Solix bilan may oyida o‘tkazilgan bu suhbat bevosita Eltuz ...