UzPoster
12 may 2023

Karimov davrida ezilgan Stalin Yangi O‘zbekistonda yayramoqda

Toshkent shahar IIBB axborot xizmati rahbari Nilufar Isaxonova  ko‘chada yuzlab odamlarning Stalinni olqishlab, qichqirishini qonuniy deb baholadi.

Toshkent shahrida 9 may kuni yuzdan ortiq shaxs “Birodarlar qabristoni”da sovet  bayrog‘i ostida “Birodarlar qabristoni”da  «Stalinga urra» deb yurish qilgan edi.

Voqeani o‘z Telegram kanalida joylagan Nikita Makarenko “Kecha Bratskiydagi (Toshkentdagi “Birodarlar qabristoni”) ushbu karnavalda jiddiylik bilan “O‘rtoq Stalinga, ura!” deb qichqirgan holda O‘zbekiston SSR bayrog‘i ostida yurish qildi. Qodiriy, Fitrat va boshqa minglab yurtdoshlarimizning qotili uchun “ura”mi?”, —deya o‘z e'tiroz bildirdi.

Toshkent shahar IIB zobitlarining kavakka kirib «axmoqni yoqib olgani»ga qaraganda   jallod Stalinni ulug‘lashga «dobro» Yangi O‘zbekiston tepasiga o‘rislar ekib qo‘ygan rahbarlar tarafidan berilgan. 

Tonirovka masalasida tomog‘ini yirtadigan balogirlar suruvi  o‘sha kuni tinchgina boshqa o‘tloqlarda o‘tlab yurdi. @eltuz2022 Toshkentda SSSR bayrog‘ini hilpiratib yurish IShIDning qora bayrog‘ini kӯtarib yurishga teng ekstremistik jinoyat bӯlishi kerak aslida.

Tag‘in o‘qing
11 yanvar 2017
Dunyodagi eng ishi yurishgan fotosuratchilardan biri 73 yashar Attor Abbos Eronda dunyoga kelib Parijda dunyoga tanildi. U hali sakkiz ...
22 avgust 2022
Bir guruh o‘zbek faollari AQSh adliya vazirligiga murojaat qilib amerika mulozimlaridan  Gulnora Karimova o‘g‘irlagan pullarni Gulnoraga  qaytarmaslikni talab qildi. ...
6 yanvar 2022
O‘zbek muxolifat lideri Muhammad Solih Eltuz muxbiri bilan suhbatda Qozog‘istondagi voqealarga munosabat bildirdi. O‘zbekiston «Erk» demokratik partiyasi lideri Muhammad ...
13 mart 2017
Ertaklar odatda erishilmas orzularning hayoliy ifodasidir. O‘zbek xalq ertaklari odil podsho va yovuz vazirlar makri haqidagi syujetlar bilan to‘la. ...
Bloglar
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...