Dayjest
27 may 2016

Qashqadaryoda 12 yil ishlagan soxta diplomlik muallima fosh bo‘ldi

«Adolat ko‘zgusi» gazetasi bugungi o‘zbek maktablaridagi achinarli holatlardan biri, ya'ni ta'lim muassasalarida soxta diplom bilan dars berayotgan o‘qituvchilar borligiga ishora qilingan maqola chop etdi.

Ma'lum bo‘lishicha, Qashqadaryo viloyatilik Zarina ismli ayol maktabda yaxshi o‘qimagani, bilimi haminqadar bo‘lgani holda bir tanishi orqali Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining soxta diplomini sotib olgan.

Bu diplom bilan maktablardan birida mehnat va fizika fanlaridan bolalarga saboq bera boshlagan. Oz emas, ko‘p emas, 2003 yildan to 2015 yilgacha, ya'ni 12 yil davomida o‘qituvchilik qilib kelgan.

Yangi kelgan maktab direktori o‘qituvchilarning diplomlarini tekshirtirish uchun hamma institutlarga xat jo‘natganidan keyingina Zarinaning diplomi soxta ekani ma'lum bo‘lib qolgan.

Eng qizig‘i, maktabda ham yaxshi o‘qimagan bir ayol 12 yil davomida fizikadan qanday dars o‘tayotganini nahotki son-sanoqsiz tekshiruvchilar, qolaversa, maktab ma'muriyati bilmagan bo‘lsa?! Shuncha yil davomida bu savodsiz ayol qanchadan-qancha o‘quvchiga fizikadan «dars o‘tgan» axir.

Yaxshiki, bu o‘qituvchining kirdikorlari fosh etilib, jazoga tortilibdi. Ammo o‘zbek maktablarida bunday «o‘qituvchilar» qancha ekan?

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
30 mart 2016
Prezident Karimov hokimiyatdan hali ketish niyati yo‘qligini aytgan, hokimiyatga yaqin shaxslar esa allaqachon hokimiyat boshqa bir kattakonning, uning kuyovi ...
12 may 2016
Shu kunlarda o‘ndan ortiq “O‘zavtosanoat” xodimlari va ustalar zudlik bilan Rossiyaga hizmat safariga jo‘natilgan. GM Uzbekistan zavodidagi muhandisning Eltuz.com ...
26 avgust 2019
Toshkent shahrida 23-24 avgust kunlari Shayxontohur tumani 4-ichki ishlar bo‘limiga «Malika» savdo majmuasidagi tayanch nuqtasiga soqolli erkaklar tutib keltirilib, ...
30 yanvar 2020
Qozog‘iston Xitoyga va Xitoydan yӯlovchilar transporti qatnovini to‘xtatish bilan birga Xitoy vatandoshlariga viza berishni ham cheklamoqda.  Bu haqda mamlakat ...
Bloglar
19 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...