Dayjest
23 fevral 2017

Kadrlar tayyorlash milliy dasturining bir tiyinga qimmatligi aytildi

Gazetalarimizda yillar davomida Kadrlar tayyorlash milliy dasturining o‘ziga xosligi, taraqqiyotimiz uchun muhim o‘rin tutishi, dunyoda o‘xshashi kamligi tinimsiz ta'kidlab kelinayotgandi.

Ammo «Hurriyat» gazetasida (22.02) chop etilgan «Ta'lim tizimi: muammo va yechimlar» maqolasida bildirilgan fikrlar yuqoridagi ta'kidlar g‘irt yolg‘on ekani, aslida bu milliy dastur bugungi kun uchun bir tiyinga qimmatligi bildiriladi.

Garchi maqolada to‘g‘ridan-to‘g‘ri Kadrlar tayyorlash milliy dasturi haqida gap bormasa-da, undan aytilgan mulohazalar aynan shu dasturning bugungi kun uchun yaroqsiz ekaniga ishora qiladi.

«Bugun amaldagi ta'lim tizimimiz zamonaviy, rivojlangan davlatlardagi kabi globallashuv talablariga javob bera oladimi? Ta'lim tizimida yechimini kutayotgan qanday muammolar bor?» degan ritorik savollarni o‘rtaga tashlaydi maqola muallifi bo‘lmish O‘zMU professori.

Bu savollarga uning o‘zi javob berishga harakat qiladi. «Kadrlar tayyorlash milliy tizimining globallashuv jarayonida bozor talablariga javob bermasligi, ta'lim tizimida o‘quv jarayonining moddiy-texnika va axborot bazasi takomiliga yetkazilmaganligi, yuksak malakali pedagog kadrlarning yetishmasligi, hozirgi zamon talablariga mos o‘quv-uslubiy va ilmiy adabiyotlar kamligi, fan, ta'lim va ishlab chiqarish o‘rtasida o‘zaro aloqalarning zaifligi tizimdagi kamchiliklardan hisoblanadi», deydi muallif.

Shuningdek, maqolada aytilishicha, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining taxminan 10 foizigina oliy o‘quv yurtlariga birinchi yiligi o‘qishga kirmoqda, xolos. Shu bois, qo‘shimcha ta'lim – repetitor xizmatiga katta ehtiyoj mavjud.

Maqolada ta'lim muassasalari o‘quv jarayonini tashkil etishda yetarlicha mustaqillikka ega emasligi, ular mehnat bozorining o‘zgaruvchan sharoitlariga yaxshi moslashmagani, shu bilan birga, tizimdagi o‘qituvchi-pedagoglar katta qismining bilim va kasbiy darajasi pastligi jiddiy muammo ekani tanqid qilinadi.

Muallif bugungi kunda xorijiy mamlakatlar oliy o‘quv yurtlarida o‘qib, o‘sha yerda qolib ketayotgan yosh olimlar muammosini tilga oladi va ular o‘sha yerda «…magistraturani tugatib, ilmiy ishlarini davom ettirib, fan doktorlari bo‘lib, o‘sha mamlakat universitetlarida, ilmiy tekshirish institutlarida samarali faoliyat ko‘rsatayotgani»ga e'tibor qaratadi.

Gazetada xorijiy ilmiy-tekshirish institutlari, OAVlarda faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik yoshlarni mamlakatga chorlab, ularning salohiyatidan yurt taraqqiyoti yo‘lida foydalanish taklifi ilgari surilgan.

Yuqorida aytganimizdek, garchi maqolada Kadrlar tayyorlash milliy dasturi bugungi kun talablariga javob bermasligi ochiq aytilmagan bo‘lsa-da, ta'lim tizimini zamon ruhiga moslab takomillashtirishga doir muhim mulohazalar bildirilgan.

Bu masalaning matbuotga chiqarilishining o‘zi maqtovga loyiq. Endi hammasi hukumat o‘zining ko‘p yillik xatosini tuzatish uchun qanday yo‘l tutishiga bog‘liq nazarimizda!

Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
30 iyun 2016
Turkiya Ichki ishlar vazirligi tarqatgan ma'lumotga ko‘ra, Terrorchilardan biri O‘zbekiston vatandoshi. Yana biri esa Rossiya Federatsiyasining Dog‘iston respublikasidan yana ...
2 avgust 2016
Mustaqillik bayrami arafasida xorijliklarning o‘zbek xalqiga tabriklarini chop etish an'anasi shu kunlarda qizg‘in davom etyapti. «Jahon» axborot agentligi tayyorlagan, ...
27 aprel 2022
Xorazm viloyatining Xiva shahrida 25 aprel kuni Lazgi xalqaro raqs festivali boshlandi. Dunyoning 30 dan ziyod mamlakatlaridan kelayotgan mehmonlar ...
22 dekabr 2016
21 dekabr kuni Toshkent shahar sudida Davron Norboev hakamligida diniy ekstremizmda ayblanayotgan to‘rt nafar shaxs ustidan sud davom etdi. ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...