Vaqt mashinasi
11 aprel 2017

12 aprel – qo‘shiqchi va sobiq deputat Sherali Jo‘raev tug‘ilgan kun

Sherali Jo‘raev xalq sevgan xonanda 70 yoshga to‘ldi. U 1999 yildan buyon o‘zbek hukumati peshvolari nazarida Muhammad Solihning do‘sti bo‘lgani uchun sahnadan chetlatilgan, va uning qo‘shiqlari televideniening davlat kanallari orqali translyatsiya qilinmayotgan edi. Biroq, Karimov o‘limidan keyin unga asta sekin katta sahna eshiklari ochila boshladi.

Mustaqillikning dastlabki yillari xonanda bot-bot prezident Karimov yonida ko‘rindi, davlat tashriflari payti u Karimovga hamroh bo‘ldi. Biroq keyingi yillarda Sherali Jo‘raev yulduzi o‘chirila boshlandi.

Sherali Jo‘raevning hayoti va ijodi

Ostrovskiy nomidagi Teatr va rassomlik institutiga o‘qishga kirgan Sh.Jo‘raev 1966 yilgi Toshkent zilzilasi oqibatlarini bartaraf qilayotgan komsomol yoshlarga bag‘ishlab qo‘shiq aytib, ilk bora televidenieda chiqish qildi.

1971 yilda o‘qishni tugatgan Sh.Jo‘raev “diniy-mistik qo‘shiqlar kuylagani” uchun bir muddat efir va sahnadan chetlatib qo‘yildi.

O‘zbek yozuvchisi va “Sovet O‘zbekistoni san'ati” jurnali bosh muharriri Nurali Qobulning sa'y-harakati bilan 1980 yilda Sherali Jo‘raev yana sahnaga qaytdi.

“Sovet O‘zbekistoni san'ati” jurnali sahifasida surati chop qilindi.

1981 yilda yana Nurali Qobul ko‘magida “Melodiya” firmasida Sherali Jo‘raevning “Majnuntol” deb nomlangan plastinkasi chiqarildi.

1985 yili Moskvada o‘tgan XII yoshlar va talabalar xalqaro festivalida qatnashib, sovet hukumatini ulug‘lovchi “Davron bizniki” qo‘shig‘ini ijro qilgani ortidan Sherali Jo‘raev 1987 yilda O‘zbekiston SSR xalq artisti unvoniga loyiq topildi.

“Gorbachev hurriyati” deb atalgan oshkoralik davrida Sh.Jo‘raevning O‘zkomfirqa tizginida faoliyat ko‘rsatgani iddao qilinadi.

«Eltuz» muxbiri bilan suhbatlashgan «Birlik» faoli Solih Qodirovning aytishicha, «o‘zbek tiliga davlat maqomi berish talab qilingan mitinglarga talabalar bormasligini ta'minlash uchun Sh.Jo‘raev Xalqlar do‘stligi saroyida tekin kontsertlar bergan”.

S.Qodirovning so‘zlariga ko‘ra¸ uning bu xizmati O‘zkomfirqa tarafidan “inobatga olinib”, Sh.Jo‘raev 1990 yilda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashiga deputat qilib saylangan.

1991 yilda Sh.Jo‘raevga Alisher Navoiy nomidagi davlat mukofoti berildi.

1992 yilda Sherali Jo‘raev O‘zbekiston prezidentiga yo‘ldosh bo‘lib Turkmaniston safariga bordi.

O‘sha yili Sh.Jo‘raev O‘zbekiston prezidenti bilan birga Saudiyaga borib, haj ibodatini ado qildi.

Haj safaridan keyin Sh.Jo‘raev noma'lum sabablarga ko‘ra yana “istalmagan odam” maqomiga tushirildi.

Sherali Jo‘raevga tele-radio efirlarga chiqish va katta sahnalarda kontsert berishga norasmiy to‘siq Karimov o‘limi va Shavkat Mirziyoev iqtidorga kelganidan so‘ng olib tashlandi.

Sh.Jo‘raev 1999 yilda Urganchdagi xususiy TV ALC telekanaliga bergan suhbatida Muhammad Solih bilan do‘st bo‘lgani va uning ukasi Maqsud Bekjon uylanganida Xorazmga to‘yga borgani uchun “jazolanganini» aytgan edi.

1991 yildan beri o‘tgan davr mobaynida Sh.Jo‘raev katta sahnaga yana qaytish uchun bir necha bor urindi.

2014 yilda Sh.Jo‘raev “yuqorining rag‘batiga erishish maqsadida” Rog‘un va Qambarota GESlarining ekologik zarariga bag‘ishlangan qo‘shiq ijro qildi.

O‘zbekiston xalq shoiri, senator Iqbol Mirzo so‘zi va tashabbusi bilan yozilgan mazkur qo‘shiq Amudaryo va Sirdaryoning yuqori oqimlarida qurilayotgan yirik gidroinshootlarning zararidan bahs qiladi.

Matnda to‘g‘on qurib, o‘z qo‘shnisiga choh qazigan qo‘shnilar malomat qilinadi. Qo‘shiq matnida “To‘g‘on qurib, daryolarga to‘g‘anoq bo‘lgan zotlar” va “Qishda qorni qizg‘anguvchi past”lar tanqid qilinadi.

Qo‘shiq “yuqorining rag‘batiga sabab bo‘lmay, aksincha Tojikistondagi kontsertlarni xavf ostiga qo‘yganidan” tashvishga tushgan Sh.Jo‘raev Tojikistondagi mustaqil “Faraj” internet gazetasiga maktub yozib, “bu qo‘shiqni boshqacha talqin qilganlar esa xalqlar do‘stligiga rahna soluvchi kimsalar ekani” ni ta'kidlagan edi.

Eltuz.com muxbiriga ko‘ra, Sherali Jo‘raev o‘zining ilk klipini o‘tgan yili olgan.

Klip sovet davrining “maqom aravasi” bo‘lgan “Chayka” avtomobilida sayr qilayotgan, sovet davrini qo‘msovchi hofizning “nostalgik hissiy” obrazini tarannum qiladi.

Shuningdek, Sherali Jo‘raev 70 yoshga to‘lishi munosabati bilan kontsert dasturini ham taqjim etgan edi.

Botir Rajabov
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
11 oktyabr 2018
Moskvaning Tver tumani sudi 24 oktyabrda Islom Karimovning birinchi xotinidan bo‘lgan o‘g‘li 52 yashar Pyotr Karimovning «O‘zbekiston havo yo‘llari» ...
16 yanvar 2018
O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati raisining sobiq o‘rinbosari Shuhrat G‘ulomov o‘z qo‘li ostida bo‘lgan ikki zobit – Javdat Sharifxo‘jaev va ...
21 iyun 2020
Bugun O‘zbekistonda haqiqiy ma'noda mustaqillik kuni sifatida nishonlanishi kerak. Chunki bundan 30 yil burun, 1990 yil 20 iyun kuni ...
16 fevral 2023
Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Dastlabki shikoyat Qashqadaryo viloyatining Koson tumanidan. Nartichuqurlik ayollar mahalla ajratgan ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...