Catira
17 aprel 2017

Muhammad Solih: Qozog‘istonning lotinga o‘tish qarorini quvvatlayman

«Erk» Demokatik partiyasi lideri Muhammad Solih Qozog‘istonning yil oxirigacha lotin yozuviga o‘tish qarorini qo‘llab quvvatlashini bildirdi.

Muhammad Solih
«Erk» Demokratik partiyasi lideri

Qozog‘iston prezidenti Nazarboev yil ohirigacha kirill alifbosidan lotin yozuviga o‘tish rejasini ishlab chiqish, 2018 yildan mutaxassislarni yangi alifboga o‘qitish va o‘rta maktab uchun lotin alifbosida kitoblar chiqarishni boshlashi kerakligini tayinlagan.

Lotin imlosiga O‘zbekiston 90 yillar boshida o‘tgan, Muhammad Solih O‘zbekiston hukumatiga bu taklifini olib chiqqan parlament guruhi yetakchisi bo‘lgan edi.

 

O‘zbekistonning lotin yozuviga o‘tishi siyosiy qaror bo‘lgan

Bu qaror eng avvalo o‘zbek lingvistikasikasi qonuniyatlaridan kelib chiqqan edi, chunki kirill alifbosidagi yozuv bu talablarga javob bera olmasdi.

«Biroq 90 yillarda lotinga o‘tish masalasi turkiy xalqlarni bir biriga yaqinlashtiruvchi siyosiy ahamiyat kasb etdi «, dedi Muhammad Solih Eltuz muxbiri bilan suhbatda.

Chunki, o‘sha davrda turkiy tilda gaplashuvchi o‘zbek, qozoq, ozarbayjon, qirg‘iz, turkman xalqlari uchun mustaqillik g‘oyasi umumiy ahamiyat kasb eta boshlagandi.

Kiril alifbosi o‘zbek tilining buzilishiga, qardosh xalqlarning uzoqlashuviga xizmat qildi

Bugun Turkiyada yashayotgan o‘zbek siyosiy lideri Muhammad Solih 80 yillardayoq kiril imlosidagi qusurlar haqida qator maqolalar yozgan.

Xususan, Muhammad Solih 1985 yili turkiy xalqlarning qadimiy Dulbarchin runniy yozuviga o‘tishi maqsadga muvofiqligi haqida ham yozib chiqqan edi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, turkiy tilga xos singarmoniya hususiyati lotin alifbosida ko‘proq mujassam.

20 yillarda Sovet Ittifoqidagi turkiy xalqlar vakillari maslahatlashib lotin yozuviga asoslangan imloni qabul qilgan edilar, keyinchalik Turkiya davlati ham lotinga o‘tdi.

«Bu imlo O‘zbekistonda 20 yilcha hukmron bo‘ldi. Biroq rus shovinistlari bosimi ostida O‘zbekiston kiril imlosini qabul qilishga majbur bo‘ldi», deydi Muhammad Solih.

U kiril imlosi sabab o‘zbek tilidagi singarmoniya qoidalarining buzilganini aytadi. Bunga misol qilib, o‘zbek, qozoq, qirg‘iz xonandalari qo‘shiq kompozitsiyasidagi o‘zbek matni so‘zlarini keltiradi.

«O‘sha yerda, samarqandlik qizimiz menimcha, «turk» kalimasini «turq» deb gapiradi», Bu endi Karimov bizga taqdim qilgan lotin imlosidagi singarmoniya qoidalarining buzilishi natijasi».

Turkiya turkchasi – turkiy dunyoning muloqot tili

Muhammad Solih fikricha, alifbolarning o‘zgarishi sovet ittifoqi hududidagi madaniyati va tili bir bo‘lgan xalqlarning bir biridan uzoqlashtirdi.

Shuningdek u turkiy tilda gaplashuvchi xalqlarning o‘rtoq tili sifatida Turkiya lahjasidagi til qabul qilinishi kerak degan fikrda.

«Chunki bu tilda kam deganda 120 million xalq gaplashadi va yozadi. Bu til qoidalar ancha mukammallashgan», deydi Muhammad Solih.

Qozoqlar tez o‘tsin lotinga, Karimov rejimi hatosini takrorlamasin

Muhammad Solih o‘zbek imlosini isloh qilish yo‘lidagi Karimov yo‘l qo‘ygan sustkashlik va xatolarni birma-bir sanarkan, qo‘shimcha unli harflarni kiritish va ortiqchalarini olib tashlashga zarurat borligini aytadi.

«Bundan tashqari, chorak asr burun biz kiritgan takliflar hamon hayotga tadbiq etilgani yo‘q, hamon kim istasa kirilda, istasa lotinda yozib yuribdi» deydi Muhammad Solih.

Prezident Nazarboev Qozog‘istonning kirildan lotinga 2025 yilgacha muddat ichida o‘tishini taklif etmoqda.

Qozog‘iston parlamentidagi ko‘pchilik deputatlar qo‘llab-quvvatlagan bu taklif, lotin alifbosiga bosqichma-bosqich o‘tishni ko‘zda tutadi.

«Karimov rejimi milliy bir rejim bo‘lmagani uchun birinchi o‘rinda turishi kerak bo‘lgan til masalasini muttasil orqaga surib keldi, qozoqlar bu xatolarni takrorlamasin, cho‘zishmasin bu jarayonni», deydi Muhammad Solih.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
9 noyabr 2017
Ma'lum bo‘lishicha, o‘tgan yakshanba kuni Toshkentdagi bir qancha shifoxonayu poliklinikalar xodimlari Sergelida yangi qurilayotgan uylar oldini tozalash, ularni tartibga ...
16 iyun 2016
Ahmadboy shirkatining tekshirilishi natijasida, Ozodlik radiosining bildirishicha, 13 milliard 138 million so‘m va 7 million 900 ming AQSh dollari ...
20 sentyabr 2017
Sirdaryo viloyatidagi yagona Oliy o‘quv yurti Guliston Davlat Universiteti talaba va o‘qituvchilari 15 sentyabr kuni paxta terimiga jo‘nab ketishdi. ...
27 mart 2019
Rasmdagi ayol Estoniya prezidenti Kersti Kalyulayd. Myunxendagi konferentsiyada odamlar orasida o‘tirganida uni tanishmadiyam. U majlis zalida el qatori oddiy ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...