Video
6 iyul 2017

Mahmud Yo‘ldoshev she'riy audio kitobini tarmoqqa qo‘ydi (video)

O‘zbekistonlik adib va ruhshunos olim, bir qancha hikoyalar va she'rlar muallifi Mahmud Yo‘ldoshev 2-iyul kuni o‘zining audiokitobini chop etdi.

«Sidraning to‘rt mevasi» deb nomlangan bu kitobga shoirning to‘rtliklari kiritilgan. Bu to‘plam oddiy kitob holida 2015 yili nashr etilgan, biroq audio kitob shaklida ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgach, muxlislar uning she'rlarni yangi mazmunda kashf etishmoqda.

Yo‘ldoshev bugungi o‘zbek yoshlari uchun zamonaviy shakldagi elektron kitoblar, audio kitoblar chop qilinishi lozim degan fikrda.

U shuningdek, O‘zbekistonda audio kitob chop qilish bilan bog‘liq muammolar borligini ham aytadi.

«Ko‘pchilik kitob do‘konlarida SD shaklidagi audio kitoblarni taklif qilishadi, bu ham kam hollarda, ammo men audio kitoblarning fleshka va internetdagi zamonaviy variantlarini ko‘proq rivojlantirish kerak deb o‘ylayman»

Xozircha Maxmud Yo‘ldoshevning audio she'rlar to‘plami faqat uning feysbuk va odnoklasniki tarmog‘i orqali, tekin tarqalmoqda.

Audio kitobni hozircha bu yerda tinglash va ko‘chirib olish mumkin.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
11 mart 2021
11 mart kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Muzrabot tumani sudida bloger Otabek Sattoriy ustidan sud boshlandi. Sattoriy tovlamachilik, tuhmat va ...
27 may 2020
«2016 yil 24 dekabr. Kunduzgi soat 12:00 da shtabdan chopar keldi va zudlik bilan shtabga yetib borishimni aytdi. Shtabgacha ...
24 noyabr 2016
Bugunga kelib Bosh vazirning virtual qabulxonasi orqali yechilayotgan muammolarning aksariyati nihoyatda jo‘n va mayda masalalar ekani ayon bo‘lib qolmoqda ...
8 mart 2023
Klara Tsetkin xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha faol kurashchi edi. Uning ismi Xalqaro xotin-qizlar kunini nishonlash bilan uzviy bog‘liqdir. ...
Bloglar
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...