«Ochilgan ko‘zdan so‘rang, u ko‘rajakdir…»
Xayrullo Fayz 1970 yilda Ho‘jandda tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini bitkazgan. Bi Bi Si radiosining o‘zbek xizmatida ishlaydi.
Ochilgan ko‘zdan so‘rang
U ko‘rajakdir
Avval ko‘rinmagan gullarni
Hazonlarni
Sochilib uchgan
Har kuni mana shu yo‘ldan bitta manzilga erinmay qatnab
Erinmay xar kuni manzshiga qaytayotgan
Tobora qarib qolayotgan
Koinotni
Ko‘rajakdir bu ochiq ko‘z
Egilgan bu yelka esa
Mo‘min musulmondir
Yaxshi nasroniydir
Oliyjanob buddaviy
Mehribon hindu
Ogriyotgan oyoqdan ketayotgan mador esa
boshning kapalakdan ham ogirligi haqida katta afsona
bedil aytmish bemantiq
bedil aytmish dunyoni tutgan
ko‘zdan ko‘zga qadar uzilmasdan tizilgani esa
tomchi tomchi tomchi tomchi tomchi
yoshlardir g‘uborlarni aritgan
beg‘ubordir
ochiqdir
so‘rang
Xayrullo Fayz
Ozodlik ohanglari
Eltuz.com