chorshanba,
18 dekabr 2024
16 avgust 2017
«Shaharlar, o‘sha daydi bulut soyasi misol…»
Shoir Maqsud Bekjon 1961 yil Xorazmda tug‘ilgan. Moskvadagi Maksim Gorkiy nomli Adabiyot institutini tamomlagan. Uchta she'riy kitob va ikkita hujjatli film muallifi. Hozirda Norvegiyada yashaydi.
Xorazm
Xorazm yelimday yopishar ruhimga,
Bir xira pashshaday buzadi rohatim,
Men bardosh berolmay bu zayl zug‘umga,
She'r ayta boshlayman yo‘qotib toqatim.
Qalbimni so‘zlar-la qo‘riyman pashshadan,
Ruhimdan yelimni artaman majoz-la,
Ammo bir nashavand qay yo‘sin nashadan
Xalos bo‘la olar so‘z ila, soz-la?
Xorazm vasvasa, men esa bir vosvos,
Ko‘zimning o‘ngidan surati ketmaydi.
Men dengiz tubiga sho‘ng‘igan bir g‘avvos,
Menga havo, ya'ni, Xorazm yetmaydi…
Maqsud Bekjon,
Ozodlik ohanglari,
Eltuz.com