Asosiy mavzular
1 may 2018

Abdusalom Ergashev: DXX meni seks videosi bilan shantaj qildi

O‘zbekistonlik faol, 72 yoshli Abdusalom Ergashev ijtimoiy tarmoqlarda, telegram va messenjer orqali tarqalgan, go‘yoki uning allaqaysi ayollar bilan axloqsiz tarzda «jinsiy aloqa qilayotgani» aks etgan videolari yuzasidan «Eltuz» nashriga izoh berdi.

Uning bildirishicha, Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) xodimlari uni shantaj qilishgan va uning «boshi» va qaerdadir gapirgan «so‘zlari»ni axloqsiz seks manzarasi aks etgan videoga qo‘shib, montaj qilib tarqatishgan.

«Videolarda ko‘ringan «kalla» va «ovoz» meniki, lekin u yerda bo‘layotgan ishga mening mutlaqo aloqam yo‘q», dedi u «Eltuz» muxbiri bilan suhbatda.

Uning bildirishicha, bundan bir yarim oycha ilgari shunday videolarning ikkitasi unga «Telegram» ijtimoiy tarmog‘i orqali kelgan.

«Birinchisi, kuppa-kunduz kuni, serqatnov joyda «Neksiya» mashinasi ichida olingan, homiladorligi 7-8 oy bo‘lib qolgan yoshgina qiz qip-yalang‘och haligi ishni qilyapti. Kimdir chetda turib bu manzarani telefoniga yo kamerasiga olyapti. «Abdusalom aka, mana shu qizim ham sizniki», deb qorniga ishora qiladi, Abdusalom aka bizni yaxshi boqadi, yaxshi qaraydi, anovi-manovi… shuncha xotini bor, deya yana o‘z so‘zlari bilan mening kimligimni ifodalayapti…

Keyin ikkinchi video keldi, faqat bu safar so‘rining ustida olingan. Pastda soy oqib turibdi. So‘rida boyagi ish bo‘lyapti. Xuddi o‘sha oldingi stsenariydaqa, yana o‘sha «Abdusalom aka», «Hoji aka» kabi gaplar».

Uchinchi video haqida Abdusalom Ergashev unga huquq faoli Mo‘'tabar Tojiboeva xabar yetkazganini aytadi.

«Voy, Abdusalom aka! Tez bayonot bermasangiz bo‘lmaydi! Voy, sizning videoingizni chiqarishivoribdi xotiningiz bilan. 4 yasharmi, 5 yashar o‘g‘lingiz bo‘lsa kerak… Voy! Voy, shunaqa yomon sharmandalik! Bolaning oldidayam shunaqa yomon ishni qiladimi?» deyapti.

«He! O‘pkangni bosib ol. Menda unaqa o‘g‘il yo‘q. Unaqa ish ham bo‘lgani yo‘q. Meni ogohlantirishgandi bundan, aytganman senga oldin, dedim», deydi Abdusalom Ergashev o‘z suhbatidan iqtibos keltirib.

Ergashev uzoq vaqt tinchib ketgan MXX ayg‘oqchilarining bir yil burun ancha jonlanib qolishgani, uning ortidan yana kameralar bilan poylay boshlashganini bildiradi.

Uning «Eltuz»ga aytishicha, o‘tgan yil avgust oyida prokuratura idorasida maxfiy xizmat xodimi u bilan g‘alati «suhbat» o‘tkazgan.

U yerda, Ergashevning aytishicha, uning so‘zlari va qiyofasi montaj qilingan axloqsiz seks sahnasi aks etgan videolarni ko‘rsatishgan, kompyuteridagi axborotlarni tekshirishgan.

Jurnalist Bobomurod Abdullaev ustidan ochilgan ishga uni bog‘lashga urinish bo‘lganini taxmin qiladi huquq faoli. Shu bois, o‘tgan yili test tariqasida yozish uslubini tekshirish uchun rasmiylar ruscha maqolalar buyurtma qilishgani, bu maqolalar esa hech bir nashrda e'lon qilinmagani va xotinini chaqirib, u haqda konfidentsial axborot olishga urinishganini eslaydi.

Uni yomonotliq qilib, qasd olishlariga yana bir sabab, Ergashevga ko‘ra, uning «Erk» demokratik partiyasi lideri Muhammad Solih bilan do‘stona aloqalarini davom ettirgani hamdir.

Bundan tashqari, faol uning xavfsizlik idorasi bilan hamkorlikka unamagani ham undan shu tariqa qasd olinishiga sabab bo‘lganini taxmin qiladi.

Shuningdek, Ergashevning «Eltuz»ga bildirishicha, seks videolari bilan uni sharmanda qilishdan maqsad chet el matbuotiga tez-tez intervyular beruvchi faolning tilini tiydirishdir.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
24 sentyabr 2019
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti mutasaddilari tashkil etgan “trollar fabrikasi” haqidagi gap-so‘zlar bir necha kundan buyon internetning o‘zbek segmentida qizg‘in ...
7 aprel 2016
O‘zbekistonliklar orasida so‘nggi kunlarda avj olgan 16 va 32 kilogrammlik polvontoshlarni qidirish vasvasasi mashhur «Oltin devor» p'esasini eslatadi, faqat ...
7 mart 2023
1) Siz tug‘ilganingizda o‘g‘il bola tug‘ilgani kabi quvonishmaydi. «Bola o‘ldirishdan ko‘ra kamroq tarqalgan selektiv abortlar bilan ulkan miqdorda qiz bolalar ...
4 dekabr 2018
O‘zbekistonda Mudofaa vazirligi qo‘shinlarining jangovar tayyorgarligini sinovdan o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan keng ko‘lamli o‘quv mashg‘ulotlari besh kun davom etdi. ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...