UzPoster
4 may 2023

4 may – rus bosqinchisi Kaufmanga Toshkentda haykal o‘rnatildi

Turkistonni ishg‘ol qilgan rus bosqinchi generali fon Kaufmanga Toshkentning bosh xiyobonida 1913 yilning 4 mayida yodgorlik o‘rnatilgan edi. Ushbu haykalni loyihalashtirish uchun o‘sha paytda toshkentliklarga soliq sochilib, 80 ming rubl ham yig‘ib olingandi.

Ayni bugunga kelib, media tarmog‘ida rus bosqinchilariga o‘rnatilgan butxonaning qayta tiklanishi asnosida fon Kaufmanga o‘rnatilgan yodgorlik rasmlari istehzoli izohlar avj oldi.

«Prezident qarori bilan Konstantin fon Kaufmanga o‘rnatilgan yodgorlik tiklanadi. Amir Temur yodgorligi esa Bobur istirohat bog‘iga ko‘chiriladi. Bobo va nabira birgalikda quvonishadi», deya rasmga izoh yozishdi.

Interfasdan deb berilgan bu xabar feyk. Lekin bunga jiddiy asoslar bor.

2019 yilning 2 may kuni Namangandagi uchrashuvida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev sovet generali Sobir Rahimov haykalini qayta tiklab qo‘yish taklifini bildirgan edi.

Bundan ilgari prezident Shomahmudovlarga o‘rnatilgan sovet yodgorligini joyiga qaytarish taklifi bilan chiqqandi.

Shuningdek, Mirziyoev Toshkent markazidagi «Istiqlol» san'at saroyi va metro bekatiga “Xalqlar do‘stligi” nomini qaytarish qarorini bildirgandi.

Bu voqealar fonida Turkistonni ishg‘ol qilgan rus generali Kaufmanga o‘rnatilgan haykalining rasmi achchiq, istehzoli mem tarzida paydo bo‘ldi.

Kaufmanga o‘rnatilgan bu haykal inqilobdan so‘ng, 1919 yilda buzib tashlangan va granit postament ustida konstruktivizm asosida ishlangan o‘roq va bolg‘a, 1930 yili Lenin haykali, 1940 yil oxirlarida Stalin haykali, 1968 yilga kelib Karl Marks haykali, 1994 yilning 31 avgustiga kelib Amir Temur haykali o‘rnatilgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
11 sentyabr 2023
Chirchiq Davlat pedagogika universiteti rahbariyati ushbu universitetning o‘zbek tili va adabiyoti uchinchi bosqich talabasi Karomat Muqimovaga universitet yotoqxonasidan joy ...
3 iyun 2016
30 may kuni yozuvchi Mamadali Mahmudovning uyiga uning ruhsatisiz, devor oshib tushgan shaxslarning bosimi adibning keksaygan 75 yoshida ayni ...
22 iyul 2022
Amerikada «Gazeta tog‘i» degan cho‘qqi bor. Bir paytlar hindu qabilalari shu cho‘qqi toshlariga o‘z kechmishlarini rasm chizib izhor qilib ...
26 sentyabr 2016
Bugun qishloqda eng muhim ish paxta yig‘im-terimi bo‘lib turibdi. Hokimiyat vakillari paxta bu siyosat ekanini aytib, o‘qituvchi va shifokorlarni, ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...