Asosiy mavzular
26 dekabr 2018

Mirziyoev davrida davlatning tashqi qarzlari oshdi

2018 yilning birinchi yarmida O‘zbekistonning tashqi qarzi qariyb 16 milliard dollarni tashkil etdi va YaIMning qariyb 40-45 foiziga yaqinlashdi. Bu Islom Karimov davridagiga nisbatan ancha ko‘pdir.

Prezident Karimov, 2014 yilning dekabr oyida, mamlakatning tashqi qarzi YaIMning 15 foizidan oshmasligini aytgandi.

Iqtisodchi Abdusattor Haydarovning «Eltuz» nashriga bildirishicha, mamlakat qarzlarining ko‘payishiga modernizatsiya jarayoni sababdir.

“Chetdan mashina va asbob-uskunalar kelishi ortgani mamlakatni modernizatsiyalash jarayoni bilan bog‘liq, qurilish materiallari ko‘paygani esa, so‘nggi vaqtlarda bu sohada ish hajmi ortganinini anglatadi”, deydi Haydarov.

Uning fikricha, rivojlanayotgan davlatlarda islohotlarning dastlabki bosqichida importning eksportdan ortishini tabiiy qabul qilish kerak.

Hamma gap mana shu modernizatsiyalashning qanchalik tez samara berishida. Aks holda davlatning tashqi qarzi ortib boradi va bir kun kelib bu byudjetning imkoniyatlarini cheklab qo‘yadi”, deydi iqtisodchi “Eltuz” bilan suhbatda.

Bugunga kelib, o‘tgan uzoq yillar davomida O‘zbekistonda iqtisodiy rivojlanishning o‘zi bo‘lmagani, korruptsiya, avtoritar boshqaruv tizimi tufayli xorijiy davlatlar va xalqaro moliya tashkilotlari mamlakatga qarz berishdan o‘zini tiyib kelgani ma'lum bo‘lmoqda.

Haydarovning ta'kidlashicha, endilikda xalqaro hamjamiyatning O‘zbekistonga munosabati ijobiy tomonga o‘zgargan.

“Bu vaziyatdan imkon qadar unumli foydalanib, modernizatsiyalash samarasini oshirish kerak. Aks holda tashqi qarzimiz ko‘payib, uning iqtisodiyotga tushayotgan yuki og‘irlashib boraveradi. Biz tezroq tashqi savdoda mutanosiblikni ta'minlashimiz yoki ijobiy saldoga erishishimiz kerak”, dedi A.Haydarov.

eltuz.com

Tag‘in o‘qing
19 dekabr 2022
Amerikada o‘zbek zo‘ravon, 38 yashar Akmal Narziqulov 20 yilga qamaldi. Soxta prava yasash, prava imtihonini soxtalashtirish, odam o‘g‘irlash va ...
14 fevral 2017
O‘zbekiston poytaxti Toshkent va boshqa shaharlarida, o‘tgan yili, taniqli qo‘shiqchilar tashkil qilib kelgan “Sevishganlar kuni” nomli kontsertlar to‘xtatib qo‘yilgandi. ...
24 yanvar 2016
O‘zbekiston rahbariyati “bizda millionerlar yo‘q” deb turgan bir paytda Qashqadaryo viloyat Yakkabog‘ tumanida 23 yashar millioner istiqomat qilmoqda. Agar ...
24 iyun 2016
21 iyun kuni o‘shlik Rustamjon Turg‘unov ismli 33 yashar o‘zbek o‘zi bilan birga Fotixdagi arzon mehmonxona (Malabadi Beyazit Hotel)da ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...