Asosiy mavzular
27 sentyabr 2019

RTdan va'z: Kitob o‘qigani uchun shoiri qamalgan davlat

Shu kunlarda hafsalam pirdir – aytganlarim nafcilambirdir. Qattiqroq gapirmaslik uchun ertak aytsam. Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bittasi bakovul, qolgani yasovul ekan. Xullas, Gurlan degan joyda bir bo‘g‘irsoq yashar ekan. Shu mamlakat podshosi shu bo‘g‘irsoqni yeb qo‘ysam, deb qasd qilgan ekan.

O‘z qasdini qonunga ham
biroz to‘g‘rilamoq bo‘lib,
Qichqiribdi bo‘g‘irsoqqa
podshoh ko‘zi qonga to‘lib.
Sen iflosni bilaman man,
uch yil burun juda dag‘al
bir gap qilib eding menga,
ko‘rsataman endi senga.

Ya'ni podshohning keti taxtga svarka bo‘lganiga 3 yil bo‘lgan ekan.
Bo‘g‘irsoq ko‘rsaki, unga kun yo‘q. Hayo huyt deb yo‘lga chiqibdi.
Bo‘g‘irsoqning o‘zicha yurish qilgani podshohga yoqmabdi. O‘rmondagi hayvonlarni uning yo‘lini to‘sishga buyuribdi.

Avval quyon bo‘g‘irsoqning yo‘lini to‘sibdi. Bo‘g‘irsoq quyonga topishmoq aytibdi.

– Chopsang chopilmaydi, otsang otilmaydi – bu nima?
Quyon javob topa olmay karaxt bo‘lib qolibdi.

Endi yo‘lni bo‘ri to‘sibdi. «Ey bo‘g‘irsoq, nima qilasan yurish qilib, uyda o‘tirsang bo‘lmaydimi», debdi bo‘ri.

Bo‘g‘irsoq bo‘riga she'r o‘qib bergan ekan, bo‘rining boshi she'r mag‘zini chaqa olmay, tormoz bo‘lib qolibdi.

Bo‘g‘irsoqning yo‘lini to‘sish buyurilgan ayiqpolvonning o‘zi o‘rmonda adashib ketibdi.

Bo‘g‘irsoq o‘z yo‘lida ketaveribdi. Podshoh bo‘g‘irsoqning oldiga ayyor tulkini yuboribdi.

Tulki bo‘g‘irsoqqa yaxshi muomala qilib, “Menga ham she'r o‘qib ber”, debdi.

Bo‘g‘irsoq endi she'r o‘qiy boshlagan ekan, tulki “Qulog‘im yaxshi eshitmadi, tumshug‘imga chiqib ayt”, debdi.

Bo‘g‘irsoq tulkining tumshug‘iga chiqibdi. Tulki bo‘lsa, “Endi tilimga chiqib, she'r ayt”, debdi.

Tulkining tiliga chiqib she'r aytibdi bo‘g‘irsoq bechora. Ayyor tulki bo‘lsa bo‘g‘irsoqni yeb qo‘yibdi.

Ertakdan xulosa – tulkining gapiga ishonmang.

Ertagimiz shu yerda tugadi. Endi yosh bolalar bo‘lsa, siyib kelib uxlasin.  Qolgan gapimiz aqli-hushi joyida bo‘lgan kattalarga atalgan.

Albatta, bu ertak shu kunlarda o‘z haqini talab qilib yurish qilgani ortidan 10 kunga qamalgan shoir Mahmud Rajab taqdiriga yo‘g‘on ishorat ekanligini aqli-hushi joyida bo‘lgan kattalar tushunib yetdi. Zotan, shoirning kitobini o‘qigan yana bir shoir ustidan jinoyat ishi ochgan davlat mutlaqo razil va jirkanch davlatdir.

Mahmud Rajab isyonidan bir necha saboq chiqdi: tuxumdan chiqiboq hukumat oxuridan yem yeya boshlagan “bloger”larning sariq chaqalik qiymati yo‘qligi yaqqol ko‘rindi… Qahhorov-mahhorov, xushnud-pushnud va pechkachilar. Grosh vam tsena!

Akkreditatsiya olib qiyshanglagan muxbir opayu va boshqa otinu qori taqsirlarning yetib kelgan somonxonasi aniq bo‘ldi.

Ikkinchi saboq esa: “Haqiqat uchun yurish mumkin. Hech bo‘lmasa 50 kilometr. Buning uchun otmaydilar, osmaydilar. Maksimum ichki ishlar bo‘limiga olib borishadi va oxir-oqibat Mahmud Rajab yana qahramon bo‘lib qolaveradi».

Uchinchi saboq shuki, prezident aytgan o‘zgarish va ochiqlik siyosati yolg‘on va cho‘pchak bo‘lib chiqdi. Mirziyoev safsataboz, bir “samozvanets”.

To‘rtinchi saboq “Mirziyoev – islohotchi» deya ishonishni istayotgan jahon jamoatchiligi vakillari uchundir. Ular endi bu “islohotchi”ga ishonishmaydi. Mahmud Rajab haqida bugunning o‘zida Varshava, Berlin va Jenevadagi majlislarda gapirildi. Yana gapiriladi.

Kitob o‘qigani uchun shoirni qamagan davlatga sayyoh ham kelmaydi.

Beshinchi saboq esa budir: bu to‘da hali ham millat bo‘lib shakllanmadi. Molday yeb, yotgan yeriga tezaklaydigan bu qavm boshiga ne falokat kelsa – oz.

Urganch milisa idorasiga qamalib tergalayotgan 12 kishi – millat.
Qolganlar – aholi.

Tuningiz xayrli bo‘lmasin, zotan, ertangiz qorong‘u. Topgan-tutganingiz prezident kuyovlari ko‘ngilxushligi uchun sarf bo‘ladi.
Chao pompidu – Kurva Kokain.

Gapning qisqasi: bloger va jurnalistlar uchun Mahmud Rajab voqeasi bir imtihon bo‘ldi.  Ular bu imtihonda o‘ta olishmadi.

Martin Lyuter King Atlantadan Vashingtonga qarab yo‘lga chiqqanida yonida 200 kishi bor edi. U manzilga yetganida esa safdoshlari soni 200 ming kishiga yetgandi. Shu bois, Amerikaning qora tanli aholisi yelkasiga oftob tegdi. Shu bois, Amerika Qo‘shma Shtatlari hamma borishga intiladigan magnit mamlakat bo‘lib turibdi.

Bizda-chi?

Mahmud Rajab yo‘lga chiqqanida mamlakatdagi biomassa “Qachon qamarkan bu aktiv amakini”, deb passiv kuzatib turdi.

Boz ustiga, “Bu shoir akamiz anavi qonuni buzdi, taqiqlangan kitobni nega o‘qiydi, yuravermaydimi bizga o‘xshab qul bo‘lib”, deydigan aqllilar urchidi. Yana jahlim chiqib 33 millionlik o‘siroq biomassaning go‘riga g‘isht qalavormaslik uchun ertak ayta qolay.

Ertaklar – yaxshilikka yetaklar. Ertak bilan boshladim, ertak bilan tugataman.

Xullas, Susambil yurtida qizlar bakovul, kuyovlar yasovul, qolganlar qaqimchi, DXX esa chaqimchi ekan.

Shahar chetida bir propiskasi yo‘q sayroqi bulbul yashagan ekan. Soprano barxat degan ovozda kuylar ekan.

Bulbul yong‘oq daraxti ustida sayrab, xonishlar qilibdi. U sayrashga shu qadar berilganidan yoniga qarg‘a kelib qo‘nganini sezmadiyam. Qarg‘a qarg‘alikdan tashqari maxsus idorada ishlardi.

— Ey, bulbul. Mening oldimda qayg‘uli qo‘shiq kuylashga uyalmadingmi? Boshqa sayrama endi. Ëqmaydi ovozing! — qag‘illabdi qarg‘a.

Bulbul bu gapdan karaxt bo‘libdi. Nahotki dunyoda bulbul xonishi yoqmaydigan jonzot bo‘lsa, deb jahl qilibdi:

— Yer yutsin seni. Odamlar mening sayrashimdan mast bo‘lishadi. Oltin qafasda saqlab, eng yaxshi don bilan boqishadi.

— O‘zingni bos! — dedi qarg‘a. — Shahardagi aqlli bir olimga ijmo qildiramiz. Olim kim yaxshi sayrashini kitob ko‘rib aytib beradi. Ammo yutqazganning ko‘zi o‘yiladi.

Bulbul rozi bo‘libdi.

Ular shaharga uchib kelib, botqoqda yotgan to‘ng‘izni ko‘rishibdi. U to‘ng‘iz bo‘lsa ham shahar propiskasiga ega edi va adabiyotni ekspertiza qiladigan komissiya a'zosi edi.

— Bizga hakamlik qil, to‘ng‘iz. Ayt, kim yaxshi sayraydi?
— Albatta, qarg‘a yaxshi sayraydi, – javob beribdi to‘ng‘iz. — Qarg‘aning ovozi yaxshi, saviyadagi bariton bas ovozdir !

Bahsda yutgan qarg‘a bulbulning ko‘zini o‘yib olibdi.
Bulbul bo‘lsa yana qaytib, yong‘oq daraxtiga qo‘nib, ma'yuslik va huzun bilan uzoq sayrabdi.

Qarg‘a uchib kelib so‘rabdi:

— Ey, ahmoq bulbul. Sen yutqazuvding-ku. Yana nimadan qayg‘udasan?

— Ko‘zim o‘yilganidan g‘amgin emasman. Men sen kabi mulozim qarg‘aning gapiga ishonib to‘ng‘izga hakamlikni topshirganimdan ma'yusman. Axir to‘ng‘iz to‘ng‘izligicha qolaveradi-ku. U qo‘shiq va she'rning qiymatini qaerdan bilsin?

Assalom, O‘zbekiston, juma muborak!

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
19 may 2021
Toshkent shahrida bunyod etilgan “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida harbiy xizmatni o‘tayotgan oddiy askarlar 9 may arafasida bog‘ hududini tozalash ...
12 iyun 2017
Aholini parrandachilik, chorvachilikka keng jalb etish, tomorqalarda issiqxonalar yaratishga undash O‘zbekistonda endigina hukmronlikni qo‘lga olgan Shavkat Mirziyoevning ilk tashabbuslaridan ...
31 avgust 2016
Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida O‘zbekiston mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan pensionerlarga pensiya pullarini berish uchun maktab direktorlariga “Agrobank»ka 100 ...
13 aprel 2024
Diniy ekstremistik oqimlar ta'siriga tushib, ularni moliyalashtirgani aniqlangan Dilshod Qodirov qidiruvga berildi. 1969 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan Dilshod Hojimurodovich ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...