UzPoster
26 mart 2020

COVID-19 koronavirus infektsiyasi haqida savol-javoblar

Koronavirus nima? 

Viruslarning keng tarqalgan oilasini tashkil etuvchi koronaviruslar odam va hayvonlarda kasallik qo‘zg‘atishi isbotlangan xususiyatlarga ega.

Qator koronaviruslar insonda oddiy shamollashdan tortib Yaqin Sharq respirator sindromi (YaShRS) va og‘ir o‘tkir respirator sindromi (OO‘RS) kabi jiddiy holatlarga sabab bo‘luvchi respirator infektsiyalarni chaqirishga qodirligi ma'lum. Yaqinda kashf etilgan so‘nggi koronavirus COVID-19 kasalligini keltirib chiqaradi.

COVID-19 nima?

COVID-19 yaqinda paydo bo‘lgan yuqumli kasallik. 2019 yil dekabrda Xitoyning Uxan shahrida avj olgunga qadar mazkur yangi virus haqida hech narsa ma'lum emas edi. 

COVID-19 qanday alomatlarga ega?

Tana haroratining ko‘tarilishi, holsizlik va quruq yo‘tal COVID-19 ning eng ko‘p uchraydigan alomatlaridir. 

Ba'zi bemorlarda turli og‘riqlar, jumladan, burunning tez-tez bitib qolishi, oqishi, faringit yoki diareya bo‘lishi mumkin. 

Istisno tariqasida bu alomatlar asta-sekin rivojlanadi va bora-bora kuchsiz xususiyatga ega bo‘ladi. 

Kasallikni yuqtirgan ayrim odamlar o‘zini yomon his qiladi yoki boshqa hech qanday alomatlarni sezmaydi. 

Ko‘pchilik bemorlar (80% atrofida)ning sog‘lig‘i batamom tiklanadi va keyinchalik davolanish talab qilinmaydi. 

Taxminan oltita holatdan bittasida COVID-19 nafas olish yetishmovchiligi bilan bog‘liq jiddiy simptomlarni keltirib chiqaradi.

Qariyalarda, shuningdek, somatik kasalligi bo‘lgan odamlarda, masalan, arterial gipertenziya, yurak yoki diabet kasalligi bor bemorlarda xastalik og‘ir kechishi ehtimoli ko‘proq. 

Tana harorati ko‘tarilganda, yo‘tal kuchayganda hamda nafas qisishi avj olganda zudlik bilan tez tibbiy yordamga murojaat qilish shart.

Virus qanday tarqaladi? 

2019nCoV kasalligi ushbu kasallikni yuqtirgan boshqa odamlardan yuqadi. 

Kasallik COVID-19 ga chalingan bemor yo‘talganda, aksirganda, burnidan yoki og‘zidan kichik tomchilar oqqanda odamdan odamga yuqishi mumkin. 

Ushbu tomchilar odamning atrofida bo‘lgan narsalar yuzasiga tushadi. Boshqa odamlar avval ana shu tomchilar tushgan narsalarga qo‘lini tekkizishi, so‘ngra qo‘li bilan ko‘zi, burni yoki og‘zini ushlashi, ishqalashi orqali yuqtirib olishi mumkin. 

Bundan tashqari, infektsiya COVID-19 ga chalingan bemor yo‘talganda, aksirganda ajralib chiqadigan kichik tomchilarni ikkinchi kishi yutishi yo‘li bilan paydo bo‘lishi mumkin.  Shu sababli kasal odamdan 1 metrdan uzoqroq joyda turish juda muhimdir. 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti COVID-19 xastaligining yuqish yo‘llarini muntazam ravishda o‘rganib, yangi ma'lumotlarni chop etib bormoqda.

COVID-19 xastaligini keltirib chiqaradigan virus havo orqali yuqadimi? 

Hozirgi muhim ilmiy ma'lumotlarga ko‘ra, virusning havo orqali yuqishdan ko‘ra nafas olish yo‘llari orqali ajralib chiqadigan kichik tomchilar ta'sirida yuqish ehtimoli yuqori.  

«Virus qanday tarqaladi?» degan savolga quyida javob berilgan. 

Hech qanday virus alomatlari kuzatilmagan kishidan COVID-19 xastaligini yuqtirish mumkinmi?

Virus, asosan, odam yo‘talganda yoki aksirganda nafas olish yo‘llaridan chiqadigan tomchilar orqali tarqaladi. 

Virus yuqtirish alomatlari yo‘q odamda virusning tarqalish xavfi juda past bo‘ladi. 

Boshqa tomondan, ko‘p odamlarda COVID-19 alomatlari juda kuchsiz bo‘ladi. Bu, ayniqsa, kasallikning dastlabki bosqichlarida yaqqol kuzatiladi. Shuning uchun o‘zini kasal deb his qilmaydigan va yengil yo‘talayotgan odamlardan COVID-19 kasalligi yuqishi xavfi yuqori.

JSST bemor kasal bo‘lib yotgan vaqt oralig‘ida olib borilayotgan tadqiqot ishlarini doimiy ravishda kuzatib, kasallik alomatlariga doir yangi ma'lumotlarni chop etib bormoqda. 

Men o‘zimni qanday himoya qilishim va kasallik tarqalishining oldini olishim mumkin?

Hamma uchun shaxsiy himoya chora-tadbirlari

Oddiy ehtiyot choralariga amal qilgan holda Siz COVID-19 infektsiyasini tarqatish va yuqtirish xavfsizligini kamaytirasiz. 

Qo‘lingizni doimiy ravishda tarkibida spirt bor modda yoki sovun bilan yuving.

Bu nima uchun kerak? 

Agar qo‘llar tarkibida spirt bor modda va sovun bilan yuvilsa, u holda qo‘lda virus bo‘lsa, uni o‘ldiradi.

Yo‘taladigan va aksiradigan odamlardan hech bo‘lmaganda bir metr uzoq masofada turing.

Bu nima uchun kerak?    

Yo‘talganda yoki aksirganda burun yoki og‘izdan kichik tomchilar ajralib chiqadi, uni odam atrofiga tarqatadi. 

Agar sizga yaqin joyda turgan kishi COVID-19 kasaliga, koronavirus infektsiyasiga chalingan bo‘lsa, undan ajralib chiqqan tomchilar orqali siz ham tez orada kasallikni yuqtirib olishingiz mumkin.

Iloji bo‘lsa, ko‘zingizga, burningizga, og‘zingizga qo‘lingizni tekkizmang. 

Bu nima uchun kerak?

Qo‘llar ko‘p narsalarga tegishi va ulardan virus yuqishi mumkin. 

Qo‘lga tushgan virusli zarralar ko‘z, burun yoki og‘izga kirishi mumkin. Tananing bu qismlaridan virus kirishi organizmning kasallanishiga olib kelishi ehtimoldan xoli emas.  

Siz ham, boshqalar ham nafas olish gigienasi qoidalariga qat'iy rioya qilishingiz kerak. Buning uchun yo‘talayotganingizda yoki aksirayotganingizda og‘iz yoki burningizni ro‘molcha yoki salfetka bilan yoping. Ishlatilgan salfetkani zudlik bilan tashlab yuboring.

Bu nima uchun kerak?

Virus kichik tomchilar orqali yuqadi. Nafas olish gigienasi qoidalariga qat'iy rioya qilib, siz atrofingizdagilarni OO‘RS, gripp va COVID-19 kabi virusli kasalliklardan himoya qilishingiz mumkin.

Agar Siz o‘zingizni yomon his qilsangiz, uyda qoling.

Isitma, kuchli yo‘tal paydo bo‘lgan, nafas olish qiyinlashgan paytda tez tibbiy yordamga murojaat qiling. 

Mahalliy sog‘liqni saqlash tashkilotlari ko‘rsatmalariga rioya qiling.

Bu nima uchun kerak? 

Markaziy va mahalliy sog‘liqni saqlash tashkilotlarida siz yashayotgan tumandagi vaziyat haqida eng kerakli ma'lumotlar mavjud bo‘ladi. 

Tegishli tibbiy muassasaga o‘z vaqtida tibbiy yordam so‘rab murojaat qilish orqali siz tibbiy mutaxassislar tomonidan tezda nazoratga olinish imkoniga ega bo‘lasiz. 

Bundan tashqari, siz o‘zingizni himoya qilishga va virus hamda boshqa infektsiyalar tarqalmasligiga yordam bergan bo‘lasiz.

COVID-19 xastaligi tarqalgan yuqori xavfli zonalarga oid yangi ro‘yxatlarni doimiy ravishda kuzatib boring (COVID-19 keng tarqalgan shahar va tumanlar).

Agar siz keksa kishi bo‘lsangiz, diabet, yurak, o‘pka kasalligi bilan xastalangan bo‘lsangiz, u holda imkon boricha sayohat qilishdan voz keching.

Bu nima uchun kerak? 

Ushbu tumanlarda siz COVID-19 xastaligini yuqtirib olish xavfini oshirib olasiz. 

Kim yaqin orada (oxirgi 14 kun ichida) COVID-19 tarqalgan hududlarga borgan bo‘lsa, u holda shaxsiy himoya choralarini ko‘rishi kerak. 

Yuqorida keltirilgan tavsiyalarga amal qiling («Barcha uchun shaxsiy himoya chora-tadbirlari»).

Agar o‘zingizni yomon his qilsangiz, masalan, yengil shamollash, bosh og‘rig‘i, past darajadagi isitma (37,3°C va undan yuqori) va burun oqishi kasalliklari alomatlari bo‘lsa, u holda sog‘ayguncha uyda qoling. 

Agar siz kimdandir oziq-ovqat mahsulotlarini olib kelib berishni, siz uchun do‘konga borishini iltimos qilsangiz, u holda uyingizga kelgan odam oldiga kasallik yuqtirmaslik uchun tibbiy niqob taqib chiqing.  

Bu nima uchun kerak?

Boshqalar bilan aloqa qilishdan voz kechish, tibbiy muassasalarga bormay, o‘zingizni va boshqalarni ehtimoliy COVID-19 yoki boshqa virusli infektsiyalardan himoya qilish orqali ushbu tibbiy muassasalarning samaraliroq ishlashiga yordam bergan bo‘lasiz.

Agar sizda tana harorati ko‘tarilsa, yo‘tal kuchaysa va nafas olish qiyinlashsa, tibbiy yordam so‘rashni kechiktirmang. Bu alomatlar nafas olish infektsiyasi va boshqa jiddiy kasalliklar kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Darhol tibbiy muassasaga murojaat qiling va shifokorga barcha so‘nggi ma'lumotlar, jumladan, kimlar bilan munosabatda bo‘lganingiz va sayr qilganingiz haqida gapirib bering. 

Bu nima uchun kerak?

O‘z vaqtida tibbiy yordam so‘rab murojaat qilish orqali Siz shifokorlar ko‘magida tegishli tibbiy muassasaga tezkorlik bilan joylashish imkoniga ega bo‘lasiz. 

Bundan tashqari, COVID-19 va boshqa virusli infektsiyalar tarqalishining oldini olishga yordam bergan bo‘lasiz.

COVID-19 infektsiyasidan nechog‘li qo‘rqishim kerak? 

Xavf darajasi sizning turar joyingiz, aniqrog‘i, ushbu hududda kasallik mavjud yoki yo‘qligi bilan belgilanadi. Ko‘p mintaqalarda aksariyat odamlar uchun COVID-19 infektsiyasini yuqtirish xavfi unchalik katta emas. Biroq dunyoning ba'zi joylarida (shahar yoki tumanlar) kasallik tarqalishda davom etmoqda. Bunday joylarda yashovchilarda va tashrif buyuruvchilarda infektsiyani yuqtirish xavfi yuqori bo‘ladi. 

COVID-19 infektsiyasining har bir yangi holati bo‘yicha hukumatlar va sog‘liqni saqlash idoralari tomonidan qat'iy choralar ko‘rilmoqda.

Siz mahalliy hududlarda joriy etilgan sayohat, harakat yoki ommaviy tartiblariga qo‘yilgan cheklovlar darajasiga qat'iy rioya qiling. 

Kasallik tarqalishini nazorat qilish chora-tadbirlarini qo‘llab-quvvatlash orqali Siz COVID-19 infektsiyasini yuqtirish yoki tarqatish xavfini kamaytirishingiz mumkin.

Xitoy va boshqa bir qator davlatlar misolida yuqumli kasalliklarning tarqalishini cheklash va yuqishini to‘xtatish uchun kuchlar birlashtirilishi kerak. Aks holda kasallik yangi o‘choqlarda paydo bo‘lishi mumkin. 

O‘zingiz yashaydigan mintaqadagi yoki borishni rejalashtirayotgan tumaningizdagi vaziyatdan doim xabardor bo‘lishingiz muhim ahamiyatga ega. 

JSST har kuni dunyo bo‘ylab COVID-19 ning hozirgi epidemiologik holatiga oid yangilangan hisobotlarni e'lon qiladi. Bu ma'lumotlardan https://www.who.int/emergencies/diseases/novel-coronavirus-2019/situation-reports/ manzili orqali ingliz tilida xabardor bo‘lishingiz mumkin. 

COVID19 narsalarga xavf tug‘dirishi mumkinmi?

Odatda COVID-19 koronavirus infektsiyasi bolalarda va yoshlarda yengil kechadi. Shunday bo‘lsa-da, infektsiyaning og‘ir shakli mavjud: har beshinchi bemor shifoxonaga yotishiga to‘g‘ri keladi. 

Biz o‘z sog‘lig‘imizni, yaqinlarimiz va atrofimizdagi odamlarning sog‘lig‘ini himoya qilish uchun o‘z harakatlarimizni konstruktiv yo‘nalishga yo‘naltirishimiz va tegishli choralarni ko‘rishimiz mumkin. Eng muhim va asosiy choralardan biri bu muntazam ravishda qo‘llarni yaxshilab yuvish, shuningdek, gigiena qoidalariga qat'iy rioya qilish.

Ikkinchidan, voqealar rivojini kuzatib borish lozim va mahalliy sog‘liqni saqlash organlari tavsiyalariga, shu jumladan, ularning sayohatlar uyushtirish, ommaviy tadbirlarda ishtirok etish, harakatlanish yoki cheklovlarga oid ko‘rsatmalariga qat'iy rioya qilish kerak.

Kasallik kimlarga ko‘proq xavf tug‘diradi?  

Bizning COVID-19 haqidagi ma'lumotlarimiz hali to‘liq emas, ammo kasallik qariyalarda, shuningdek, somatik kasallikka chalingan shaxslarda (masalan, arterial gipertenziya, yurak, o‘pka, saraton yoki diabet) og‘ir kechadi. 

2019nCOV infektsiyasining oldini olish va davolashga mo‘ljallangan antibiotiklar samaralimi? 

Yo‘q. Antibiotiklar viruslarga ta'sir qilmaydi, ular faqat bakterial infektsiyalarga qarshi kurashadi. 

COVID-19 kasalligi tabiatda virusli, shuning uchun antibiotiklar samarasiz hisoblanadi.

COVID-19 ning oldini olish yoki davolash uchun antibiotiklardan foydalanmang. Ulardan faqat bakterial infektsiyani davolash bilan shug‘ullanadigan shifokor ko‘rsatmasi asosida foydalanishga ruxsat beriladi. 

Hozirgi kunda COVID-19 xastaligini davolashga yoki uning oldini olishga mo‘ljallangan dori vositalari bormi?

G‘arb tibbiyotida ishlab chiqarilgan, shuningdek, an'anaviy yoki uyda tayyorlangan bir qator dori vositalari salomatlikni yaxshilashga hissa qo‘shishi hamda COVID-19 alomatlarini yengillashtirishi mumkin. Biroq hozirgi paytda bu kabi dori vositalarining kasallikni davolash yoki oldini olishga qodirligini to‘la-to‘kis isbotlab bera oladigan aniq ma'lumotlar yo‘q.

JSST COVID-19 infektsiyasining oldini olish yoki o‘zini o‘zi davolash uchun har qanday antibiotiklardan, dorilardan foydalanishni tavsiya qilmaydi. Shu bilan birga, G‘arbda hamda an'anaviy xalq tabobatida tayyorlangan dori vositalari ustida klinik sinovlar o‘tkazish davom ettirilmoqda. 

JSST yangi paydo bo‘lgan klinik ma'lumotlarni nashr qilishni davom ettiradi. 

O‘zimni himoya qilishim uchun niqob taqishim kerakmi?

Agar sizda COVID-19 alomatlari bo‘lsa (ayniqsa, yo‘tal) yoki shunday kasallikka chalingan bemorni parvarishlayotgan bo‘lsangiz, u holda albatta niqob kiyishingiz kerak. 

Bir marta ishlatiladigan niqoblardan takroran foydalanish mumkin emas. 

Agar sizda kasallik alomatlari bo‘lmasa va kasallikka chalingan bemorni parvarishlamasangiz, u holda niqob kiyishingiz taqozo etilmaydi.

Hozirgi kunda dunyoda niqoblar yetishmasligi hollari mavjud, shuning uchun JSST barchani niqoblardan ehtiyotkorona foydalanishga chaqirmoqda.

JSST qimmatbaho resurslarni sarf qilmasdan tibbiy niqoblardan oqilona foydalanish hamda noto‘g‘ri niqoblardan foydalanmaslik tarafdori (Niqoblardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalarni ko‘ring).

O‘z sog‘lig‘ingizni va atrofingizdagilarning salomatligini COVID-19 infektsiyasidan himoya qilishning eng samarali choralari sirasiga qo‘lni tez-tez yuvib turish, yo‘talayotganda burun va og‘izni ro‘molcha yoki salfetka bilan yopish, shuningdek, yo‘talayotgan, aksirayotgan odamlardan 1 metrdan kam bo‘lmagan masofada turish kabi harakatlar kiradi.

Batafsil ma'lumotlar yangi koronavirusdan himoya qilish bo‘yicha asosiy ehtiyot choralari bo‘limida keltirilgan.

COVID-19 infektsiyasining inkubatsiya davri qancha davom etadi?

Inkubatsiya davri – bu infektsiya va uning tashqi ko‘rinishi o‘rtasida kechadigan kasallikning klinik belgilari.

Ko‘p ma'lumotlarga ko‘ra, COVID-19 ning inkubatsiya davri davomiyligi 1 dan 14 kungacha va ko‘pincha taxminan besh kunga o‘zgaradi. Bu taxminlar yangi ma'lumotlar kelib tushgan paytda aniq bo‘ladi.

Inson COVID-19 infektsiyasini hayvonlardan yuqtirishi mumkinmi?

Koronaviruslar juda ko‘p viruslar oilasini tashkil etadi va hayvonlar orasida keng tarqalgan. Odamlarga yuqqan ushbu viruslar keyinchalik vaqti-vaqti bilan boshqa odamlarga ham yuqqan. Masalan, OO‘RS odamlarga tsivitdan, YaShRS esa bir o‘rkachli tuyadan yuqishi mumkinligiga oid faktlar aniqlangan.

2019nCoV infektsiyasi hayvonlar orasida mavjudligi hali qayd qilinmagan.

Masalan, chorva mollari sotiladigan bozorga borganda shaxsiy himoya chorasi sifatida hayvonlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatishdan ehtiyot bo‘lish kerak.  

Oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan xavfsizlik qoidalariga qat'iy rioya qilish kerak. 

Xom go‘sht, sut, hayvonlarning organiga ishlov berilganda ehtiyot bo‘lish kerak. Bundan tashqari, hayvonlar mahsulotlariga tegishli xom yoki yarim xom ovqat iste'mol qilmaslik kerak. 

Men COVID-19 ni uy hayvonlaridan yuqtirishim mumkinmi? 

Gongkongda itdan yuqtirilgan infektsiyaning bitta holati ma'lum. Ammo ayni paytda it, mushuk va boshqa uy hayvonlaridan COVID-19 infektsiyasi yuqishi mumkinligini isbotlovchi dalillar yo‘q. 

Asosan, COVID-19 kasal odam yo‘talganda, aksirganda, gaplashganda havoda hosil bo‘lgan zarrachalar orqali tarqaladi.

O‘zini himoya qilishi uchun kishi qo‘lini tez-tez va yaxshilab yuvishi kerak. 

JSST yangi natijalarni diqqat bilan kuzatishda davom etmoqda. COVID-19 va boshqa jihatlarga tegishli yangi natijalar paydo bo‘lsa, zudlik bilan nashr etadi. 

Virus yuzalarda qancha vaqt yashaydi? 

2019nCoV ning yuzalarda qancha muddat yashashi hali mukammal aniqlanmagan. Ammo ushbu parametrda ham koronaviruslarning boshqa oilalari kabi yashashi mumkinligi taxmin qilinmoqda. 

Ushbu tadqiqotlarga ko‘ra (shu jumladan, COVID-19 qo‘zg‘atuvchisi haqida olingan ma'lumot), virus yuzalarda bir necha soatdan bir necha kungacha yashaydi.

Aniq vaqtni aniqlash bir qator omillarga bog‘liq (masalan, atrofdagi yuza turi, harorat va namlik). 

Agar siz qandaydir yuzada virus borligiga shubha qilsangiz, mikroorganizmlarni yo‘qotish va o‘zingizni hamda boshqalarni himoya qilish uchun uni dezinfektsiya vositasi bilan yuvib tashlang. So‘ngra qo‘llarni tarkibida spirt moddasi bor vosita yoki sovun bilan yuvishni unutmang. Qo‘llarni ko‘z, og‘iz yoki burunga tekkizmang.     

COVID-19 kasalligi ro‘yxatga olingan hududdan posilka qabul qilib olish xavfsizmi?

Ha. Qachonki, COVID-19 qadoqqa o‘rnashgan, patogen harakatga ega bo‘lsa, shuningdek, tashish va turli ob-havo sharoitida infektsiyani saqlab qolgan bo‘lsa, u holda buyurtma qilingan mahsulotlar orqali infektsiya sog‘lom odamga yuqishi ehtimoli mavjud.

Men nima qilmasligim kerak?    

Quyidagi chora-tadbirlar COVID-19 infektsiyasiga qarshi kurashishda yordam bermaydi va zarar yetkazishi mumkin:

chekish;

bir vaqtning o‘zida bir necha niqob taqish; 

antibiotiklar. 

Manba: Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti

Tag‘in o‘qing
21 oktyabr 2015
Eltuz O‘zbekistonning jasur inson huquqlari himoyachilari Malohat Eshonqulova va Yelena Urlaevalarning monitoring reydlari davomida olgan eksklyuziv fotosuratlar va audio ...
28 iyul 2017
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi marhum prezidentning to‘ng‘ichi Gulnora Karimova jinoyatiga oid tafsilotlarini ochiqladi. Bunga ko‘ra, u 5 yilga qamalgan, ikkinchi ...
21 may 2016
19 may kuni 21 yashar Dushanba turg‘uni Davron Qurbonov shaharning 103-nchi mitti mavzesida taqiqlangan “Islomiy Davlat”ning qora bayrog‘ini osganlikda ...
5 aprel 2016
3 aprel kuni O‘ktam Pardaev uyining darvozasi oldida, oq rangdagi, nomeri 25 B 239 BA bo‘lgan «Jiguli» rusumidagi avtomobil ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...