Asosiy mavzular
8 aprel 2020

O‘zbekistonga kirishi rasman taqiqlangan o‘zbek olimi Britaniyada olamdan o‘tdi

17 yildan buyon Britaniyada istiqomat qilayotgan qishloq xo‘jaligi fanlari doktori¸ professor¸ agrokimyogar, tuproqshunos olim Ahmadjon Xorazmiy (Ahmad Hasanov) 5 aprel kuni 72 yoshida Stokport shahrida olamdan o‘tdi.

O‘zbekiston vatandoshi bo‘lgan Ahmad hoji Xorazmiyning o‘z vataniga qisqa muddatga kirishiga o‘zbek mulozimlari tarafidan tushunarsiz taqiq qo‘yilgan.

Ahmad hoji Xorazmiy 2018 yilda Shavkat Mirziyoev nomiga maktub yozib, uni qo‘llab-quvvatlashini izhor qilgan holda O‘zbekistonga safar qilib, yaqinlari bilan ko‘rishib qaytishga imkon berilishini so‘ragan edi.

Tuproqshunos olim o‘z maktubiga Mirziyoevni maqtab gapirgan radiosuhbat matnini ham ilova qilgan.

Ahmad hoji Xorazmiyning bosh vazir virtual qabulxonasidan olgan javob xatida “Sizga O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 21 noyabrdagi 408-qarorining 19-moddasi asosida, ya'ni “milliy xavfsizlik yoki jamoat tartibini muhofaza qilishni ta'minlash manfaatlari yo‘lida” O‘zbekiston Republikasiga kelishingiz rad qilinadi», deb yozilgan.

Bundan oldin ayni mazmundagi rad javobi yozilgan maktub olimning Xorazm viloyatida istiqomat qiladigan o‘g‘li Oybekka viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sa'dullaev imzosi bilan kelgan edi.

Xorazm viloyat ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xodimining «Eltuz»ga aytishicha, O‘zbekiston vatandoshi Ahmad hoji Xorazmiy MXXdan berilgan ro‘yxatga asosan O‘zbekistonga kiritilmasligi haqida yaqinlariga maktub yuborilgan.

2005 yilda Toshkent shahri hokimligi binosi oldida ishdan bo‘shatilganidan norozi bo‘lib piketlar o‘tkazgani ortidan tazyiqqa uchragan Xorazmiy o‘sha yili Britaniyadan siyosiy boshpana olgan edi.

Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining sobiq a'zosi, professor Ahmad hoji Xorazmiy Xorazm viloyati hokimligi agrosanaot majmuasida va boshqa hukumat tizimlarida ishlagan.

Ahmad hoji Xorazmiy o‘z vaqtida taniqli hofiz Komiljon Otaniyozovdan tor chalish sirlarini o‘rgangan havaskor hofiz ham edi.

«Eltuz» tahririyati Ahmad hoji Xorazmiyning yaqinlariga ta'ziya izhor qiladi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
2 iyun 2016
Jurnalistning «Nega yo‘q bo‘lib ketdingiz? O‘rningiz judayam bilinyapti» degan savoliga javob berar ekan, Obid Asomov shunday dedi: «Ba'zi bir ...
16 aprel 2021
Mo‘risidan tutun chiqar,  Qatlamasi butun chiqar. Yetti kelin yugurib chiqar, Ramazon, omin! Mana, azizlar, o‘lmagan qul, yana oylar sultoni ...
29 iyul 2022
Shu kunlarda qochgan ham quvgan ham ro‘mol deb tomoq yirtmoqda. Bu to‘qsonlar oxirida Turkiyani dunyoviylikdan mosuvo qilmoqchi bo‘lgan oqinchilar ...
18 fevral 2017
«Oila va jamiyat» gazetasi (15.02) bugun o‘zbek jamiyatining og‘riqli nuqtasi – ayollarning xorijga chiqib ketayotgani masalasiga bag‘ishlangan maqola chop ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...