Asosiy mavzular
26 may 2020

Absattorning kundaligi, 5-qism. Sazoyi

Sazoyi

Tong otdi. Tiniqib uxlagan Absattor qo‘lini cho‘zib, yonini paypaslab Madinani qidirdi. Madina oshxonada pishir-kuydir qilib yurardi.

Asakalik tog‘a haliyam kuylab yotibdi telefonda. «Zamon, zamon, bizning zamon, davron bizniki», deya.

Shu tog‘aning ashula aytaverib jag‘i uzilib tushmaganiga ham hayronsan. Absattor ayag‘ini ko‘tarib, port etib o‘sirdi.

Oshxonada yurgan Madina qiqirlab kulib, derazani ochib qo‘ydi.

Bet-qo‘lini yuvgan Absattor dasturxonga o‘tirdi. Madina uning oldiga bir tovoq sutli ugra qo‘ydi.

Absattor azbaroyi ishtiyoq bilan qoshiqni olib, ovqatga uzatdi. Shunda birdan tars etib bitta tosh uchub keldi, deraza oynagini sindirib, to‘g‘ri Absattorning oldidagi tovoqqa shalop etib tushdi.

Tovoqdagi sutli ugra Absattorning yuziga sachrab, rasvoiy raddi balo qildi.

Absattor «e buvingini…», deb o‘rindan turib qarashi bilan ikkinchi tosh uchib kelib, Absattorning qansharini yordi.

Ko‘chada Absattorning ikkiqat xotini bir qizi va ikki o‘g‘li bilan tumonat odam qurshovida turardi. Eshmirza valasapetiga suyanib binnarsalar deb baqirardi.

«Nahotki Eshmirza qishloqdan tuman markazigacha valasaptda kegan bo‘lsa», deb o‘yladi Absattor. «Voy erinmagan» . Odamlar orasida Ismat piyozchi va Komil do‘konchini tanidi. Kimdir «Ey musulmonlar! Zino qilgan odamni tosh bilan urib o‘ldirishlik joiz!» deb baqirardi.

Ovozi tanish edi. Peshanasiga Madina muzlatgichdan chiqazib bergan muzlagan tovuq go‘shtini bosgan Absattor sekin pardaning chetidan mo‘ralab ko‘chaga qaradi. «Zinokorni» toshbo‘ron qilish borasida «ponyatka» berayotgan odam Mirrahmat nosfurush edi.

O‘rtada turgan xotini baqirib, Madinani qarg‘ardi. Bir qo‘lida benzin shishasi, bir qo‘lida esa zajigalka. «O‘zimni yoqvoraman», deb dod solyapti. Ismat piyoz esa uni telefoniga videoga olib turibdi.

«Ozodlik»ka yuborib Absattorning bevafoligi uchun xotini o‘zini yoqqanini dunyoga tema qilib ko‘rsatamiz», deb maslahat qilib turibdi Ismat piyoz.

Gapning qisqasi, Hayotilla damaschi Eshmirzaga aytgan, Eshmirza bo‘lsa velosipedda yurib, bitta-bitta hammaga aytib chiqqan.

Yigit boshiga bir o‘lim. Madinaning yolvorishiga qaramay, Absattor kiyinib ko‘chaga chiqdi. Ko‘chaga chiqqan Absattorni ko‘rgan olomon bir pas jim bo‘lib qoldi. Keyin Mirrahmat hoji qo‘liga tosh olib, «O‘lim zinokorga!» deb baqirdi.

Xotini shishadagi benzinni ustiga quyib, zajigalkani chiq-chiq qilib yotibdi. Koshki yonsa bu xittoydi zajigalkasi. Ana, zajigalka ham yondi. Ammo negadir olov alangalangani yo‘q. «Benzinni sipati chataq», deb o‘yladi Absattor.

Birdan eshik ochilib, Madina ham chiqib kelib Absattorning yoniga turib oldi. Mirrahmat hoji ikkita, Eshmirza esa bitta toshni g‘irillatdi. Ammo toshlar «mimo» o‘tib ketdi. Mirrahmat hojining ko‘zi yaxshi ko‘rmaydi. Nishonga ololmadi.

Absattorning xotini esa endi Madinaga qarshi dahanaki jangni boshlagan edi. «G‘unajin ko‘zini suzmasa, ho‘kiz ipini uzmaydi», deya boshlangan qarg‘ish yarim soatcha davom etdi. Absattor xotinining qarg‘ishga ustaligini bilardi. Ammo bunaqa zo‘r, sakkiz etajli qarg‘ishlarni bilishidan bexabar edi.

Vaziyat qaltis tus solgan. Atrof tomoshatalab olomon bilan to‘layotgan edi. Tuman markaziga, masalan, Ozodbek kelib kontsert qo‘ysa ham shuncha odamni yig‘ish amri mahol edi. Mirrahmat hoji bu kontsertda zvezdaga aylangandi. «Zino eng katta jinoyatdur. Erli ayol birlan zino qilishlik, nomahram birlan zino qilishlik, qo‘shnining ayoli birlan zino qilishlik, do‘stning xotini birlan zino qilishlikning jazosi o‘limdur!»

«Men o‘lsam, sen ipirisqining nosini sotib oladigan bir klientdan ayrilasan», deb o‘ylardi Absattor. Kontsertning superzvezda primadonnasi, albatta, uning ikkiqat xotini edi. Gulli xalatning ustidan yengsiz kurtka kiygan xotini o‘rtaga chiqib uch marta «adolat, adolat, adolat!» deb baqirdi. Absattorning kulgisi keldi. «Buvingni …. televizorda prezidentni ko‘rib, taqlid qilyapti».

Ismat piyoz «Ozodlik»ka videosini olib jo‘natamiz, deb Absattorning xotiniga so‘z berdi. Bir qo‘lida benzin butilka, yana bir qo‘li bilan ko‘kragini mushtlagan xotini Absattorni emas, faqat Madinani o‘ldirish kerak, degan talabni qo‘ydi.

«Qornimda olti oylik homila. Yana uch bolam bor. Absattor o‘lishi kerak va shart. Ammo u o‘lsa, men boquvchisiz qolaman, bollarim yetim, o‘zim esa bevaga aylanaman. Absattorni emas, uni yo‘ldan ozdirgan megajin shaytonning urg‘achisi Madinani o‘ldiraylik. Oldin o‘zim bo‘g‘ib o‘ldiraman. Keyin sochidan mashinaga bog‘lab sudraylik…»

Absattorning xotini dushmani Madinani o‘ldirishning 80 ga yaqin variantini aytib tashladi.

Atrofdagilar zerikib boshladi. Shu payt Mirrahmat hoji tashabbusni qo‘lga olib, katta bir xarsang toshni ko‘tarib, «zinokorga o‘lim», deb baqirdi. «O‘lim», deb takrorladi olomon. Eshmirza otgan tosh Madinaning qo‘liga tegib qonatib yubordi. Navbatdagi ulkan tosh Absattorning peshanasiga qarab uchib kelayotgan edi.

Katta leytenant

Absattor bilagidan qon oqayotgan Madinaga yordam berish uchun boshini eggan paytida bir ulkan tosh uning qulog‘ini yalab o‘tib, orqadagi temir chiqindi qutiga taraqlab tegdi.

Shu payt milisa moshinlari sirenasi ovozi va BTRning guldiragan sasi eshitildi.

Milisa moshindan katta leytenant unvonidagi yigit bilan bedapoya pogon taqqan mirshab tushib keldi.

Kelib to‘xtagan BTRdan avtomat ushlagan qop-qora kiyimli maska shou bolalar ham tushib kelishdi.

Atrof suv quyganday jim-jit. Absattorning xotini qo‘lidagi benzin shishasini tepaga ko‘tarib, «Adolat..», deb boshlagan edi, leytenant osmonga o‘q uzganidan qo‘rqib ketib, qo‘lidagi shishasini yerga tushirvordi.

«Tarqaling! Ikki metrlik oraliq masofani saqlang», degan ovoz BTR ustidagi radiokarnaydan yangradi.

Birinchi bo‘lib Mirrahmat hoji sekin qochib ketayotgan edi, leytenantning imosi bilan bedapoya pogon  borib, uni bilagidan ushlab orqaga qaytardi.

Leytenant  Absattorning xotinini oldiga borib, «Nima to‘palang?» deb so‘radi.

Xotin bo‘lsa, «Erim qomaqqa ketdim deb meni oldab, manavi megajinni qo‘ynig‘a kirvobdi-ya», dedi.

Absattorning xotini yana javray boshlagan edi, leytenant uni  dubinkasi bilan turtib to‘xtatdi.

Eshmirza valasapedchi ham, Ismat piyozchi ham yelka qisib, «bizdi xavarimiz yo‘q¸ o‘tip ketayotgan ekan, manovi ayal g‘alva qilayotganiga insopga choqirayik, deb to‘xtagandik, mana, maskamizam bor», deyishdi.

Leytenant Madinaning oldiga bordi. Bedapoya pogon Madinaning bilagini bint bilan baylab qo‘yayotgan edi. Madina leytenantga bir qog‘oz chiqarib berdi.

Leytenant qog‘ozga ko‘z yugurtirib, hujjatni Madinaga qaytardi.

Leytenant BTRning oldiga qaytib borib, mikrofonni olib gapira boshladi.

«Sizlar samosud qilib, o‘zboshimcha sazoyi qilmoqchi bo‘lgan Absattor Boymirzaev kim? U mahkum. Davlatimiz uni 15 sutkaga ozodlikdan mahrum qilgan. Har bir mahkum davlat ardog‘ida va himoyasida!!! Biz uni urdirgizp qo‘ymaymiz. Absattor Boymirzaev tuzalish yo‘liga kirgan mahkum. U shifokor Madina Ibragimovna tarafidan kafillikka olinib, gumanizm maqsadida shartli ozod qilindi. Madina Ibragimovna  o‘zi kafillikka olgan mahkum Boymirzaev ustida tarbiyaviy ish olib borayotgan paytda¸ karantin cheklovini poymol qilgan bir guruh shaxslar jinoiy maqsadda yig‘ilib, mahkum Boymirzaev¸ tibbiyot xodimi Ibragimova va mikrorayon aholisi tinchligi, osoyishtaligi va salomatligiga qasddan tahdid qilishgan. Hatto konstitutsiyaga qarshi terroristik ruhdagi ekstremistlar ham paytdan foydalanib vaziyatni izdan chiqarmoqchi bo‘lishdi».

Bu gaplar aytilayotgan paytda Ismat piyozchi sekin chiqib ketmoqchi edi, avtomatchi bola uni miltiq qo‘ndog‘i bilan turtib, esini joyiga keltirib qo‘ydi.

Shundan keyin leytenant Absattorning xotini oldiga kelib, «Siz mahkumning jazoni o‘tishiga xalaqit berganlikda, karantin qoidalarini buzganlikda ayblanasiz», dedi.

Absattorning xotini qo‘rqib ketib, «Endi meni qomaysizmi?» deb so‘radi.

«Qomamaymiz. Uyingizga shtrap qog‘ozi boradi», dedi.

Leytenantning imosi bilan damaschi Hayotilla kelib, Absattorning xotini va uch bolasini yetalab «Damas»ga chiqardi.

«Erim Absattor men bilan billa ketmiydimi?» deb so‘radi ayol.

Leytenant aftini bujmaytirdi: «Eringni yana 14 kun ko‘rmaysan. U qamag‘da. Shartli jazo o‘tayapti. Uni ustida Madina Ibragimova hali ancha ishlashi kerak. Tushundingmi?»

Absattorning xotini hech baloni tushunmagan bo‘lsa ham boshini likkillatib, «xo‘p, aka», deb «Damas»ga o‘tirib ketvordi.

Leytenantning oldiga Mirrahmat hojini olib kelishdi. Mirrahmat hoji xudoni o‘rtaga qo‘yib, qasam ichib, «mening bu yig‘inga aloqam yo‘q, er-xotindi o‘rtasiga esini yo‘qotgan tushadi», deb takrorlardi.

Leytenant dubinkasini Mirrahmat hojining ko‘kragiga tirab notatsiya o‘qishni boshladi:

«Menga qara, nospurush. 3 yil oldin seni qamag‘dan chiqardik. Seni xizbut deb emas, yosh o‘g‘il bolaga tajovuz qilganing uchun qamagandik, ipplas. Sen BiBiSiga chiqib, men hizbut bo‘g‘anim uchun qomashdi, deb yolg‘on ma'lumot tarqatding. Bunga e'tibor qilmadik. Sen ko‘tingni qisib nos sotish o‘rniga bugun bu yerda konstitutsion tuzumni ag‘darishga da'vat qilding. Ichagingni boshingga salla qilib qo‘yaman. Senga o‘xshash pedofilni Qozog‘istonda kastratsiya qilishardi. Shukr qil, O‘zbekistondasan».

Keyin leytenant Ismat piyozchining oldiga bordi:

«Sen apsrst, piyozni orasiga geroin qo‘shib o‘tkazayotgan paytda qozoq chegarasida qo‘lga tushganing esingdan  chiqdimi. Tog‘ang o‘rtaga tushib posledniy minut seni qutqargandi.  «Ozodlik»ka video yuborishdan oldin esingdi yig‘, yeban. Sen ipplas kimdi kim bilan yotganini tekshiradigan politsiya nravmisan. O‘zingni bil. Eshmirza, byaxga kel».

Bedapoya pogon Eshmirzani turtkilab olib keladi. Leytenant telefonini barmog‘i bilan varaqlab, kerakli rasmni topdi-da, Eshmirzaga ko‘rsatti:

«Ey lox, mana bu rasmdagi yalang‘och bo‘lib Ismatning tagida yotgan ayal sening xotining Ziroatmi?

Eshmirza rasmga qarab, ko‘zi olayib ketdi. Mushtini tugib Ismatga tashlandi:

«O‘ldiraman b…t. Asbobingni sug‘urib olaman, ipplas, xorami».

Agar bedapoya pogon xalaqit qilmaganida, Eshmirza Ismatni o‘ldirgan bo‘larmidi. Balki o‘ldirmasdi. Chunki Eshmirza xotini Ziroatdan qo‘rqadi. Chunki minib yurgan valasapitini ham Ziroat obergan.

Leytenant barcha huquqbuzarlar shtraf qilinishini aytganidan keyin odamlar tarqaldi.

  • Mahkumni ichkariga apkirib, ustida ishlashda davom eting, Madina Ibragimovna. Mahalla raisiga aytaman, pomshga kelgan piraduxtadan apkeb tashaydi.

Madina bilan Absattor uzun-qisqa bo‘lib ichkariga kirib ketishdi.

BTR karnayidan «Ey, aziz yurtim» degan qo‘shiq yangradi.

Leytenant bir imo bilan to‘xtatib, «O‘chir  o‘sha pidrdi ashlasini. Boshqa qo‘shiq qo‘y. Yuluzdi qo‘y. Lekin anavi alvasti dvoynoy hoji onani emas, boshqa Yulduzdi», dedi.

Karnaydan ashula yangradi. Tikkaga kelgan kun teraklarning yashil barglarida jilva qilardi.

Bir qarab o‘ting bizga, leytenant,

Zoru intizor qizga, leytenant.

Buncha yaqinsiz ko‘zga, leytenant?

Menga ne kerak o‘zga, leytenant

Bam bam baba bam!

Buyuk inson

Absattor bilan Madina mikrorayondagi etaj uydi ikkinchi qavatidagi kvartiraga qaytib kirishdi. Eshik taqilladi. Eshikda Komil do‘konchi turardi. U Absattorga qarab jilmaydi-da, qo‘lidagi daftarni yirtib-yirtib tashladi. Daftarda Absattorning qarzlari yozilgan edi:

«Absattor oshna. Men bu yerga seni izza qilish uchun kemagandim. Izdihomda odamlarga binarsa sotay, deb keluvdim. Savdo yaxshi bo‘ldi. Ayniqsa, chips bilan makka bodroq yaxshi ketdi. Usti yaltiroq qog‘ozli kampit va morojna ham yaxshi sotildi. Seni o‘ldirishmoqchi bo‘lganida rosa rahmim keldi, oshna. Mana, tirik qolding. Qarzdi to‘layman deb boshdi og‘ritma. Pul topiladi, do‘st topilmaydi. Manavi ortib qogan snikers kampitlarni Madina opaning og‘zi tegsin deb obkeldim. Puldi keragi yo‘q. Oshna, mana bu mendan».

Komil do‘konchi qog‘ozga o‘rilgan «Russkiy standart» degan bir litrlik lyuks shishaga quyilgan  aroqjonni Absattorni qo‘liga tutqazdi. Absattor xuddi sevimli farzandi yoki qadrdon jiyanini quchganday, aroqni mehr bilan quchoqlab oldi.

«Men ketay endi. Shu anavi leytenant akaga aytib qo‘ysangiz, menga shtrap yozmasin».

Eshik yopildi. Bir oz o‘tib yana eshik taqilladi. Jensovet usta yuboribdi oynak solishga. Oshxonaning oynagi sinib qolgan edi. Qulog‘iga qalam qistirgan totor Obziy usta kelib, oynakni soberib ketdi. Chiqayotib eshik qulfiga ham mashina moy tomizdi, Obziy chiqishi bilan yana eshik qoqildi. MFY raisi ikkita korobkada piraduxta obervoribdi. Madina piraduxtalarni kuxnyadagi ustalning ustiga yoyib qo‘ydi.

Absattor uch kilolik qo‘ydi go‘shtini olib, «Qari qo‘y ekan, yog‘lari sarg‘ayib yotibdi», demoqchi bo‘ldi-yu, tilini tiydi. Ancha aqlli bo‘lib qolgandi Absattor. Muzlatgichdagi turgan «Russkiy standart» bilan yaqinda uchrashish istiqboli  uning qalbiga o‘zgacha orom va rohat baxsh qilardi.

Madina….

Madina bo‘lsa, kechqurunga mastava qilish uchun unnagandi.

Ammo muhtaram o‘quvchining qalbida bir savol qop ketgandi.

Madina bir kun oldin IIB binosida tuman nachalnik milisaning kabinetida nima qildi? Chotini ochib milisa bilan yotdimi?  Nahotki sevgilisini qutqaraman, deb o‘z tanasini sotdi. Mumkinmi shu. Shamim bor, ne g‘amim bor, deydiganlar toifasidanmi Madina? Nahot u oq xalatiga dog‘ tushirib, shu qabih ishga qo‘l urdi? 

Eh, odam farzandi, razolat botqog‘iga shu qadar chuqur cho‘kadimi?

Savolga javobni Madinaning o‘zidan eshitamiz:

«Bundan 5 oy oldin. Erim bedarak ketdi. Keyin mana bu xat keldi. (Madina emchagini ichidan bir xat oladi) Xatda erim bir o‘ris kampirni zo‘rlamoqchi bo‘lganida o‘sha o‘ris kampirdi qo‘shnilari tarafidan lom bilan urib o‘ldirilgani yozilgan edi. Shundan so‘ng erimdi o‘ligi morgda bir oycha qolib ketgan. Davlat hisobidan kreditga krematoriyada yoqvorishibdi. Agar 11 ming rubl to‘lasang, kulini beramiz, deb yozishibdi. Popukdekkina qiz birdan beva qoldim. Eri yo‘q ayaldi kuni kunmi. Masjiddan qaytayotsam ham yo‘biriga berib kelyapti, deb gap qilishadi. Mahalladagi hamma og‘iz soldi menga. O‘ynash bo‘l deb. Valasapitchi Eshmirza ham¸ piyozchi Ismat ham¸ Hayotilla bilan Komil do‘konchi ham. Faqat Absattor kelib indamay aroq ichib dardimdi eshitdi».

Madinaxon o‘tlab ketdingiz. Sizga aniq savol berildi. Milisa nachalnikdi  xonasida nima o‘luvdi? Aytavering uyatmay. Er ko‘rgan ayalsiz. Anaqada sharm yo‘q, deydi-ku.

«Ukaginam boshidan aytib kelayotgandim. Chunki hamma meni buzuqi ayal, deb o‘ylaydi. O‘sha kuni milisa nachalnikdi xonasiga kirdim. Milisa nachalnik menga o‘tiring, deb kreslo ko‘rsatti. Men unga sizam o‘tiring desam, o‘tirolmayman Madina Ibragimovna, deb ma'noli qarash qildi. Gapdi to‘g‘risini aytp qo‘yaqolay. Milisa nachalnik anaundaqa ekan. Kitopdi tilida gey deydi. Passiv ekan boyaqish. Partneri yomon qipti. Gap taraqamasin deb doktorga borishga qo‘rqqan. Aptechka bormi, desam bor, dedi. Men uning yaralarini obrabotka qildim. Oblipixoviy maz surib qo‘ydim. Antistolbyachniy ukol qildim. Nima qilay, uka. Medsestraman. Men uchun kasal bu kasal. Milisa nachalnik ekan, deb uyatib o‘tirmayman. Keyin xolodilnikdagi muzdi lattaga o‘rab tiqib og‘rig‘ini qoldirdim. Bechora milisani dardi aridi. Oldinam bir-ikki marta yordamim tekkan. Madina Ibragimovna, mendan nima xizmat. Nima qib adashib yuribsiz milisaxonada, dedi. Men xuddi sizga aytganday qilib dardimdi aytib berdim. Nachalnik milisa meni tushundi. Absattordi delosini oldirdi. Menga kapil bo‘lishimni tushuntirdi. Mana, bor gap shu. Lekin milisa nachalnik palon pistiyon ekan, deb gap tarqatib yurmanglar. Uyam insondi balasi».

Bu gaplarni aytar ekan, Madinaning katta-katta shahlo ko‘zlaridan yosh dumalab tushdi.

Shu yerda kundalik tugadi. Aslida bu taxlit hayotning yangilik joyi yo‘q. Atrofga qarasangiz, yuzlab Absattorni  ko‘rasiz. O‘qimagan, biror kasb-hunarning boshini tutmagan, eng asosiysi, insoniy mehrga zor minglab kimsalar. Birovning dardi bilan birovning ishi yo‘q. Har kimning dardi o‘ziga yetadi. Pulli pul topadigan, pulsiz dardisar topadigan zamon.

Qissadan hissani siz chiqaring. Umuman, odamzod ikkiga bo‘linadi. Boylar va qashshoqlarga. Katta va kichkina odamlarga. Agar turk shoiri Nozim Hikmat Madina yoki Absattorni ko‘rganida mutlaqo «Buyuk inson» deb atagan bo‘lardi.

1958 yilning oktyabr oyida shoir Nozim Hikmat Toshkentga kelib, mana bu satrlarni yozgan edi.

Buyuk inson kema yo‘lagining yo‘lchisi,

Buyuk inson qatorning uchinchi sinfida,

Buyuk inson katta yo‘lda yayov.

Buyuk inson sakkiz yoshida ishga kirar,

Yigirma yoshida uylanar.

Qirqida o‘lar buyuk inson.

Ekmak buyuk insondan boshqa har kasga yetar,

Guruch ham shunday

Shakar ham,

Gazlama ham,

Kitob ham,

Buyuk insondan boshqa har kasga yetar.

Buyuk insonning tuprog‘ida ko‘lanka yo‘q,

So‘qmog‘ida chiroq,

Derazasida oyna.

Ammo umidi bor buyuk insonning,

Umidsiz yashamas buyuk inson.

G‘oya, rasm va matnlar muallifi
Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
30 noyabr 2017
«Paxta kampaniyasi» mehnat huquqi bo‘yicha ekspert Andrey Mrost tomonidan o‘tkazilgan «O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi: mehnatkashlar tashkilotimi yoki ishchilarni nazorat ...
6 fevral 2019
Shvetsiyadagi SILK – Shved xalqaro liberallar markazi 5 fevral kuni o‘zbek jamoatchiligi, shved diplomatlari, huquq faollari va siyosatchilari ishtirokida ...
28 sentyabr 2021
Ko‘pincha korxonalar rahbarlari o‘z xodimlari shtatini ko‘paytirmasdan, fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar tuzish yo‘li bilan zarur mutaxassislarni jalb etishga harakat qiladi.  ...
17 sentyabr 2018
Bir vaqtlar Islom Karimov nonning narxini oshirmaymiz, deb katta va'da bergan, lekin keyinchalik ko‘p bora kuzatilganidek, o‘z va'dasining ustidan ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...