Asosiy mavzular
1 noyabr 2020

O‘zbek ilm-fani yo‘qotgan tiklanmas xazina

29 oktyabr kuni O‘zbekiston ilm olami o‘rnini to‘ldirib bo‘lmaydigan yo‘qotishga uchradi – taniqli sharqshunos-turkolog Andrey Kubatin koronavirusning og‘ir asoratlari tufayli bevaqt vafot etdi. 

U atigi 36 yoshda edi. Ushbu qayg‘uli xabar Andreyning singlisi Klara Saxarova va do‘stlarining ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlaridan ma'lum bo‘ldi.

“Akam 30 oktyabr kuni Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanidagi musulmonlar qabristoniga dafn qilindi (u shuni istagandi). Biz o‘sha yerda tug‘ilganmiz. Xayrlashishni istaganlar shunchalik ko‘p ediki, ularni zo‘rg‘a sig‘dira oldik, uni shaxsan tanigan va tanimaganlarning hammasi, do‘stlari va yoru birodarlari kelishdi”, dedi Klara AsiaTerra bilan suhbatda.

Klara Saxarova Andrey kasalxonaga 15 oktyabr kuni yotqizilgani va roppa-rosa ikki haftadan so‘ng u olamdan ko‘z yumgani, ammo voqealarning dramatik yakunlanishida faqatgina kovid aybdor emasligini bildirdi.

Marhumning singlisi nashrimizga aytgan so‘zlar ilgari e'lon qilinmagan edi – u sevimli akasiga ziyon yetkazishdan juda qo‘rqardi. Garchi Andrey tergovda bo‘lganida, ular uni jismoniy va ruhiy qiynoqqa solgani bilsa ham. 

Ular Adreyni xotinini zo‘rlash va bolasini o‘ldirish bilan tahdid qilishgan. Natijada Andreyning rafiqasi Feruza tashvishlar sababli homilasidan ayrilib, keyin qayta homilador bo‘lolmadi.

“Endi u Yaratganning homiyligiyu himoyasiga yo‘l oldi, – deydi Klara. – 40 dan ortiq tilni biladigan halol va mehribon odam, «o‘lik» tillarni (masalan, so‘g‘d tili) o‘qiy oladigan, qadimgi tangalar va qo‘lyozmalarda yozilgan narsalarni ochib beradigan, o‘zini vatani va kasbiga bag‘ishlagan noyob mutaxassis to‘satdan xalq dushmani sifatida ko‘rila boshladi! 

To‘liq ikki yarim yillik hayoti jahannamda, ularning besh oyi MXXning mashhur Gvardeyskaya hibsxonasi yerto‘lasida o‘tdi, u yerda barcha a'zolarini – jigar, buyrak va yuragini urib ezib tashlashgan. U professional ravishda kaltaklangan. 

Akamni koviddan davolash paytida men bilan suhbatlashgan shifokorlar hayratda qolishdi: nega bunday yosh yigitning asablari tamom bo‘lgan – xuddi urushni boshdan kechirgandek? Agar bilsangiz edi … Akam kasalxonaga  atigi 10 foiz o‘pka yallig‘lanishi bilan yotqizilgan va bir necha kun ichida zararlanish 90 foizga chiqib ketgan. Shifokorlarning harchand urinishlariga qaramay, asab tizimi bu yukni ko‘tarolmadi”.

27 oktyabrda, ukasining fojeali o‘limidan ikki kun oldin Klaraga maxsus antikovid kostyumda uning oldiga kirishiga ruxsat berishdi.

“Go‘yo umri tugab borayotganini sezgandek, Andrey men bilan qamoqxonada yuz bergan dahshatli qiynoqlarning barcha tafsilotlarini o‘rtoqlashishga shoshildi, uning o‘zi bundan tirik qolganiga hayron edi, – deya davom etadi Klara. – Men ilgari bilganlarim esa haqiqatning yarmi edi. Lug‘atida hatto yomon so‘zlari bo‘lmagan odamga buni qanday ravo ko‘rishlari mumkin! Axir u har bir kishiga ona tilida tasalli berar, hammani do‘st sifatida ko‘rishga harakat qilardi. Shuning uchun, aftidan, u Muzaffar Jonievning asl maqsadini darhol payqamagan va uning so‘zlariga ko‘ra Andreyni qamoqqa olishdi (akasi qamoqqa tashlanganidan keyin u Andreyning nomiga taklifnoma berishga uyalmasdan, dabdabali to‘y o‘tkazdi. U hozir Islom akademiyasining doktoranti. Tergov nomidan soxta ekspertiza Prezident huzuridagi Strategik tadqiqotlar institutidan qanaqadir Suhrob Yusupov tomonidan tuzilgan)”.

“Axir bizning xalqaro oilamiz bor: Andreyning rafiqasi – o‘zbek, singlim qozoqqa turmushga chiqqan, yana bir ukamning qozog‘istonlik xotini bor, erim esa tatar. Bizning onamiz – rus, dadam – ozarbayjon. Va biz hammamiz – poliglotmiz. Biz oilamiz bilan «organ» hammasini aniqlab, uni qo‘yib yuborishiga ishongan edik. Kutdik. Ammo sentyabr oyida ma'naviy zararni qoplash to‘g‘risida da'vo arizasi bilan murojaat qilganimizda rad javobi oldik. Garchi odamlarning hayotini barbod qilishgan bo‘lsa-da, jallodlar o‘zlarining xatolarini tan olishni istamadi. Ikki marta ariza yozdik va ikki safar ham rad etildi. Hatto oddiy kechirim ham so‘rashmadi…”.

Uch yil oldin, 2017 yil dekabrda Kubatin Jinoyat kodeksining 157- («davlatga xiyonat») moddasi bilan aybdor deb topilib, 11 yilga ozodlikdan mahrum qilingan edi. U «maxfiy» materiallarning nusxalarini Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligining (TIKA) o‘sha paytdagi rahbari Sulaymon Qiziltuproqqa sayyohlik qo‘llanmasini yaratish uchun bergani sababli ayblov bilan sudga tortildi (garchi ishda rol o‘ynaydigan ma'lumotlar, noxolis bo‘lgan ekspertiza internetda ochiq ravishda mavjud bo‘lsa ham). 

Ish TIKA xodimi Muzaffar Jonievning arizasiga binoan qo‘zg‘atilgan va iste'dodli olim davlatga xiyonat qilish xulosasi bilan uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qilingan. 

Unga panturkizmni targ‘ib qilish, millatlararo adovat qo‘zg‘atish va mamlakatning geologik zaxiralari to‘g‘risida davlat sirlarini oshkor qilish kabi aybovlarni qo‘yishdi.

2018 yil may oyida jamoatchilik, xalqaro inson huquqlari himoyachilari va akademik dunyoning bosimi ostida, shu jumladan, o‘zbekistonlik hamkasblarining ko‘magi bilan Andreyning qamoq muddati besh yilgacha qisqartirildi. 

Rezonansli voqea mamlakat chegaralaridan tashqariga chiqdi va Prezident Mirziyoev Kubatinning singlisi, rafiqasi Feruza va qarindoshlari hamda taniqli mutaxassislar tomonidan begunoh mahkumni ozod qilish iltimosi bilan unga qayta-qayta murojaat qilganini ko‘rmaslikdan ilojsiz qoldi..

2019 yil 26 sentyabrda inson huquqlari ilmiy jamoatchiligining uzoq va qat'iy talablaridan so‘ng sharqshunos olim jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudi tomonidan oqlandi va ozodlikka chiqdi (albatta, hech kim bu ishning uyushtirilganini tan olishga shoshilmadi va jinoyat tarkibi yo‘qligi to‘g‘risida hech qanday gap ochilmadi). 

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti katta o‘qituvchisi, turkolog Andrey Kubatin qisqa umri davomida bir qator monografiyalar va ko‘plab ilmiy maqolalar muallifi sifatida tanildi. Ular sirasiga sharqshunos olimlar orasida mashhur bo‘lgan “Turk xoqonligi unvonlari tizimi: Ibtido va davomiylik” kitobi kiradi.

Bugun Andreyning 8 yoshli o‘g‘li yetim qoldi. Kim biladi, agar olimning hayotida bu dahshatli voqealar sodir bo‘lmaganida edi, uning hayoti qanchalar barakali ijodga boy bo‘lishi mumkin edi…

Maqola originali Asia Terra nashrida bosilgan. “Eltuz” tarjimasi

Tag‘in o‘qing
11 may 2020
Sardoba to‘g‘oni o‘pirilishi oqibatida suv bosgan uy tomidagi sigir videosi ijtimoiy tarmoqda keng tarqaldi. Suv bosqini oqibatida 1 may ...
13 iyul 2020
O‘tmish tozalab qo‘yilgan. Ëlg‘on esa haqiqat deya bizga taqdim qilinmoqda. Bu gapni yozuvchi Jorj Oruell bundan 70 yil oldin ...
25 may 2018
Markaziy osiyolik bir guruh faollar O‘zbekistonning marhum prezidenti Islom Karimovning qizi Gulnora Karimovaga tegishli, kelib chiqishi korruptsion aktivlarning mazkur ...
11 may 2020
1994 yildan beri surgunda yashayotgan muxolifat lideri Muhammad Solih 10 may kuni o‘zining feysbuk sahifasida O‘zbekiston prezidenti iste'fosini talab ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...