5 yoshli nabirasini zo‘rlagan 66 yoshli bobo o‘z joniga qasd qildi
Sirdaryo viloyatining Xovos tumani Qahramon qishlog‘ida yashovchi E.J. dekabr oyining o‘zida ikki marta joniga qasd qilgan. Avvalroq u o‘z nabirasini zo‘rlaganiga oid video va yozma xabarlar tarqalgandi.
Voqeani o‘rgangan “Eltuz” muxbiri bilan suhbatda mazkur mahalla xodimasi nabirasini zo‘rlaganlikda ayblanayotgan 66 yoshli erkak ikki bora o‘zini o‘ldirmoqchi bo‘lganini tasdiqladi.
– Mahallamizda hali bunday axloqsizlik kuzatilmagan, – dedi mahalla xodimasi. – Qaynotadeyarli ko‘chaga ham chiqmay qo‘ygan. Aslida zo‘rlash voqeasi bo‘lganmi-yo‘qmi, bilmadim. Ammo asl masala kelin va uning eri qurgan uyga bog‘liq. Janjallarga shu uy sabab bo‘lyapti. Ayol farzandlarini qaynotasinikiga tashlab ketgan. Mahallada bunga guvohlar bor. Uyninghujjatlarini olib, tuman markazida ijarada yashab yurganini eshitdik. Ammo biz ham topolmayapmiz.
Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videoda ayol uch farzandi uchun aliment olmayotgani, uy-joy bilan ta'minlanmagani va uy hujjatlarini o‘zi bilan olib yurganini aytar ekan, mast holda bo‘lgan qaynotasi 5 yashar nabirasini zo‘rlaganini iddao qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, buni bilib qolgan ammasi, ya'ni erkakning qizi go‘dakning holatini sir tutish maqsadida uni davolaganini aytgan. Ona qizining ruhiy holatini aniqlash maqsadida uni Guliston davlat universiteti o‘qituvchisi oldiga olib borgan. U qaynota rostan shu ishni qilganini tasdiqlagan.
Videoda ayol avval o‘g‘il nabirasiga ham qaynota tomonidan zo‘rlash holati bo‘lgani, hamma yog‘ini qonatib, bolaga shikast yetkazganini, ammo buni isbotlay olmaganini bildirgan.
GulDUda dotsent vazifasida ishlovchi psixolog ham (ismini sir tutishni iltimos qilgan) “Eltuz” muxbiri bilan suhbatda voqeani tasdiqladi.
– Qizcha bilan suhbatda u rostan ham bobosi tomondan zo‘rlangani ma'lum bo‘ldi, – dedi psixolog. – Ammo qay darajada tan jarohati yetgani bo‘yicha ma'lumotga ega emasman. Bolaruhiyati ushbu holatni zo‘rlanish emas, kaltak yeyish, do‘pposlanish sifatida qabul qilgan. Onasining muomalasi, jamoat joyida o‘zini tutishi ham yaxshi emas. Ruhan siqilgan. Xayolini jamlay olmayapti. Unga ham ko‘mak zarur.
“Eltuz”ga taqdim etilgan ma'lumotga ko‘ra, videomurojaat Sirdaryo viloyati IIB tomonidan o‘rganilgan. Bu yuzadan muqaddam Xovos tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgan.
Xovos tumani “Bo‘ston” MFYda yashovchi fuqaro Z.X. 13 noyabrda tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, 2020 yil oktyabr oyi o‘rtalarida 2015 yilda tug‘ilgan qizi M.S.ga qaynotasi E.J. zo‘rlik ishlatib, o‘zining jinsiy ehtiyojini g‘ayritabiiy usulda qondirgani bildirilgani yuzasidan sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Ekspertiza xulosasida voyaga yetmagan M.S.ning badanida, shuningdek, jinsiy a'zolari sohasida biror bir tan jarohati yoki jarohat izlari mavjud emasligi ko‘rsatilgan.
13 dekabr kuni Xovos tumani IIB tomonidan holatga to‘liq oydinlik kiritish maqsadida Jinoyat kodeksining 129-moddasi 2-qismiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilyapti.
Eltuz.com