Asosiy mavzular
20 oktyabr 2023

O‘zbek tergovchilari «Hizbulloh» terror tashkiloti sponsorini nega himoya qilmoqda?

Dunyoda eng qimmat narsa – bu odamga bo‘lgan ishonch krediti. Bankdan qarz olmoqchi bo‘lsangiz sizni tekshirib taftish qilishadi, muammoli odam bo‘lsangiz, siz bilan muomala ham qilinmaydi. Ishga olinayotganingizda yoki katta bir loyiha ishtirokchisiiga aylanishdan oldin ham tekshirilasiz. Tamaddun qoidasi, insonlikning taftish quroli bu.
Ammo yangi O‘zbekistonda «dordan qochgan»larning azizu mukarram bo‘lganini ko‘p ko‘rdik. Yaqinda butun mamlakatni larzaga solgan “Antistrumin” fojeasi qahramoni AQShda qidiruvga berilgan jinoyatchi bo‘lib chiqdi. Maktab va bog‘cha bolalarini kasal qilgan “Antistrumin” yod preparatini yetkazib bergan “Samo” MChJ ta'sischilaridan biri Nodir Yunusov AQShda xalqaro qidiruvga berilgan shaxs ekanligi yuzaga chiqdi.
Agar bu birgina voqea bo‘lganida tizimli muammo deb ayta olmasdik. Bir oy oldin Eltuz nashri Turkiya vatandoshini o‘g‘irlab yaqinlaridan pul talab qilgan guruhning Toshkent IIB panohida «jinoyat ishlagani» haqida yozuvdi.
Istanbul Bosh prokuraturasi tarafidan jinoyat ishi ochilgan bu guruh mansublaridan biri bo‘lgan Zubayr Qashqariyning xalqaro terror guruhi sponsori sifatida AQSh ro‘yxatiga kirganidan Eltuz bugun xabar topdi.

Kim bu Zubayr Qashqariy?

Pasportdagi ismi Abdulaziz Qashqariy bo‘lgan bu kishi bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston va Turkiya vatandoshidir. Eltuz muxbiri uning Qirg‘izitonda ham yashash va ishlashga rasman ruxsat olganiga oid hujjatlar bilan tanishgan. Zubayr, ya'ni Abdulaziz Qashqariy ayni paytda AQSh Moliya vazirligi ro‘yxatida “Hizbulloh” terror tarmog‘ining kattagina pul mablag‘ini Janubiy Koreyadagi shirkat vositasida «oqlab¸ yuvib bergan» shaxs sifatida tilgga olinadi.
Eltuz muxbiri Zubayr Qashqariy va uning sherigi Baxtiyor Ametovga nisbatan turk vatandoshini o‘g‘irlaganlik bo‘yicha Istanbul prokuraturasi ochgan jinoyat ishi hujjatlarini ko‘rgan. Bundan tashqari Eltuz muxbiri Baxtiyor Ametov va Zubayr Qashqariy ochgan o‘rtoq shirkatning 2016 yilda Turkiyaga 9 yarim million hujjatsiz dollarni kiritayotganida qo‘lga olinganidan ham xabardor.
Bu shaxslar jazoni o‘tab bo‘lganidan keyin ham ayni tutumni davom ettirgani haqida bilgi Eltuzda mavjud.
Qolaversa turk matbuotining ilg‘or nashri «Xurriyat» gazetasi o‘z vaqtida anchagina batafsil yozgan bu haqda.


Mavzuga qaytsak. Turkiya vatandoshi Xolid Hoqoniyni garov uchun o‘g‘irlaganlar ichida AQShdagi terrorchilar ro‘yxatiga kirgan kishi borligidan xabardor bo‘ldingiz. Ayni paytda bu shaxslar Turkiyada ham «kirli pullarni yuvishda» rasman ayblanganlar.
Eltuz suhbatlashgan yuksak martabali turk rasmiysi o‘zbek vatandoshi bo‘lgan Qashqariy o‘zbek istihboroti nazoratidan xoli qolayotganidan afsus bildirdi: «Nega O‘zbekiston xavfsizlik idoralari Yaqin Sharq, xususan Isroilda bir necha kishi o‘limiga sabab bo‘lgan, Yevropa va AQSh terrorchi ro‘yxatlariga kirgan “Hizbulloh” terror tarmog‘i sponsorining bemalol yurishiga yo‘l qo‘yib bermoqda? Boz ustiga bu kishilar O‘zbekistonga do‘st bo‘lgan Turkiya davlati vatandoshini o‘g‘irlaganlikda ham rasman ayblanmoqda. Turk boshqaruv elitasi ichida shoyon tahsin ko‘rgan O‘zbekiston prezidenti bu ishlardan bexabarmi? Terror ro‘yxatlariga kirgan jinoyatchilarning O‘zbekiston ichki ishlar tizimining ochiq himoyasida bo‘lishi nimani anglatadi? Bu holatdan Yangi O‘zbekiston imidji zarar ko‘radiku!»
Suhbatdosh Turkiya vatandoshini o‘g‘irlagan o‘zbeklar borasida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga yuborilgan rasmiy so‘rov hanuz javobsiz ekanligidan ham afsus bildirdi. Kriptovalyuta jinoyati hikoyamiz «qahramonlari» o‘rtasidagi mojaro USD deb atalgan AQSh dolllariga birma bir uyg‘un kriptovalyuta bilan bog‘liq.
Kriptovalyutalardan pul yuvish uchun foydalanish mumkin. Ushbu usuldan foydalanganda juda jiddiy mablag‘ yo‘qotishlar bo‘lishi mumkinligiga qaramay, bu zamonaviy dunyoda tez-tez ishlatiladigan usul deb aytishimiz mumkin. Har kuni millionlab dollarlar yuviladi, ular iflos terroristik tashkilotlar, qurol kontrabandachilari, harbiy jinoyatchilardan tortib olinadi va kriptovalyutalar yordamida toza pulga aylanadi. Biroq, hamma narsa ular aytganidek oddiy emas. Aslo bu jarayon xamirdan qil sug‘urgan kabi bo‘lmaydi.

O‘tkan oy biz sizga Turkiya vatandoshining Manas aeroportidan qanday qilib o‘g‘irlab ketilgani va O‘zbekistonga olib ketilgani haqida gapirib bergan edik. Eltuz ushbu voqeani chuqur o‘rganib chiqdi va ikkinchi qismda biz bu o‘g‘irlashning orqasida nima borligi haqidagi savolni ochib berishni maqsad qildik. Chunki oldingi safar video e'lon qilinishidan oldin qahramonlarimizdan biri bo‘lgan – Ametov biz bilan bog‘lanib, o‘zini oqlashga urindi. Ametov «hech kimni o‘g‘irlamagani, balki qarzini qaytara olmagan qurbon o‘laroq Hoqoniy ustidan shikoyat yozganligini» aytgan edi.
Eltuz unga to‘la minbar berishga va'da qildi. Ammo Ametov boshqa aloqaga chiqmadi. Ilk suhbat paytida Ametov kriptovalyuta bilan ishlash O‘zbekistonda jinoyat emasligiga diqqat qaratdi. Va ayni paytda bu valyutani o‘zining tijorati yo‘lida ishlatishini, hozir sudgacha qamoqda qolayotgan Xoqoniy undan qarz ekanligini ham urg‘uladi. Turkiya vatandoshini o‘g‘irlab ketgan uchun Turkiyada ustidan jinoyat ishi ochilgan O‘zbekiston vatandoshi Baxtiyor Ametov so‘zlariga ko‘ra, Turkiya vatandoshi undan pul o‘g‘irlagan.
Ayni paytda Eltuz nashri bu pul kimga tegishli ekanligini aniqladi: aslida, naqd pul yo‘q, faqat kriptovalyuta mavjud. Eng qizig‘i shundaki, kriptovalyuta o‘tkazilgan hamyonlar Ametovga tegishli emas. Bu xolatda, Ametov «o‘g‘irlangan» deb atagan pul unga tegishli ekanligini isbotlay olmaydi. Haqiqiy egalari ham ochilmaydi.
Shunday tariqa, iflos pul mavzusi maqola markaziga chiqdi. «Qahramon»larimiz o‘z oldiga qo‘ygan vazifa ham aniq. Bu iflos raqamli dollarlarni Xitoy yuaniga almashtirish va qora pullarning manbai va izi yo‘qolishiga ishonch hosil qilish. Shubhali kelib chiqishi kriptovalyutaning haqiqiy egalarini yashirish uchun raqamli dolllar bilvosita Xitoyga o‘tkazildi. Bu usul pul izini yo‘q qilish uchun ishlatildi.
Baxtiyor Ametov va Zubayrr Qashkari pulning toza ekanligini da'vo qilmoqda. Ammo nima uchun ular uning kelib chiqishi va izini yashirish uchun tavakkal qilishdi? Bu odamlar kimning pullarini yuvishmoqda?
Shu o‘rinda ish qanday rivojlanganligini ko‘rib chiqamiz. Baxtiyor Ametov, Zubayr Qashqariev va O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan Mirxalil Toshpo‘latovlar ko‘p yillardan buyon pul o‘tkazmalari biznesi bilan shug‘ullanib kelayotgani haqidagi bilgi Eltuzda mavjud.
Janubiy Koreya, Yaponiya, Turkiya va Dubay kabi jahon markazlarida ular tomonidan turli nomlar bilan yaratilgan kompaniyalar aslida kimningdir «iflos» pullari o‘tkaziladigan hamyon bo‘lib xizmat qiladi.
Masalan, Eltuz qo‘lga kiritgan foto Istanbulda olingan. Oddiy magazinga o‘xshagan bu joy – aslida Zubayr Qashkari pul yuvadigan makon. Zubayr Qashqariyning Eltuzda ismi mavjud bo‘lgan va O‘zbekiston yuqori doiralariga qarindosh shaxs kabi yirik odamlarning e'lon qilinmagan pullarini Turkiyaga o‘tkazganini Turkiyadagi rasmiylar Eltuzga bildirdi.
«Bu qudratli odamlarga xizmat qilgan pul o‘tkazauvchilar o‘zlarini «daxlsiz» deb hisoblashadi. Chunki ular bu qudrat va sarvat egalarining hamyonlaridir» dedi turk rasmiysi.
Sxema oddiy: bu shaxslar oldiga hisobga olinmagan pulni yuvish vazifasi qo‘yildi. Ular bu pulni Xitoy orqali yuvishga qaror qilishdi. Chunki shu kunda Rossiya orqali pul yuvish tez fosh bo‘lish ehtimoli bor. Qolaversa, Rossiyada juda katta komissiya to‘lashlari kerak. Boshqa tomondan, ular o‘zlari Xitoy orqali pul transferi xavfli ekanligini ham tushunishdi. Ammo foyda olish uchun tavakkal qilishingiz mumkin. Biroq hamyon egasi buni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z nomidan qilishni xohlamadi. Buning uchun ular har doim nazorat qila oladigan qurbonni tanlashdi. Ushbu jabrlanuvchi raqamli pulga ixtisoslashgan uyg‘ur aslli Turkiya vatandoshi Xolid Hakani edi. Kir pullar ning egalari raqamli dollarlarni boshqa platforma orqali hozirda O‘zbekistonda sudgacha qamoqda qolayotgan Xolid Xakanini brokerlik maqsadida o‘tkazdi va Xolid Xakani dollarlarni malayziyalik «Barni» ismli boshqa brokerga o‘tkazdi. Barni esa kriptovalyutani yuanga aylantirdi va ularni Baxtiyor Ametov hisobiga o‘tkazdi. Barni, shuningdek, Baxtiyor Ametovning Xitoydagi muammolarini 7 kun ichida hal qilishga va'da berdi.
Shunday qilib, Xolid Hakani bu yerda faqat vositachi. Agar muammolar 7 kundan keyin yuzaga kelgan bo‘lsa, Barni buning uchun javobgar emas edi.
Savol tug‘iladi: nega Ametov kriptovalyutani to‘g‘ridan-to‘g‘ri mijozlarining hamyonidan o‘tkazmadi? Javob shuki, pul jinoiy yo‘l bilan olingan va uning asl manbasini yashirish kerak edi. Shuning uchun ular hamyondan hamyonga, platformadan platformaga o‘tkazildi.
Ametovning ta'kidlashicha, Xitoyga yuborilgan pul to‘qimachilik biznesi uchun mo‘ljallangan. Agar ular to‘qimachilik biznesi uchun toza pulga ega bo‘lsa, unda nega ular odatdagi usullar bilan savdo qilishga urinishmadi, balki pul yuvishning taniqli usuli-«7 kunlik transfer»ga o‘tishdi? Bundan tashqari, agar bu haqiqatan ham to‘qimachilik biznesi uchun yig‘ilgan pul bo‘lsa, unda quyidagi savol tug‘iladi: ikkala tomon imzolagan shartnoma qaerda? Xitoyda pul olib qo‘yilganda, nega» mijozlar » Xitoy hukumatiga bitimning tozaligini tasdiqlovchi dalillarni taqdim etmadilar? Bu pulning jabrlanuvchi Xolid Hakani bilan qanday aloqasi bor? Yoki Baxtiyor Ametov Xolid Xakanimo aybdor qilib ko‘rsatmoqchimi? Asosiy gunohkor sifatida ko‘rsatildimi?
Xitoy huquq-tartibot idoralari bu pul «qora» ekanligini anglab yetgach, uni musodara qilishdi va Baxtiyor Ametov va Zubayr Kashkari yuvmoqchi bo‘lgan raqamli millionlar g‘oyib bo‘ldi.
Qisqasi, Xitoy bu iflos pul ekanligini tushundi va hisoblarni yopib bloklab tashladi. Ammo O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari xuddi adolatli yustitsiya jarayoni kabi tergov olib bormoqda va ular Ametovni pul yuvuvchi emas, balki O‘zbekistonning mutlaqo hurmatli fuqarosi kabi himoya qilmoqda. Ammo Ametovda kriptovalyuta unga tegishli ekanligi haqida yagona qonuniy dalil yo‘q. O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari pul manbasini tergov qilish o‘rniga, mavjud bo‘lmagan pul o‘g‘risini qidirmoqda. Agar O‘zbekiston hukumati bu ishni ko‘rib chiqishni istamasa, unda BMT ning pul yuvishga qarshi bo‘linmasi nima deydi?
Bu savol javobi ularda. Eltuz bu iddaolar yuzasidan O‘zbekiston mutasaddilari munosabatini kutmoqda va shu bois hamyon egalaridan birining ismini aytgani yo‘q. Bu ismning yuqori doiralarga qarindosh ekanligini aytish kifoya (bu shaxsga mavridi kelganda alohida to‘xtalamiz).

Tag‘in o‘qing
26 yanvar 2022
Hammani avval kuldirib, keyin yig‘latgan atoqli o‘zbek adibi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli dramaturg, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi ...
19 sentyabr 2016
Shavkat Mirziyoevning davlat tepasiga kelishi ortidan odamlar xalq og‘zaki ijodi shaklida video, hajviy suratlar bilan birga she'rlar ham yoza ...
5 may 2020
2016 yil 29 dekabr kuni uchinchi otryad boshlig‘i oldimga kelib: – Sizga “muassasa ichki tartib qoidasini buzdi”, deb hujjat ...
11 oktyabr 2021
Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanidagi Boytish mahallasida yashovchi Shomirza Rixsiboevning xonadonida 7 oydan buyon gaz yo‘q. – Kunlar sovib ketdi. ...
Bloglar
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...
10 oktyabr 2024
Yuksalish maktabining gender ayirmachilikka asoslangan boshqaruvi haqidagi maqolaga o‘quvchilar ikki xil munosabat bildirdi. Bir suruv ...