Asosiy mavzular
28 dekabr 2020

“Yolg‘on axborot tarqatganlik” uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda

O‘zbekiston hukumati yolg‘on ma'lumotlar tarqatilishini jinoiy javobgarlikka tortishga urinishni to‘xtatishi va jurnalistlarning jazodan qo‘rqmasdan erkin ishlashini ta'minlashi kerak. 

Bu haqda qarorgohi Nyu-Yorkda joylashgan Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi 21 dekabri kuni bayonot berdi.

Tarqatilgan xabarlarga ko‘ra, 15 dekabr kuni O‘zbekiston parlamenti quyi palatasi mavjud qonunchilikka “yolg‘on axborot” tarqatganlikda aybdor deb topilgan shaxslarga jarima va besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini belgilaydigan o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma'qulladi. 

Taklif qilinayotgan o‘zgartirishlar tuhmat va haqorat uchun ozodlikdan mahrum etish jazosini bekor qilishni nazarda tutsa-da, ammo ushbu huquqbuzarlik uchun Jinoyat kodeksida uch yilgacha og‘ir mehnatga jalb qilish jazosi faqat rasmiy qamoq jazosisiz saqlab qolinmoqda.

19 dekabr kuni parlamentning yuqori palatasi prezident tomonidan imzolangan taqdirda kuchga kiradigan o‘zgartishlar loyihasini tasdiqladi, deya xabar beradi o‘zbek rasmiy matbuoti.

“Biz O‘zbekistonning tuhmat va haqorat uchun jurnalistlarni qamoqqa olishni to‘xtatishga qaratilgan uzoq kutilgan harakatini mamnuniyat bilan qarshi olamiz, – dedi Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasining Yevropa va Markaziy Osiyo dasturi koordinatori Gulnoza Said. – Biroq yolg‘on axborot tarqatganlik uchun erkinlikni cheklash bo‘yicha yangi tuzatishlar ijobiy islohotlarni inkor etadi hamda matbuot va so‘z erkinligini kafolatlaydigan demokratik amaliyotlarga ziddir. 

Agar O‘zbekiston demokratik davlatga aylanib borayotganiga dunyoni ishontirmoqchi bo‘lsa, parlamentning yolg‘on axborot tarqatish bo‘yicha taklif qilinayotgan o‘zgartishlar loyihasi qabul qilinmasligi kerak”. 

Yangi o‘zgartishlarga ko‘ra, yolg‘on axborot tarqatish to‘g‘risidagi qonunchilikni birinchi marta buzgan shaxslar 22 million so‘m (2130 AQSh dollari) miqdorida jarima bilan jazolanib, takroriy jinoyat uchun ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Agar jinoyatchi ushbu yolg‘on ma'lumotni tarqatish orqali katta miqdorda zarar yetkazgan deb topilsa, qamoq muddati uch yilgacha, agar huquqbuzarlik ommaviy tadbirda yoki favqulodda holat paytida sodir etilgan bo‘lsa, besh yilgacha uzayishi mumkin.

O‘zbekistonning amaldagi Jinoiy kodeksida tuhmat uchun uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish va ikki yilgacha majburiy axloq tuzatish ishlari yoki jinoiy haqorat uchun bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

O‘zgartishlar, shuningdek, “zo‘ravonlik va shafqatsizlikni targ‘ib qilganlik” uchun mas'uliyatni kuchaytirishni nazarda tutadi. 

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, zo‘ravonlik va shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotlarni tarqatish, reklama qilish va namoyish qilishda ayblangan fuqarolar uchun 22,3 million so‘m (2131 dollar) va mansabdor shaxslar uchun 33 450 000 so‘mgacha (3 197 dollar) jarima qo‘llanilishi mumkin.

Parlamentning press-relizida aytilishicha, o‘zgartirishlarda ushbu jarimalarni fuqarolar uchun 89 200 000 so‘mga (8525 dollar), mansabdor shaxslar uchun 100 350 000 so‘mga (9 591 dollar) oshirish taklif qilinmoqda.

Mart oyida Jinoyat kodeksiga koronavirus pandemiyasi sharoitida kiritilgan karantin choralari to‘g‘risida yolg‘on axborot tarqatishni jinoiy javobgarlikka tortadigan tuzatishlar qabul qilindi, deya OAV xabar bergan edi o‘sha paytda.

Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi Oliy Majlisga qonunchilikdagi yangi o‘zgartirishlar to‘g‘risida izoh so‘rab elektron pochta orqali xabar yuborgan, ammo hali javob olmagan.

Tag‘in o‘qing
12 aprel 2019
So‘nggi vaqtlarda O‘zbekistonda surunkali yoqqan yomg‘irlar sabab yuzaga kelgan sellar natijasida odamlar qurbon bo‘lgani to‘g‘risida xalq orasida turli gaplar ...
17 avgust 2021
Prezidentni tanqid qilgan Valijon Kalonov ikki kundan buyon so‘roqda  Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi “Taraqqiyot” MFYda yashovchi 52 yoshli Valijon ...
20 fevral 2017
O‘zbekiston chorak asr marhum Islom Karimovning besh tamoyili asosida yashab keldi. Bu besh tamoyil aslida bir tiyinga qimmatligi, qog‘ozdagi ...
11 noyabr 2019
Oddiygina avariya sodir etgani sabab ichki ishlar idorasiga olib borilgani ortidan ikki hafta bedarak ketgan andijonlik Abdulloh Tohirovning boshidan ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...