Asosiy mavzular
9 aprel 2021

Kaltaklangani ortidan o‘ligi chiqqan shovotlik kelin mavzusini prokuratura nazoratga oldi

Bundan 9 kun oldin muttasil kaltaklash ortidan molxonada osilgan holda topilgan homilador kelin Muxlisa Qadamboeva mavzusi 9 aprel kuni Shovot tumani hokimligi va IIB xodimlari tarafidan muhokama qilingan.

8 aprel kuni «Ozodlik» radiosi Xorazm viloyati Shovot tumani Katqal'a qishlog‘ida bundan 6 oy oldin turmushga uzatilgan 19 yoshli Muxlisa Qadamboeva 1 aprel kuni erining uyidagi molxonada osilgan holda topilgani haqida yozgan edi.

«Ozodlik» Muxlisaning o‘limidan oldin kaltaklanganini va jasad sud tibbiy ko‘rigidan o‘tkazilgan bo‘lsa ham hanuz oila a'zolariga ekspertiza xulosasi berilmagani borasida qarindoshlar gapiga minbar bergan edi.

9 aprel kuni «Eltuz»ga ma'lum bo‘lishicha, hodisa yuzasidan viloyat prokuraturasi tergovgacha surishtiruv o‘tkazgan va bu mavzu xalqaro matbuotga chiqqani ortidan hodisani qayta nazoratga olgan.

«Eltuz» suhbatlashgan prokuratura vakiliga ko‘ra, ushbu hodisa Jinoyat kodeksining 103-moddasi (o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish) bilan malakalanishi mumkin.

Voqea yuzasidan huquqshunos Musa Azim Xudoyberdiev «Eltuz»ga izoh berdi: «O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, aynan ayolar huquqiy himoyasiga e'tiborsizlik, yosh oilalarning buzilishi o‘zbek qizlarining mardikor va fohisha bo‘lishiga zamin yaratdi.

Sud amaliyotiga nazar tashlasak, aynan prokuratura tizimi ayollarning huquqini poymol qilishda o‘z hissasini qo‘shmoqda. 9 kun oldin marhuma, Xorazm viloyati Shovot tumani sobiq Leninizm qishlog‘ida yashovchi homilador Muxlisa Qadamboevaning tan jarohatlari bilan, kiyimlari yirtilgan, murdasi osilgan holda topilishi, ayollarni qasddan o‘ldirilishi qonun oldidagi javobgarlikni istisno etadi shekilli.

Amaliyotda korruptsiya borligi sabab bu kabi jinoyatlar ochilmay qolmoqda. Yana sud amaliyotiga nazar tashlasak, qasddan odam o‘ldirish JKning 103-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Hozir prokuratura tizimi poraxo‘rligi sabab aynan ushbu holatdagi o‘lim nari borsa o‘zini o‘zi o‘ldirish deb baholanadi.

Barchaning e'tibori marhuma Muxlisa Qadamboevaning tan jarohatlari bilan osilgan holdagi murdasi topilganligi bo‘yicha olib borilayotgan surushtiruv, tergov jarayoniga qaratilishini so‘rayman. Marhumaning o‘limi yuzasidan Shovot tumani prokuraturasi qay darajada savodsizligini va prokuratura tizimi qanchalik chirib, harom bo‘lganini shunga o‘xshash ishlar bilan isbotlab beraman. Xulosa qilishga balkim ertadir, lekin bu holat mamlakatdagi huquqiy ahvolga ko‘zgu tutdi».

1 aprel kuni osilgan holda topilgan Muxlisa Qadamboeva o‘limidan oldin feysbukdagi dugonasiga qattiq kaltaklanganini yozgan.

Ma'lum bo‘lishicha, homilador kelinni qaynotasi, qayin ukasi, qaynonasi va Murod degan eri ikki kun davomida nega qo‘shnidan 5000 so‘m qarz olding, deb urishgan. Kelin bu arzimas pulni ammasining uyiga borishga yo‘lkira uchun qarzga olgan. Bu kelin tikuv mashinasida ko‘rpa-to‘shak tikkan, topgan hamma pulini qaynotasi olib qo‘ygan.

Otasi qozoqda ishlab olib bergan telefonini ham qo‘lidan tortib olishib, uyda ishsiz o‘tirgan qayin ukasiga berishgan.

Muxlisaning dugonalari «Eltuz» bilan suhbatda «Bu ayol tayoqlar zarbiga chiday olmay o‘zini osgan», deyishdi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
8 mart 2023
Klara Tsetkin xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha faol kurashchi edi. Uning ismi Xalqaro xotin-qizlar kunini nishonlash bilan uzviy bog‘liqdir. ...
22 may 2018
Prezident Mirziyoevning Andijonga safari shaharni begona ko‘zlardan to‘sish, oshiqcha ehtiyot choralari va mulozimlarning odatiy laganbardorliklari bilan o‘tdi. Prezident o‘tadigan ...
14 may 2021
Manam Majnun behuddek gadolar bo‘lmasam bo‘lmas, Kiyib janda, kuloh, g‘amda adolar bo‘lmasam bo‘lmas. (Hamza) Jadid otamiz Hamza Hakimzoda ijodi ...
2 dekabr 2015
Dokument ruknida Yuriy Jukovskiy va shved sudida uning Rossiyadagi do‘sti sifatida ta'riflangan, Turkiya va Rossiyadagi o‘zbek rejimi muxoliflariga qarshi ...
Bloglar
23 yanvar 2025
O‘zbekiston mudofaa vaziri Xolmuxammedov bosqinchi gazanda Rossiya bilan 2026-2030 yillarda harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi ...
20 yanvar 2025
O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni ...
12 yanvar 2025
Turli mavzularga o‘z qarashi bilan farqlanadigan bloger Kirpi Prezidentning 380-sonli qarori asosida 1000ta kitobning o‘zbek ...