Asosiy mavzular
11 aprel 2021

Mirziyoev Alloqulovni qatag‘on qilgan maslahatchisini ishdan haydadi

Prezident Shavkat Mirziyoev o‘zining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Rustam Qosimovni ishdan “sharmanda qilib” haydadi.

O‘rniga Shoazim Minavarov tayinlandi. Minavarov Karimov davrida diniy soha nazoratchilaridan biri edi.

Bu haqda Eltuz ma'lum qilgan hukumat mulozimiga ko‘ra, prezident qaroriga Rustam Qosimovning jamoat tashkilotlari bilan ishlashda qo‘ygan xatolari, ayniqsa, Surxandaryo davlat universitetining sobiq rektori Xidirnazar Allaqulovni o‘z vazifasiga qayta tiklamagani sabab bo‘lgan.

Surxondaryo universiteti rektori lavozimiga 2002 yili tayinlangan professor Allaqulov 2004 yilda bu lavozimdan o‘sha paytda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri bo‘lgan Rustam Qosimov tomonidan bo‘shatilgan edi.

Professor Allaqulov haqiqat izlab BMTning Inson huquqlari qo‘mitasiga arz qiladi.
Qo‘mita 2017 yil avgustida Xidirnazar Allaqulovning huquqlari buzilgani haqida xulosa chiqargan.

Professor Allaqulov BMTning Inson huquqlari qo‘mitasi xulosasini olgach Mirziyoevga va uning davlat maslahatchilariga 8 marta yozma va 3 marta videomurojaat qilgan, biroq javob olmagan.

“O‘shanda prezident Rustam Qosimovga “shu odamga ish berish kerak,” deydi. Biroq Qosimov: “E bu g‘irt g‘alvali odam, ish berish kerak emas bunaqa mijg‘ov odamlarga,” deya maslahat beradi. Qosimo o‘zi ishdan olgan odamini yana qayta ishga tiklanishiga tish tirnog‘i bilan qarshi edi,” dedi Eltuzning hukumatdagi manbasi.

Rustam Qosimov egallab turgan boshqa vazifalari, jumladan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rektorligidan ham bo‘shatilgan.

Xidirnazar Allaqulov esa “Haqiqat va Taraqqiyot” sotsial-demokratik partiyasini rasman ro‘yxatdan o‘tkazishga harakat qilmoqda.

8 mart kuni “Haqiqat va Taraqqiyot” partiyasi qurultoyida professor Allaqulov partiya raisi etib saylandi.

Partiya shu yil oktyabr oyida kutilayotgan prezident saylovida o‘z nomzodini ilgari surishini ma'lum qilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoev xorijdagi o‘zbek muxolifatining vatanga qaytishiga qarshi ekani, muxolifat mamlakat ichkarisidan chiqishi kerakligini aytgan.

Lekin hozirgacha bironta ham yangi siyosiy partiya ro‘yxatga olingani yo‘q. Rustam Qosimov 2004 yil mayidan 2008 yilgacha Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri bo‘lgan, 2004 yil oktyabridan bir vaqtning o‘zida Bosh vazir o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan. 2009-2011 yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga rektorlik qilgan Qosimov faoliyatida bir muddat tanaffus yuzaga kelgan. U 2016 yilning sentyabrida yana Bosh vazirga o‘rinbosar bo‘lgan, Alisher Vahobov o‘rniga Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri etib tayinlangandi.U 2017 yil iyunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi birinchi o‘rinbosari – Tashkiliy-kadr xizmati rahbari – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori lavozimiga tayinlangan, 2017 yil noyabr oyi oxirida esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Fan, ta'lim, sog‘liqni saqlash va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi sifatida ish boshlagandi.

Qosimov 2018 yil iyulida prezidentning Jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisi lavozimiga o‘tkazilgan edi.

Tag‘in o‘qing
14 sentyabr 2018
O‘zbek milliy televideniesida o‘zgarish yasagan 64 yashar jurnalist Dadaxon Yoqubov 14 sentyabr kuni «Ish beruvchilar uchun ariza»si bilan muxlislarini ...
26 sentyabr 2017
Samarqand ruhiy kasalliklar shifoxonasi rahbariyati ustidan yozilgan ariza bo‘yicha 22 sentyabr kuni Kun.uz nashri ikki qismdan iborat o‘z surishtiruvini ...
12 yanvar 2021
Andijon shahridagi avtobus bekatlaridan birida to‘shakka o‘ranib, ustidan tsellofan yopib o‘tirgan bir kishiga duch keldim. O‘sha kuni havo odatdagidan ...
20 noyabr 2020
Assalom alaykum, Eltuz! Biz Buxoro viloyati Shofirkon tumanidan murojaat qilyapmiz. Havo harorati tushishi bilan quvurlardan kelayotgan gaz bosimi keskin pasayib ketdi. ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...