Asosiy mavzular
4 avgust 2021

Rossiya Markaziy Osiyoda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazib, Afg‘onistonga ko‘z tikmoqda

The Diplomat” nashri 2 avgust kuni Rossiya va O‘zbekiston qo‘shinlari Afg‘oniston chegarasiga yaqin hududda qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarini boshlagani haqida tahliliy maqola chop qildi

Shu hafta oxirida har ikkala mamlakat harbiylari qo‘shni Tojikistonda uch tomonlama mashg‘ulotlarda qatnashadi. Ikkala mashg‘ulotga ham «Tolibon»ning Afg‘oniston shimolida so‘nggi haftalarda olib borgan harakatlari va buning natijasida afg‘on harbiylari va tinch aholining Tojikiston chegarasidan o‘tishi sabab bo‘ldi.

Maqolada harbiy mashg‘ulotlar bilan birga, AQShning Afg‘onistondagi omadsizligi va muzokaralar yo‘li bilan vaziyatni o‘nglash mumkinligi haqidagi Rossiya ritorikasi ham davom etayotgani urg‘ulangan.

Avvalo, mashqlar haqida.  2 avgustda Termizda Rossiya va O‘zbekiston harbiylarining 1500 ga yaqin harbiysi besh kun davom etadigan qo‘shma mashg‘ulotlarni boshladi.

5 avgustda Tojikistonning Harb maydon poligonida boshlanishi rejalashtirilgan uch tomonlama mashg‘ulotlarga tayyorgarlik sifatida Rossiya Mi-8 va Mi-24 vertolyotlarini Novosibirskdan Dushanbe yaqinidagi Hisor aviabazasiga (Ayniy havo bazasi deb ham ataladi) keltirdi. Harb maydon poligoni Afg‘oniston-Tojikiston chegarasidan 20 kilometr uzoqlikda joylashgan. 

Rossiya Markaziy harbiy okrugi matbuot xizmati bayonotida aytilishicha,  to‘rt vertolyot qisman demontaj qilingan,  An-124 «Ruslan» transport uchog‘i orqali tashilgan va Tojikistonda qayta yig‘ilgan.  Mashg‘ulotlar paytida,  deyiladi bayonotda,  vertolyotlardan taktik desant kuchlarini tashlash va havodan hujumni qo‘llab-quvvatlashda foydalaniladi.

Iyul oyi oxirida esa Rossiya Tojikistondagi harbiy poligonga tanklarni keltirdi, mashg‘ulotlar 10 avgustgacha davom etishi kutilmoqda va unga uch mamlakatdan 2500 dan ortiq harbiy ishtirok etadi.

Mashg‘ulotlarga aloqador bo‘lmasa-da, Rossiyaning Tojikistonda joylashgan kuchlari uchun qo‘shimcha 17 ta yangi BMP-2M jangovor mashinasi keltirilganini eslatib o‘tish joiz. Ma'lum qilinishicha, ular eskirgan mashinalarni almashtirishga mo‘ljallangan, deya yozadi “The Diplomat” nashri.

Rossiyaning Tojikistondagi 201-harbiy bazasi uning eng muhim xorijiy bazalaridan biridir.  Hisob-kitoblarga ko‘ra, uchta ob'ektda jami 7000 nafar atrofida harbiy xizmatchi joylashtirilgan.

Maqola muallifi ta'kidicha, Rossiya qshnilargi va ularning markaziy osiyolik hamkasblari hujum qilayotgan kuchlarni qaytarish amaliyotini o‘tkazayotgan bo‘lsalar-da,  Rossiya diplomatlari afg‘on mojarosini muzokara yo‘li bilan hal qilishni muvofiqlashtirishda davom etmoqda.

Afg‘onistondagi asosiy tashqi o‘yinchilar muzokaralar yo‘liga o‘tayotgan bir paytda Rossiya buni AQShning mamlakatdagi 20 yillik harbiy harakatlariga soya solish uchun qilishga intilmoqda, deya yozadi “The Diplomat”  nashri.

Misol sifatida maqolada, jumladan, o‘tgan yili Dmitriy Medvedev asos solgan Aleksandr Gorchakov nomidagi Jamoat diplomatiyasi jamg‘armasi Rossiya tahlil markazi tomonidan o‘tgan hafta o‘tkazgan onlayn forumda ishtirok etgan, Rossiya prezidentining Afg‘onistondagi vakili Zamir Qabulovdan iqtibos keltiriladi.

Qabulov anjumanda «Tolibon»ning «Al-Qoida» bilan aloqasi yo‘qligini aytgan.  Uning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistondagi harbiy harakatlar, Rossiyaning «Tolibon» bilan hamkorligi haqidagi xabarlar, asosan, Kobul va amerikaliklar «o‘zlarining muvaffaqiyatsizliklari va vaziyatni boshqara olmasliklarini oqlash uchun qilingan iddaolardir».

TASS xabariga ko‘ra, Qabulov «haqiqatan ham [ular] nima uchun 300 ming afg‘on armiyasi o‘z pozitsiyalarini 75 ming tolibga topshirayotganiga izoh topishni istashayotgani»ni aytgan».

Rossiya «Al-Qoida»ni ham, «Tolibon»ni ham terrorchi guruhlar deya tan olgan bo‘lsa-da, so‘nggi yillar ichida toliblarning bir necha delegatsiyasini qabul qilgan.

Ayni tadbirda, RT xabariga ko‘ra, Qabulov «Tolibon»ning uchdan ikki qismi, shu jumladan, uning yuqori rahbariyati ham Afg‘oniston inqirozini siyosiy yo‘l bilan hal qilish g‘oyasiga sodiq ekanligini aytgan.  Uning so‘zlariga ko‘ra, «Tolibon» jangchilari charchagan va Markaziy Osiyoga o‘tishga urinish ehtimoli yo‘q. «Tolibon» o‘z ambitsiyalari Afg‘oniston chegaralaridan tashqariga chiqmasligiga va'da bergan, deya iqtibos keltiradi “The Diplomat”  nashri.

Qabulovning so‘zlari «Tolibon» butun mamlakat bo‘ylab hukumat kuchlariga bosim o‘tkazayotgan bir paytda yangradi.  Xabarlarga ko‘ra, janubdagi Gilmand viloyatining 10 tumanidan to‘qqiztasi toliblar qo‘liga o‘tgan.

AQShning Afg‘oniston bo‘yicha elchisi Zalmay Xalilzod shu hafta Aspen xavfsizlik onlayn forumida nutq so‘zlab, yaqin kunlarda Afg‘onistonni muhokama qilish uchun kengaytirilgan «uchlik» – Rossiya,  Xitoy va Pokiston bilan uchrashishni rejalashtirganini aytgan. Ayni paytda Qabulov Eron hanuz kengaytirilgan «uchlik»ka kiritilmaganidan afsusda ekanini bildirdi. Eronning muzokaralarda ishtirok etmayotganiga sabab qilib Amerika-Eron munosabatlarini ro‘kach qildi, deya iqtibos keltiradi “The Diplomat”  nashri.

Tag‘in o‘qing
5 yanvar 2016
Elsevar taxallusi bilan ijod qilishni ma'qul ko‘rgan bu rassom yigit 34 yoshda. Buxoroda yashab ijod qiladi. Eltuzning shtatli rassomi ...
22 aprel 2016
Amerikalik qo‘shiqchi 57 yashar Prins o‘zining Minnesotadagi ovoz yozish studiyasida o‘lik xolda topildi. Qo‘shiqchi o‘limi haqida uning matbuot kotibi ...
15 avgust 2017
Yodgor Obid – 1940 yilda Toshkent tumani Ko‘kterak mavzeyida tug‘ilgan. Moskvadagi Oliy adabiyot Institutida tahsil olgan. «Oqqush ertagi» nomli ...
28 sentyabr 2023
Bugungi mavzuimiz ko‘pchilik kutayotgan, bog‘chalarga tarqatilgan dori bois bolalarning zaharlanishi bilan bog‘liq muammolarga oid. Biroq voqeaning asosiy qahramonlaridan biri ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...